6
KIRISH SO’ZI O’RNIDA
Shiddat bilan hayotimizga XXI asr kirib keldi. Uning global o’zgarishlar davri bo’lishiga
hyech kimda shubha qolmadi, desak bo’ladi. Chunki bu davrda eng avvalo inson ongi va
ruhiyatida evrilishlar yuz bermoqda. Bu xolat Inson va uning ichki dunyosini, zamondoshlarning
bir-birlari ongi va shuurida ro’y berayotgan o’zgarishlarga monand xatti-harakat qilishlari
lozimligini talab qiladi. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada
o’ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda.
Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz
tasavvur qila olmaganimiz uchun ham psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil
davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini
yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo’lg’usi mutaxassis, u pedagog-o’qituvchi
bo’ladimi yoki quruvchi-muxandis yoki agronom bo’ladimi, shifokor bo’lib, el dardiga darmon
bo’ladimi, ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalib, turmush
normalariga bo’ysunishi, jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallab, fuqarolik burchini ado
etishga tayyor bo’lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar xukmiga havola
etilayotgan ushbu darslik jamiyatdagi Shaxs psixologiyasini o’rganish va uning tamoyillariga
bo’ysunishni taqozo etadi.
Darslikning ahamiyati yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y
berayotgan o’zgarishlar, ularning hayotga, uning qadriyatlariga, kasb-kori, oilasi, o’z salomatligi
va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari
namoyon bo’layotganligi bilan uyg’un tarzda bayon etilganligidir. Zero, mustaqillik
psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod
kundalik muomalasi va turmush tarzida o’sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi
solih amallarga intilaveradi va sog’lom g’oyalarsiz yashay olmaydi. Bu haqda davlatimiz
rahbarining fikrlari biz uchun o’gitdir: “O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq
tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hyech bir davrda milliy g’oya va
milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi”.
1
Yuqorigilardan kelib chiqqan xolda biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha
o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini bo’lg’usi mutaxassislar tomonidan
o’zlashtirilishiga ko’mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba
ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o’zining sifat bosqichi doirasida muvaffaqiyatli
amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi
g’oyaviy yo’nalishini belgilaydi va yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek,
“yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil
fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash”
2
ishining samaradorligiga ulush bo’lib
qo’shiladi.
Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining tavsiyasiga
ko’ra yozilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarining “Pedagogika” va “Psixologiya” yo’nalishlariga
ixtisoslashmagan mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangandir.
Unda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalaridan kelib chiqqan
1
Do'stlaringiz bilan baham: