V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Motivlarning anglanganligi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

7.5. Motivlarning anglanganligi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish 
muammosi
 
 
Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  motivlar,  ya’ni  xatti-harakatlarimizning  sabablari  biz 
tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollar 
va  holatlarda  motiv  aniq,  ya’ni  shaxs  nima  uchun  u  yoki  bu  turli  faoliyatni  amalga 
oshirayotganligini,  nima  sababdan  muvaffaqiyatga  erishayotganligi  yoki  mag’lubiyatga 
uchraganini  biladi.  Lekin  har  doim  ham  ijtimoiy  xulqimizning  sabablari  bizga  ayon 
bo’lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha 
“attitud”
) hodisasi orqali tushuntiriladi. 
Ustanovka
 – bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan programmasi 
sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval anglanilgan holda amalga 
oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan holatga o’tib boradi. Aynan shunday 
anglanilmagan harakat rejasi 
ustanovka
 deb ataladi. Shaxsdagi maqbul harakatlar muntazam 
takrorlanishi  natijasida  unda maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, 
shaxsning  doimiy  faoliyati  va  xulqini  kuzatgan  holda  unda  qay  mazmundagi  ustanovkalar 
ustuvor ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Ijtimoiy  ustanovka  shaxs  xulq-atvorining  ichki,  anglanmagan  yoki  qisman  anglangan 
motivlariga  kiradi.  Masalan,  bir  kishiga  badiiy  adabiyotdan  aynan  bir  guruh asarlar yoqadi. 
Lekin  nima  uchun  xuddi  shu  asarlar  guruhi  yoki  shu  adib  yoqishini  tushunmaydi.  O’sha 
guruhdan yangi bir kitob qo’lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi. Shu 
ma’noda  olib  qaralganda,  ijtimoiy  ustanovka  shaxsdagi  anglanmagan  munosabatlarga 
o’xshaydi.  Lekin  aslida  uning  tabiati  juda  murakkabdir.  Chunki  ijtimoiy  ustanovka 
tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham 
o’z  ifodasini  topadi.  Ijtimoiy  ustanovka  shaxsning  ijtimoiy  obyektlar,  hodisalar,  guruhlar  va 
shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu 
baho  yoki  munosabatning  aslida  qachon  shakllanganligini  aniq  anglamaydi.  Masalan, 
Vatanimizni  hammamiz  sevamiz,  bayrog’imiz  muqaddas,  nemis  investorlarga  ishonamiz, 
negrlarga  rahmimiz  keladi,  tijorat ishlari bilan shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, 
deb  hisoblaymiz  va  hokazo.  Bu  tasavvurlar,  baho  va  hissiyotlar  qachon  va  qanday  qilib 
ongimizda  o’rnashib  qolganligiga  e’tibor  bermasdan  yuqorida  sanab  o’tgan  hissiyotlarni 
boshdan  kechiraveramiz.  Mana  shularning  barchasi  ijtimoiy  ustanovkalar  bo’lib,  ularning 
mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli 


 
118 
xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro’yobga chiqadi. 
Ijtimoiy  ustanovka  muammosi  G’arbda,  ayniqsa,  AQShda  har  taraflama  chuqur 
o’rganilgan  muammolardan  hisoblanadi.  Amerikalik  olimlar  ustanovkani  shaxsning  avvalgi 
hayotiy  tajribasiga,  undagi ijtimoiy tasavvurlarga bog’liqligini o’rganib, shaxs xulq-atvorini turli 
sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. Ular ijtimoiy ustanovkani bir so’z 
bilan  – “
'attityud
” so’zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayoq M.Smit attityudning uch komponentli 
tizimini  ishlab  chiqqan.  Unga  ko’ra  attityudda  uch qism bo’lib, bular kognitiv, affektiv hamda 
konativ qismlaridir. 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish