Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari2. Insonning hayotiy faoliyatida doimiy yoki vaqtincha xavfli omillar yuzaga keladigan joy xavfli zonalar deb ataladi. Insonga, xavfli omillar bevosita u bilan muloqatda bo‘lish orqali yoki belgilangan masofadan kam masofada yaqinlashilganda tasir etishi mumkin. Xavfli zonalar mashinalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi elementlari atrofida, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalarining ishlashi vaqtida, yani ko‘tarilgan yuk atrofida yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami doimiy yoki o‘zgaruvchan ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli xavfli omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |