«j–SH» tovushlari
«J», «SH» tovushlari ham sirg‘aluvchilar toifasiga kiradi.
Shuning uchun ularning talaffuzida ham til-tish, tishlararo,
til oldi, yon va burun sigmatizmlari kuzatilishi mumkin. Bu
90
turdagi sigma tizmlar «sh» va «j» tovushlarini boshqa sirg‘aluvchi
tovushlar bilan adashtirib talaffuz etilishi (parasigmatizm), ularni
xuddi «s» tovu shining burun, til-tish, tishlararo talaffuziga
o‘xshab ketishi bilan ifodalanadi. Bu esa bolaga o‘qish, yozish
jarayonini o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Ba’zi bolalarda noto‘g‘ri talaffuz etiladigan «sh» yoki «j»
tovushi barcha sirg‘aluvchilar o‘rniga ishlatiladi. Masalan, sovun-
shovun, soat-shoat, zina-jina, Zulfiya-Julfiya va hokazo.
Parasigmatizmlardan sh-s, z-j, ch-s kabilar ayniqsa ko‘p
uchrab turadi: sholg‘om-sog‘lom, mashina-masina, mushuk-
musik, Zuhra-Juhra, chelak-selak.
Ba’zi bir bolalarda artikulatsiya apparati yaxshi rivojlan-
maganligi natijasida sirg‘aluvchi tovushlar noto‘g‘ri talaffuz
etiladi. Bunday bolalarda tovush talaffuzini birdan yo‘lga qo‘yish,
o‘rgatish mumkin emas. Avval tayyorlov mashqlari, gimnastika
o‘tkazilishi zarur. Tovush talaffuzi to‘la yo‘lga qo‘yilmaguncha
bolaga shu tovush haqida gapirish kerak emas. Masalan, hozir
tilimizni bunday qilsak, «sh» tovushi hosil bo‘ladi deyish
ham mumkin emas. Agar bolada barcha sirg‘aluvchi tovushlar
noto‘g‘ri talaffuz etilsa, ishni «S» tovushidan boshlamoq zarur.
«SH» va «J» fonemalari talaffuzida lablar bilinar-bilinmas
yumaloq shaklga kirib, til oldinga sal bukiladi. Uning o‘rta qismi
ko‘tarilib, yonlari yuqori jag‘ tishlarining ichki tomoniga tegadi.
Til uchi alveolalar tomonga yo‘nalgan bo‘lib, shu yerda torayish
hosil qiladi. Til o‘rtasida keng ariqcha hosil bo‘ladi. Undan
kuchli havo oqimi o‘tadi. Tilning orqa qismi salgina ko‘tariladi.
Yumshoq tanglay ko‘tarilgan bo‘ladi.
SH va J tovushlarining talaffuzini yo‘lga qo‘yish. «
SH»
tovushini «S» tovushini talaffuzidan o‘rgatish mumkin. Buning
uchun bola «S» tovushini cho‘zib talaffuz etayotganida, logoped
uning tilini shpatel yordamida alveolalarning yoniga ko‘taradi.
Natijada «sh» tovushi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari esa «as»
bo‘g‘inidan ham «sh» tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yish mumkin.
91
Bunda ham logoped bola «as» deb turganida uning tilini zond
yordamida ko‘taradi. «J» tovushi «SH» tovushidan unga ovoz
berib, talaffuz ettirish yo‘li bilan hosil qilinadi, ayni vaqtda havo
oqimi kuchsizroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |