V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Шамчалар ишлаб чиқаришни 
ривожланиш истиқболлари. 
Ғовак 
шамчалар 
Кўп қаватли 
шамчалар 
Лиофилизацияланган 
шамчалар 
Бўялган шамчалар 
Ковак ѐки ичи 
бўш шамчалар 
Плѐнка билан қопланган 
шамчалар 
Ректал дори 
шакллари 


156 
ta‟minlash va nazorat qilish uchun, shamchalarni yupqa plenka bilan qoplash 
mumkin bo„ladi. Natijada faol komponent diffuziyasi birmuncha sekinlashsada, 
kerakli organ va to„qimaga to„laroq etib boradi. SHamchalarni kapsulaga o„rash 
orqali ham xuddi shunday natijalarga erishish mumkin. 
6.
Bo„yalgan shamchalar. Har xil farmakologik guruhlarga mansub 
bo„lgan dori moddalarini alohida-alohida ranglarga bo„yash orqali ularni 
oksidlanishiga, shuningdek tarkibdagi komponentlarning strukturasini buzilishiga 
(destruksiya) sabab bo„ladigan yorug„lik nurlarining ma‟lum bir spektrlaridan 
saqlash imkoniyati paydo bo„ladi. 
Rektal surtmalar, kapsulalar, aerozollar, tamponlar va rektiolalarni ishlab 
chiqarish 
Rektal surtmalar. Bu dori shakllari gidrofob va gidrofil asosli rektal 
surtmalarga bo„linadi, ular keyingi paytlarda tibbiyot amaliyotida keng ko„lamda 
ishlatilmoqda. Gidrofil asos sifatida birinchi turkum gidrofil asoslar PEG va 
metilsellyuloza hosilalari ishlatilmoqda. Bu dori shakllari dozalarga bo„lingan 
bo„lib, shprits-tyubiklarda, mahsus aplikatorlarda chiqarilmoqda. 
Rektal jelatina kapsulalari. Bu dori shakllari istiqboli bor bo„lgan dori 
shakllaridan biri xisoblanadi. Birinchi marta 1937 yilda “SHerer” firmasi surgi 
vositasi sifatida qo„llaniladigan shamchalarni kapsula bilan qoplashni taklif 
etganlar. 1980 yilga kelib esa bu dori shakllari Britaniya farmakopeyasining 
tarkibiga alohida farmakopeya maqolasi sifatida “Rektal kapsulalar” nomi bilan 
kiritildi. Unga ko„ra rektal dori shakllari torpedo shaklida bo„lishi lozim.
Bugungi kunga kelib, rektal kapsulalarni terapevtik ta‟siriga ko„ra quyidagi 
turlari ishlab chiqarilmoqda: yallig„lanishga qarshi, yaralarga qarshi, silga qarshi, 
garmonal va boshqalar. Olib borilgan ilmiy izlanish natijalari jelatin kapsulasi 
asosida yaratilgan rektal kapsulalar boshqa turdagi rektal dori turlariga qaraganda 
nisbatan texnologik, biofarmatsevtik va iqtisodiy nuqtai-nazaridan maqsadga 
muvofiq ekanligini ko„rsatgan.
Rektal kapsulalar “cho„zilgan” tomchi shaklida bo„lib, 0,6 ml dan 1,8 ml 
gacha bo„lishi mumkin. Ular tashqi tomonidan suv bilan muloqotda oson 
sirpanadigan yupqa jelatin qavati bilan qoplangan bo„ladi. Bu rektal kapsulalarini 
qabul qilishga va bir xil dozalarga bo„lishga imkon yaratadi.
Rektal kapsulalar boshqa turdagi rektal dori shakllariga qaraganda yuqori 
haroratga chidamliligi (45-50
0
S), to„g„ri ichak shilliq qavatini qitiqlamasligi va 
tarkibidagi asosiy ta‟sir etuvchi moddani tez va oson ajratib chiqarishi bilan, 
qolaversa jelatin qobig„i bilan qoplanganligi uning dori moddasini tashqi omillar 
ta‟siridan saqlashi bilan boshqa rektal dori shakllariga nisbatan ustunlikka ega 
ekanligini ko„rsatdi. Rektal kapsulalarda xatto linimentlarni, surtmalarni, 
suspenziya va eritmalarni ham kapsulalash mumkin. 
Rektal kapsulalar tarkibidagi asosiy ta‟sir etuvchi moddaning ajralib 
chiqishi, boshqa rektal dori turlariga qarganda tezroq. Bunda to„g„ri ichak 
devoridagi kuchsiz ishqoriy muhit (rN 7,3-7,6) ta‟sirida jelatin qavati bo„kib, ichak 
silliq qavatining kuchsiz qisqarishi natijasida qobiqnnig yorilishi va dori 
moddasining tashqariga chiqishi kuzatiladi.


157 
Rektal jelatin kapsulalari ham shamchalarga qo„yilgan barcha talablarga 
javob berishi lozim, ular tibbiyotda asosan proktologik kasalliklarni davolashda 
qo„llaniladi. Olimlarning izlanishlari shuni ko„rsatdiki, rektal kapsula tarkibidagi 
terapevtik samaradorlik boshqa turdagi rektal dori shakllariga nisbatan ikki 
baravariga yuqori ekan. SHuningdek, bu dori shakllarini ishlab chiqarish, 
qimmatbaxo biologik faol moddalar va ingredientlarni tejab qolish xisobiga, 
ko„pgina dori preparatlarini tan narxini kamayishiga olib kelmoqda.
Rektal jelatin kapsulalarini ishlab chiqarish to„laligicha avtomatlashtirilgan, 
qolaversa chet ellardan import xisobiga olib kelinadigan, shamcha asosi sifatida 
ishlatiladigan kakao moyini jelatin massasiga almashtirilishi yuqori iqtisodiy 
samaradorlikka ega ekanligini ko„rsatmoqda. Bu dori shakllarini ishlab chiqarish, 
jarayoni presslash asosida ishlaydigan, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega 
bo„lgan avtomatik liniyalarda olib boriladi. 
Rektiolalar. Ma‟lumki, suvli eritmalarni to„g„ri ichak tarkibiga xuqna 
(klizma) qilish tarzida kiritilishi, dori moddasini to„g„ri ichak orqali juda tez va 
oson so„rilishiga olib keladi. Uni birgina kamchiligi eritmaning bir qismi faqat 
tashqi maqsad uchun sarflanadi. Bunday holatlarda dori moddasinng eritmasini 
elastik ballon va uning uchiga o„rnatilgan naychadan iborat rektal pipetkalar – 
rektiolalar yordamida kiritish maqsadga muvofiq bo„ladi. Elastik ballonning hajmi 
1,5-5 ml bo„lib, u buklanmaydigan konteynerdan iborat. Naycha esa unga 
mahkamlangan bo„lib, asosan polietilendan tashkil topgan bo„ladi. Rektiolalar 
nafaqat suvli eritmalar, balki oleogellar, linimentlar va surtmalar bilan ham 
to„ldirilishi va qo„llanilishi mumkin. Ularning bunday qo„llanish usullari 
proktologik dori shakllarining assortimentini ko„payishiga sabab bo„lmoqda. 
Rektal tamponlar. Bu dori shakllari dori moddasi shimdirilgan paxta 
o„ralgan o„qdan iborat bo„lib, paxta yupqa qavat alginat bilan qoplangan. 
Ishlatishdan avval tampon bir necha vaqtga suvga botirib qo„yiladi, sababi yupqa 
qavat alginat suvga bo„kadi natijada, dori moddasining diffuziyalanishiga xalaqit 
bermaydi. Tampon to„g„ri ichakka, 2 soat mobaynida qo„yiladi. Asosan bavosilni 
(gemmoroy) davolash uchun ishlatiladi. 
Aerozol qadog„idagi ko„pik hosil qiluvchi preparatlar. Bu dori shakllari 
xozirgi kunga kelib juda rivojlanib ketdi. Ko„piklar proktologiya amaliyotida 
qo„llaniladigan boshqa dori shakllariga qaraganda qulayroq va oddiyroq. Surtmalar 
va kremlar ichak shilliq qavatlariga yuzaki kirib borishi bilan etarli terapevtik 
samaradorlikni bermaydi. SHamchalar esa anal kanalchalarini etarli darajada 
davolash imkoniyatiga ega emas. SHuning uchun qisqa muddatli, lekin yuqori 
terapevtik samaradorlikka ega bo„lgan ko„pik shaklidagi dori shakllariga asos 
solindi. 
Ko„piklar aerozol qadog„idan chiqish vaqtida, tarkibidagi ko„pik hosil 
qiluvchilar (sirt faol moddalar) va eritilgan yoki emulgirlangan propellent (yuqori 
bosim ostida siqilgan gazlar) lar xisobiga hosil bo„ladi. Aerozol ballonining 
purkagich klapan tizimi orqali chiqqan propellent bug„lanadi va xavo 
pufakchalariga aylanib uning hajmini ortishi xisobiga ko„pik – emulsion yoki 
boshqa tizimdagi propellent bug„larining turg„un dispersiyasi hosil bo„ladi.


158 
Ko„piklar katta hajmda, kichik og„irlik birligiga ega bo„lishiga qaramay, ular 
kam miqdordagi emulsiyalarni ham, katta hajmdagi yuzalarga ishlov berish va 
ularni to„ldirish imkoniyatiga ega. Ko„piklar zararlangan maydonlarga oson va 
bezarar etib boradi va issiqlik va gaz almashinuvini ta‟minlashi xisobiga yarani 
tashqi kasalliklar bilan o„rtasida to„siq paydo qiladi. 
SFM yaxshi adgezziya xossasining xisobiga nekrozga uchragan to„qimalar 
bilan ifloslangan yuzalarni tozalaydi, ko„piklarni kengayishi xisobiga yaradan 
paydo bo„lgan chuqurlar va bo„shliqlar yuzasi qoplanadi. Ko„pik uchun to„g„ri 
tanlangan yordamchi moddalar, uning uzoq vaqt turg„un bo„lib qolishini, natijada 
dori moddasining uzoq vaqt ta‟sir etishini ta‟minlaydi. Dori moddasini ko„pik 
tarkibiga kiritilishida u katta hajmni egallaydi, shuning uchun ham dori 
moddasinnig bir qismi eritmaning plenka qavatini orasida qolib ketadi. 
Ko„pikning tarkibiga turli xil dispers tizimlarni kiritish mumkin. Masalan, 
eritmalar, emulsiyalar va suspenziyalar. Bular ularning birgalikdagi dori 
preparatlarini ishlab chiqarishga asos bo„lib xizmat qilmoqda.
Aerozol qadog„idagi ko„pik preparatlari proktologiya amaliyotida antiseptik 
va anestetik vosita sifatida keng qo„llaniladi. SHuningdek, nosteroid tuzilishga ega 
bo„lgan yallig„lanishga qarshi prepartlar va kortikosteroidlardan ko„pik holida 
aerozol qadog„idagi dori vositalarini ishlab chiqarish ham yo„lga qo„yilgan. 
SHamchalar texnologiyasini takomillishtirishda issiqlik jarayonlarisiz 
shamchalar tayyorlash muxim o„rin tutadi. SHu jumladan, korxona sharoitida 
presslash usulida shamchalar tayyorlash alohida e‟tiborga molikdir. 
Buning uchun ekssentrik tipda ishlaydigan tabletka mashinalaridan 
foydalaniladi. Mashinaning puanson va qoliplari sovutiladi, shamcha massasi ham 
3-5
0
S haroratgacha sovutgich kamerasida sovutilib, maydalaniladi va elanadi. 
Granulyat tarkibiga laktoza, saxaroza, aerosil va kraxmal texnologik jarayonni 
korrektirovkalash uchun kiritiladi. Tayyor massa tabletka mashinalari yordamida 
presslanadi. 
Bu usul bo„yicha shamchalar tayyorlash termolabil va gormonal 
preparatlardan, biogen stimulyatorlardan, shuningdek yurak glikozidlaridan 
shamchalar tayyorlashda qo„l keladi, shuningdek plastik xususiyatga ega bo„lgan 
asoslar yordamida shamchalar tayyorlashda ham. Bu usulning samaradorligi 
soatiga 40000-100000 dona shamcha tayyorlashga teng.

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish