V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


shaxslararo hamda o’ziga nisbatan bo’layotgan insoniy munosabatlarga



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

shaxslararo hamda o’ziga nisbatan bo’layotgan insoniy munosabatlarga
 alohida e’tibor 
beradi va aynan ularning muvofiqlashtiruvchisi rolini bajaradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, oilaviy 
hayotning  ilk  bosqichlarida  qaysi  millatda  bo’lmasin,  shaxslararo  munosabatlarning  tig’izligi 
darajasi  kam  bo’lgani  uchun  erkaklar  asosan  liderlik  pozisiyasida  bo’lishadi.  Bu  holatni 
ayniqsa, bizning o’zbek oilalariga, Sharq mentalitetiga xos deyish mukin. Lekin oilada bolalar 
soni va ayniqsa, oila kelinlar yoki kuyovlar hamda nevaralar hisobiga ortgan sari ona-ayol o’z 
pozisiyasini mustahkamlab boraveradi. Ya’ni, keksalik davriga kelib, gender munosabatlardagi 
tarozi  pallasi  tenglashadi,  hattoki,  ko’p  hollarda  ayollar  foydasiga  hal  bo’ladi.  Demak, 
ayollarning  shaxslararo  o’zaro  munosabatlarni  boshqarish, bu tizimda o’z o’rnini topa olish 
mahoratidan, qobiliyatidan jamiyat o’rinli foydalanishi kerak. 
Ayolning  oila  va  jamiyatdagi  liderligi  masalasi  an’anaviy  tasavvurlardagi 
paternalizm
 
tamoyillariga zid bo’lsa-da, kuzatishlar, yoshlar va ayollar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlarda bu 
hodisaga  nisbatan  yangicha  yondashuv  shaklanayotganligidan  darak  bermoqda.  Shunisi 
qiziqki, ayollarning o’zlari oilada liderlikka so’zda da’vo qilmagan holda, amalda aslida aynan 
shu mavqyega intilmoqdalarki, bu oilaviy munosabatlar tizimida bolalarning bu jarayonni idrok 
qilishiga  ba’zan  salbiy,  ba’zan  ijobiy  ta’sirini  ko’rsatmoqda.  Liderlikning  erkaklar  va  ayol 
o’rtasida bu tarzda bo’linishi va undan kelib chiqayotgan salbiy ijtimoiy-psixologik oqibatlarning 
obyektiv hamda subyektiv sabablari bor, albatta. 
Gender muammolariga bag’ishlab o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlardan shu narsa ma’lum 
bo’ldiki,  oila  va  jamiyatdagi  gender  rollarining  taqsimoti  xalqning  madaniyati,  ma’naviyati va 
turmush  tarzidan  kelib  chiqarkan.  Masalan,  amerikalik  olimlar 
Jon  Uilyams
  va 
Debra 
Best
larning  14  xil  millat  vakillari  o’rtasida  o’tkazgan  so’rovlari  ma’lumotlariga  ko’ra,  Sharqiy 
Osiyo  va  Markaziy  Osiyo  (Nigeriya,  Pokiston  va  b.q.)  millatlari  vakillaridan farqli konservativ 
Yevropa vakillari o’z madaniy xududlarida inson bajaradigan rollarning ko’pligidan kelib chiqib, 
ayollarning  ham  bemalol  ijtimoiy  foydali  mehnatda  band  bo’lishlari  va  bunga  oilaviy 
mas’uliyatlar  xalaqit  bermasligi  kerakligini  e’tirof  etadilar.  O’troq  xalqlar  va  aksariyat  yerda 
mehnat qilib, tirikchilik qiladigan millatlarning vakillari (masalan, o’zbeklar va boshqa Markaziy 
Osiyo xalqlari) erkak ham, ayol ham hamma ishni bilishi, oilada hamda jamiyatda o’rinlari teng 
bo’lishini yoqlaydilar. Chunki bu xalqlarda er va xotinning bilimlari darajasi, saviyasi deyarli bir 
xildir.  Umuman  olganda  ma’lumotlilik darajasi erkaklar va ayollarning jamiyatdagi maqomini 
belgilovchi  asosiy  omildir.  Masalan,  Rossiyadagi  ayollarning 
emansipasiyasi
  darajasi 
o’rganilganda, u yerda o’qituvchi-ziyolilar va vrachlarning aksariyati ayollar ekanligi aniqlangan. 


 
221 
Amerika yoki Janubiy Koreya bu borada ulardan ancha orqadaligi ham fakt hisoblanadi. Agar 
bizning yurtimizda ham ayollarning deyarli 100% savodliligi, oliy ma’lumotlilarning deyarli teng 
yarmi  xotin-qizlar  ekanligi,  boshqaruv  tizimi,  sog’liqni  saqlash  va  madaniyat  sohalarida 
ayollarning  ulushi  yil  sari  oshib  borayotganligini  inobatga  olsak,  an’anviylikdan  chekinib 
borayotganligimizning sabablarini bilishimiz mumkin. 
Ijtimoiy  taraqqiyot  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  olinganda,  erkaklar  va  ayollarning 
jamiyatdagi  gender  o’rni  masalasi  barcha  ijtimoiy-siyosiy  tuzimlarda  ham  o’ziga  xos 
ahamiyatga ega muammo sifatida qaralib kelingan. Lekin bevosita xotin-qizlarning jamiyatda 
tutgan o’rniga u yoki bu jins vakillari tomonidan berilgan baho turli sharoitlarda o’z ko’rinishini 
o’zgartirib  borayotgan  hodisadir.  Masalan,  1938  yilda  Amerika  Qo’shma  Shtatlarida Gellap 
tashkiloti  tomonidan  o’tkazilgan  so’rovlarda  har  besh  kishidan bittasi turmush qurgan, lekin 
biznes yoki boshqaruv sohasida ishlaydigan ayollarni ma’qullab ovoz bergan bo’lsalar, 1993 
yilga kelib bu ko’rsatgich 86%ga yetdi. Shunday bo’lsa-da, hatto, yoshlarning ikkidan uch qismi 
ideal  oila  deganda  “erkak  kishi  ishlab  pul  topib  keladigan,  ayol  esa  uyda  bola  tarbiyalab 
o’tiradigan” holatni qayd etganlar. Fikrning bunday tarzda o’zgarishining obyektiv sabablari bor. 
Bu holat birinchidan, ayol 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish