48
ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharhlab berish,
statistik ko’rsatkichlar tizimini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan
jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan
hollarda jadvalning nomi albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning
davomi» deb yozib qoyilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi.
Bobning nomi
yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak.
Bobning
nomidan keyin paragraf nomi yoziladi. Bitiruv malakaviy ishda
betlarning tartib raqami varaqning quyi markaziy qismiga qoyiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi
(4-ilova) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
malakaviy ish nomi 16 shriftda;
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 14 shriftda;
malakasi 14 shriftda;
kafedraning nomlanishi 12 shriftda;
ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh: tadqiqot mavzusining nomi,
talabaning familiyasi, ismi, sharifi,
malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Tugallangan bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni
avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan
taqriz beriladi (9-ilova ).
Biror fikr yoki ta`riflarni keltirganda yoki ularni
qiyosiy taqqoslaganda ular
o’z asliga to’g`ri xolda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida «........»
keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi,
nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`ida ishning
himoya kilishga ijozat
berilishini tasdiqlovchi kafedra mudirining imzosi, shuningdek, ishning attestatsiya
komissiya oldida himoya qilishga tayyorgarligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar va
ilmiy maslahatchining imzosi qoyiladi.
49
Bob va bo’limlarning sarlavhasi bo’lishi lozim. Boblar sarlavhasi hoshiyadan,
bo’limlar esa satr boshidan rasmiylashtiriladi. Sarlavha va matnlar o’rtasidagi
masofa sarlavha ajralib turilishi uchun kengaytirilgan bo’lishi lozim. Har bir bob
yangi varakdan boshlanishi kerak. Boblar
sarlavhasi bosh harflarda, bo’limlar
sarlavxasi esa kichik xarflarda yoziladi. Sarlavhalar oxiriga nuqta qoyilmaydi va
ular tagiga chizilmaydi. Bob va bo’limlarning sarlavhasi arab raqamlari bilan
raqamlanadi. Bo’limlar raqamlari bob va bo’limlar raqamlaridan iborat bo’lib,
nuqtalar bilan ajratiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxati 2 intervaldan so’ng yoziladi, har
bir nomdagi adabiyot satr boshidan boshlanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxatining oxirgi varag`ida sana va ish
muallifi bo’lgan talabaning ish matni solishtirib
chiqilganligi xamda matn
parchalari tekshirilganligini tasdiqlovchi shaxsiy imzosi qoyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: