O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
V. S. RAXMANOVA
DЕFЕKTOLOGIYA ASOSLARI
(korreksion pedagogika)
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Ikkinchi nashr
TOSHKЕNT
«NISO POLIGRAf»
2017
UO‘K: 616.89(075)
KBK 74.3
R 11
Raxmanova V.S.
Defektologiya asoslari (korreksion pedagogika). Kasb-hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘l lanma. / V. S. Raxmanova. O‘zR Oliy va
o‘rta-maxsus ta’lim va zirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi. – T.: «Niso Poligraf». – 168 b.
UO‘K: 616.89(075)
KBK 74.3
T
aqrizchilar:
Rasulova Muhabbat –
MMXQTMORO‘MM, p.a.n., dotsent,
Umarova Zuhra –
MMXQTMORO‘MM metodisti.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Pеdagogika kollеjining «Maktabgacha ta’lim
yo‘nalishi»da bilim oluvchi o‘quvchilar uchun Oliy va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi O‘quv-mеtodik Birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashti-
ruvchi Kеngashning 05.05.2010-yildagi 1-sonli qaydnomasi bilan
tasdiqlashga tavsiya etilgan va O‘zOO‘MTVning 234-sonli buyrug‘i bilan
17.06.2010-yil da tasdiqlangan kasb-hunar kollеjlari uchun «Dеfеktologiya
asoslari» fanidan O‘quv dasturi asosida yaratilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
ISBN 978-9943-375-77-2
© V. Raxmanova, 2017
© «Niso Poligraf», 2017
3
MUQADDIMA
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining birinchi
yilla ridan boshlab «O‘zbekiston Respublikasining Konstitut-
siyasi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» va boshqa bir qator qonunlar asosida yaratilgan malakali
kadrlar tayyorlash tizimi o‘zining strategik maqsadlariga ega
ekanligini isbotlab berdi.
2017–2021-yillarda «O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-
rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stra-
tegiyasi»da hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-
dekabr kuni imzolagan «2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim sifatini
oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga
sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribani
hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan
zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng
qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini
joriy etish kabilar Dasturning asosiy maqsadli vazifalari
va yo‘nalishlari sifatida alohida ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu
masalalarni hal etishda maktabgacha ta’lim muassasalarining
xodimlari kompetentligi muhim ahamiyatga ega. Qo‘yilgan
hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda rivojlanishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarni ham jamiyatning faol a’zolariga
4
aylantirish lozim. Buning uchun maxsus segregatsion hamda
integratsiyalashgan, inkluziv shakldagi ta’lim sohasiga yetuk
mutaxassislar tayyorlash talab etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislar,
ota-onalar, jamoatchilik jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuq-
soni bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalar haqida to‘g‘ri
tushun chaga ega bo‘lib, ularni umumta’lim maktablarida me’yor-
da rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori o‘qishini
ta’minlashlari lozim.
«Defektologiya asoslari» qo‘llanmasini yaratishda korrek-
sion pedagogikaga oid tiflopedagogika, surdopedagogika, oligo-
f renopedagogika, logopediya fanlari bo‘yicha ma’lumotlar
tahlil etildi, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar haqidagi zamonaviy ma’lumotlar, turli kamchiliklarning
kelib chiqish sabablari, o‘ziga xos xususiyatlari, ular bilan olib
boriladigan korreksion, kompensatsiya ishlarining mazmuni yori-
tildi. Maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda boladagi
ulgurmovchilikning oldini olish, bartaraf etish shakl va usullari,
ixtisoslashtirilgan ta’limga jalb etiladigan bolalarni saralash,
tashxis qo‘yish, tibbiy-pedagogik, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi
tashxis markazi faoliyati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |