V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§.  PORTLOVCHI MODDALARNING BRIZANTLI



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

3.14-§.  PORTLOVCHI MODDALARNING BRIZANTLI 
(ITQITUVCHANLIK) TA’SIRI
Portlovchi moddalarning brizantliligi (itqituvchanligi) ularning 
portlatilganda maydalab parchalash ta’siri bilan belgilanadi. Port-
lovchi moddalar brizantliligini aniqlashda eng ko‘p tarqalgan usuli 
kukunsimon, donador, quyma, presslangan, plastik, suyuq, yopishqoq 
va oquvchan individual portlovchi modda va ular asosidagi aralash-


119
malar uchun bu kritik diametri qo‘rg‘oshin silindrni portlatib siqib 
kengaytirish usuli bo‘lib, diametri 60 mm gacha bo‘lgan portlovchi 
moddalarda aniqlanadi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, berilgan parametrli (mas-
sali, og‘irlikli, zichlikli, geometrik o‘lchamli portlovchi modda zarya-
dining portlash energiyasi ta’siri ostida qo‘rg‘o shin silindr ning ichidan 
siqilib-kengayishi ro‘yobga keladi, uning siqilib-kengaygan o‘lchami 
portlovchi moddaning brizantlilik ta’sirini xarakterlaydi.
Sinash ishi quyidagicha o‘tkaziladi: po‘lat plita ustiga qo‘rg‘o-
shin silindrni o‘rnatib, ustidan unga po‘lat disk qo‘yiladi, uning ustiga 
esa sinaladigan qog‘oz gilzali portlovchi modda joylashtiriladi, so‘ng 
zaryad portlatiladi. Tajriba boshlanishidan avval shtangensirkul bi-
lan qo‘rg‘oshin silindrning balandligi, to‘rt tomonda diametral qara-
ma-qarshi nuqtalari o‘lchanib va o‘rtacha arifmetik qiymati hisobla-
nib, buni qo‘rg‘oshin silindrning boshlang‘ich balandligi deb qabul 
qilinadi. Tajiriba ikki marta o‘tkaziladi: zaryad massasi 50
±
1 yoki 
25
±
0,01 g, shunga muvofiq uning diametri 40
±
0,5 yoki 20
±
0,5 mm 
ga teng deb qabul qilinadi.
Tajriba o‘tkazilgandan so‘ng qo‘rg‘oshin silindrni tozalab, uning 
balandligi o‘lchanadi. Silindr balandligining portlashdan oldingi va 
keyingi o‘lchamlari (mm), orasidagi farq portlovchi modda brizantli-
ligini xarakterlaydi. Ikki tajriba natijalari o‘rtasidagi farq 1 mm dan 
ortiq bo‘lmasligi kerak.
Brizantlilik kattaligiga portlovchi modda zichligi ta’sir etadi, 
shuning uchun sinashga olingan portlovchi modda qog‘oz gilzasi 
maxsus puanson bilan zichligi 1 g/sm
3
 ga yetgunicha zichlanadi, bir  
vaqtning o‘zida (zichlash vaqtida) elektr detonator yoki kapsul-deto-
natorni joylash uchun maxsus teshikcha (uya) hosil qiladi, chunki 
bu usulda portlovchi modda zaryadining brizantliligini aniqlashda  
uning bir tomoni bilan po‘lat plastinaga joylashtiriladi. Bunda silindr-
ni siqib-kengaytirish uning faqat bosh qismi (portlashning to‘liqsiz 
impulsi bilan), ya’ni zaryadning bevosita po‘lat plastinaga tegib tur-
gan bir qismi bilan amalga oshiriladi.
Qiyin detonatsiyalanuvchi portlovchi modda brizantliligining im-
pulsi  po‘lat  g‘ilofidagi  to‘rt  diametriga  teng  o‘lchamdagi  portlovchi 
modda zaryadini portlatish bilan aniqlanadi.


120
Keyingi vaqtda portlovchi modda brizantliligi ballistik quril-
madagi portlash impulsiga qarab aniqlanadi (3.2-rasm).
Portlovchi modda portlatilganda impuls uzatishning bosh qismini 
aniqlashga asoslangan usul, yangi portlovchi modda nusxasi uchun 
ham, seriyali ishlab chiqarilayotgan portlovchi moddalar uchun ham 
qo‘llaniladi.
Bu usulda etalon portlovchi modda sifatida trotil qabul qilingan. 
Sinalayotgan portlovchi modda zaryadi (50
±
0,1 g) yog‘och sterjen-
lar oralig‘idagi mayatnikning yon qismidagi teshikchaga o‘rnatiladi. 
Impulsning eksperimental qiymati mayatnikning og‘ishiga qarab hi-
soblanadi.
Ba’zi bir portlovchi moddalarning brizantliligi quyida keltiril-
gan (3.4-jadval).
3.2-rasm. 

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish