V. Mavzu. Turistik firmalar monitoringini amalga oshirishda nazoratning roli Reja


Turistik firmalar ishi sifati ko‘rsatikichlari



Download 30,15 Kb.
bet4/5
Sana11.07.2022
Hajmi30,15 Kb.
#777362
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu (3)

Turistik firmalar ishi sifati ko‘rsatikichlari:
1. Turagentlar bilan ishlashda tezkorlik va aniqlik;
2. O‘zoq muddat mobaynida faoliyatning barqarorligi;
3.Turistik xizmatlar sifati va narxlarining optimal munosabati;
4. Personal professionalizmi, hamkorlarga individual yondashuv;
5.Foydali narx siyosati (past narxlar, yuqori komissionlar, bonuslar tizimi, ovozlar miqdori);
6. Taklif etilayotgan turistik xizmatlarning yuqori sifati;
7.Axborot ochiqliligi, reklama tadbirlarining o‘ylanganligi, kataloglarning yuqori sifati;
8. Ish va shaxsiy darajalarda xayrixohlik;
9. Takliflar va qo‘shimcha turistik xizmatlarning keng ko‘lami;
10. Xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha doimiy ishlash;
11.Ofisning qulay joyda joylashganligi va shinamligi;
12. Firma rahbariyati bilan ishonchli va do‘stona munosabat.
Sifatni aniqlashning iste’molchi yondashuvi turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati tushunchasini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.
Turistik xizmat ko‘rsatish nafaqat kompleksliligi, nomoddiyligi, his qilib bo‘lmaslik, tashish va saqlashga noqobilligi, shuningdek, ma’lum ijrochiga bog‘liqligi kabi maxsus omillar bilan ham harakterlanadi. Texnik nazorat mavjud va iste’molga yaroqsiz mahsulotni aniqlash va qayta ishlashga yuborish mumkin bo‘lgan sanoatdan farqli ravishda turistik xizmatlar qanday sifatda ishlab chiqarilsa, shunday qabul qilinadi va bu sifatga moddiy baza, resurslar, texnologiyalar, infrastruktura va boshqalar kabi ko‘pgina bevosita va bilvosita omillar ta’sir ko‘rsatadi. Turmahsulot sifatini iste’molchi baholaganda ishonchlilik, xavfsizlik, axborot ishonarliligi, ruhiy qulaylik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega.
Turistik xizmat ko‘rsatish sayohatda, ovqatlantirishda, sport va ko‘ngil ochish tadbirlarida turli ehtiyojlarning butun kompleksini qondirishi lozim. Dasturiy turlar davomida davolanish, ish uchrashuvlari, safarlar kabi maxsus ehtiyojlar ham ko‘zda tutiladi.Xizmat ko‘rsatish sifatiga yuqorida sanalgan omillardan tashqari taklif etiladigan xizmatlar ko‘lami ham ta’sar qiladi. O‘z-o‘zidan xizmatlar ko‘lami sifatni ta’minlamaydi. Bunda xizmatlar va mahsulotlar kompleksliligi, ularning ma’lum iste’molchiga yo‘naltirilganligi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar o‘z vaqtida yetkazilishi zarur.
Turizm resurs sifatida tabiiy-iqlimiy, madaniy-tarixiy va qabul qilinishi jarayonida odamlarga estetik, hissiy, ruhiy tomondan ta’sir qila bilishi lozim.
Psixologik omillarning ta’sir qilishi sifatni baholashga subektiv yondashuv elementlarini kiritishi bilan «xizmat ko‘rsatish sifati» tushunchasi mohiyatini kengaytiradi va qiyinlashtiradi.
Sifat kriteriylari turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli faoliyatlarni tasvirlaydigan ko‘rsatkichlar tizimi orqali izohlanadi va bu ko‘rsatkichlar yordamida turizm industriyasining turli korxonalari faoliyatini solishtirishimiz mumkin.
Mehmonxona uchun bunday ko‘rsatkichlar - turistlarni joylashtirish tezligi, nomerlarning xizmat ko‘rsatish klassiga mos kelishi, barcha mehmonxona xizmatlarining aniq ishlashi, jamoat joylari hamda nomerlar tozaligi, qo‘shimcha xizmatlar eng asosiysi, turistlar tomonidan noroziliklarning yo‘qligi kabilar bo‘lishi mumkin.
Ekskursion xizmat ko‘rsatishda sifatning asosiy ko‘rsatkichlari -bilish, ma’lumotlarning to‘liq va ishonchliligi, estetika, yo‘nalish optimalligi, nutq madaniyati va ekskursovod malakasi bo‘lishi mumkin.Turizmda tur sifatini xizmatlar tarkibi, darajasi, dasturi va animatsion yondashuv, gid malakasi belgilaydi.
Turistik firmalar faoliyatining ahamiyatli jihati shundaki, iste’molchiga tur sotilganidan keyin turist bilan munosabat tugamaydi. Yo‘nalishda turistlar oldindan puli to‘langan xizmatlarni oladilar. Turoperatorlar ko‘zlanayotgan xizmat ko‘rsatish darajasiga mos ravishda tur narxini aniqlar ekanlar, aynan o‘sha xizmatlar (boshqalarini emas) ko‘rsatilishini kafolatlash shart.
Xalqaro turizm bozori allaqachon talabning darajalanganini tan oladi. Boylar uchun qimmat xizmatlar ko‘rsatadigan turlar; boy bo‘lmaganlar uchun - iqtisodiy turlar; buvilar, bobolar va ularning nabiralari uchun sayohatlar; o‘smirlar uchun avtobus sayohatlari; faqat ayollar uchun yaxta va sollarda sayohatlar; chekmaydiganlar uchun toza havoga safarlar; erkaklar uchun ov, baliq ovi va boshqalar. Maxsuslashtirilgan turlarni tashkil etish yo‘nalish va xizmatlarining tematik mosligi va xizmat ko‘rsatish dasturining optimalligini chuqur ishlab chiqishi lozim
Turistlarga xizmat ko‘rsatishda turistlar bilan ishlaydigan gid malakasi katta ahamiyatga ega, chunki aynan shu odam o‘zining shaxsiy ishtiroki bilan xizmat ko‘rsatish sifatiga javob beradi. Gid yuqori malakadan tashqari, xizmat ko‘rsatish dasturi va u yoki bu xizmatlar turi o‘zgarishi ehtimollari bo‘yicha to‘la ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.

Download 30,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish