egressiv xulq
ning
motivasiyasi tushunchasi, ya’ni kishilar o’rtasidagi nizo, bir-biriga nisbatan zo’ravonlik va
vajohat kabi hissiyotlarni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi amaliy ahamiyatga molikdir.
Shu nuqtai nazardan paydo bo’lgan tushunchalardan biri “egressiya” tushunchasidir.
Egressiya
– lotincha
egredior
–
qochish, o’zini tortish
so’zlaridan olingan bo’lib, bu shaxsning
o’zini mana shunday xavotirli, nizoli, murakkab vaziyatlarda olib qochishini anglatadi. Bunday
xulqning asosiy sabablarini boltiqbo’yilik olimlar
P.Dereshkyavichus
va
L.Yovaysha
lar
quyidagicha izohlaydilar:
o’zgalar tomonidan ijobiy hissiy munosabatning yo’qligi;
o’zi to’g’risidagi bahoning o’zgalarnikidan farq qilishi;
kuchi yetmaydigan vazifalar va talablarning muntazam qo’yilishi tufayli paydo bo’lgan
161
mag’lubiyatdan qo’rqish holati;
o’ziga ishonchmaslik, g’olib chiqishga ko’zi yetmaslik, jazodan qochish.
Shunday qilib, bugun jahon ilmu-fani odamlar o’rtasidagi turli xil nizolarni oldini olish
usullariga ko’proq e’tiborni qaratmoqda. Bizga kundalik hayotimizdan ma’lumki, biz ijtimoiy
hayot normalarini buzgan, o’zgalarga tazyiq qilgan kimsalarni jazolash orqali noxushliklarning
oldini olishga o’rganganmiz. Lekin ayniqsa, qonunbuzarliklar bilan jinoiy ish qilganlarning xulq-
atvori o’rganilganda, ularni ana shunday bag’ritoshliklari yoki janjalkashliklari uchun jazolash
unchalik samarali emas ekan. Yoki achchiqlangan odam o’z “zahrini to’ka qolsin, yengillaydi”
degan sharqona yondoshuv ham u qadar foyda bermaydi. Shuning uchun ham amaliyotchi
psixologlar ana shunday holatlarni oldini olish yo’l-yo’riqlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish va odamlarni o’rgatishga ko’proq e’tibor bermoqdalar.
Ijtimoiy psixologiyada to’plangan ma’lumotlarga ko’ra agressiyani oldini olish yoki sodir
bo’lganini yumshatishda bir qancha yo’llar bo’lishi mumkin:
Tang holatlarda janjalkashlardan kimdir albatta o’zini tutishi, o’zini qo’lga olib,
agressiv xulq bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka hozirligi isbot qila olish, namoyish eta olishi. Masalan,
er va xotin o’zaro janjallashib qolgan vaziyatni tasavvur qilsak, bu sharoitda o’zaro
kelishmovchilik borligini sezgan ona-qaynona o’rnak namunasi ko’rsatishi mumkin. Buning
uchun yo u taraflarni bosiqlikka, og’irroq bo’lishga chaqiradi, yoki yaxshi maslahat yordam
bermasa, iroda va sabot bilan taraflardan birortasini, gapiga tezroq kiradiganini, masalan, o’z
o’g’lini o’sha yerdan boshqa yerga, boshqa xonaga olib chiqib ketishi, yoki ajralishni ahd qilib
urishayotganlardan birini masalan, kelinni dugonasinikiga “bir o’tib kelishni”, yoki bozordan
biror nima xarid kelish uchun yuborishi va alohida qolgan o’g’li bilan “tarbiyaviy ishni” davom
ettirishi mumkin. Ya’ni, janjalli vaziyatda kimnidir vaziyatda o’zini to’g’ri va bosiqlik tutishi
qolganlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, qilmishlaridan andisha qilib qolishlari mumkin.
Agressiv harakatlarning oldini olishda tabiiy verbal reaksiyalarning, fikr-
mulohazalardagi o’rinli so’zlashlarning ham ijobiy o’rni bor. Masalan, yana oila misolida olinsa,
tomonlardan birining baland ovozga past bilan, yomon gapga, yaxshi bilan javob berishi qarshi
tomonning hissiyotlari yo’nalishini o’zgartiradi.
Agressiyani pastlashining yana bir yo’li psixologik ibora bilan aytganda
“kutilmagan, nomuvofiq ta’sirning induksiyasi” bo’lib, unga ko’ra, tomonlardan birining yoki
guvohning kutilmagan tarzda ish tutishi vaziyatni o’zgaortiradi. Masalan, yana o’sha oilaviy
nizo, yoki boalar o’rtasidagi agressiv janjalni oladigan bo’lsak, bunda shundlay qilinadiki,
urushning tashabbuskori bo’lgan bolaga onasi kutilmaganda, ko’ngliga tugib yurgan biror
sovqasini, yoki boshqa biror “syurpriz” berishi, yoki janjallashishayotgan aka-ukalar ustidan
chiqib qolgan onadan ular qattiq ogohlantirish yoki jazoni kutganlarga samimiy hazillar ham
kutilmaganda ikkala tomonni ham fikrlashga, o’zini bosib olishiga olib kelishi mumkin.
Nizoli va agressiv vaziyatlardan qutulish yoki ularni oldindan bartaraf etishning
ishonchli yo’li sifatida psixologlar odamlarda muomala madaniyati va muloqot malakalarining
bo’lishini e’tirof etishadi. Demak, ilk yoshlikdan bolani sog’lom muloqotga o’rgatish, sharoqona
odob, iltifot, odamgarchilik, andisha va samimiyat, bag’rikenglik tamoyillariga bo’ysunib,
o’zgalar bilan yashashga o’rgatish undagi agressivlikni pastlatadi, konfliktli va agressiv
vaziyatlarda to’g’ri yo’l tutishga moslashtiradi. Buning uchun ijtimoiy psixologiyaning maxsus
uslublari va vositalari mavjudki, ular hattoki “urushqoq shasxlarni” ham turli vaziyatlarda o’zini
tuta olishga o’rgatadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik treningning muloqotga bevosita o’rgatuvchi
texnikasi aynan ana shunday uslublardan hisoblanadi.
162
Nihoyat, har bir insonning o’zini o’zi hurmat qilishi, unda voqyea-hodisalarga
nisbatan mustaqil qarashlarning, mustaqil fikrning bo’lishi ham ma’lum ma’noda agressiv
xaraktalar darajasini va miqdorini kamaytiruvchi muhim omildir. Ming afsuski, shunday holatlar
bizda tez-tez uchraydiki, yoshlarimiz faqat taqlid qilish, aytganimizdan chiqmaslikka o’rgatib
qolganligi tufayli haddan ziyod yuvvosh, ishonchsiz, e’tiqodsiz va irodasiz, qo’rqoq bo’lib
qolishadiki, har qanday tanglik vaziyatlari ular ruhiyatini normal maromdan chiqaradi. Chunki
bunday yoshlar va xodimlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |