Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga qaratilgan
maqsadli faoliyat bo’lib, u inson faolligining anglangan bir turiga kiradi. Mehnat inson uchun
shaxsiy va ijtimoiy hayotida o’zini ro’yobga chiqarish va ko’rsata olish vosita hamda usulidir. Bu
o’z navbatida uning muomalasi, o’zini va tashqi olamni anglashi, o’zini shaxs sifatida
rivojlantirishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishida aks etdi. Bu vazifalarni bajarilishi
275
mehnatning maqsadini tashkil etadi. 58-rasmda mehnat va uning asosiy vazifalari keltirilgan.