V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


XVI-XVII asrlar: empirik psixologiyani paydo bo’lishi va uning dastlabki taraqqiyoti



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

XVI-XVII asrlar: empirik psixologiyani paydo bo’lishi va uning dastlabki taraqqiyoti 
 
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida G’arbiy Yevropada filosofiya va ilmiy tafakkur 
sohasida keskin burilish ro’y beradi. Fanda tajribaga asoslangan yangi oqim (empirik oqim) 
rivojlana  boshlaydi.  Ilmiy  tafakkurdagi  bu  burilish,  odatda,  ingliz  mutafakkirlari  F.  Bekon, 
Gobbs, Lokklarning, shuningdek, fransuz filosofi R. Dekartning nomi bilan bog’langan. 
Frensis Beko
n
 (1561-1625 y.) va Tomas Gobbs (1588-1679 y.) Bekon ta’limotiga ko’ra, 
fan, birinchi navbatda atrofdagi tabiatni, uning ba’zi bir hodisa va qonunlarini o’rganish bilan 
shug’ullanmog’i kerak. Tabiatni o’rganish uning ustidan hukmronlik qilish uchun kerak. Tabiatni 
o’rganish metodi umumiy og’zaki mulohazalardan emas, balki tajribadan iborat bo’lmog’i kerak. 
Bekon  rasionalistik deduktiv metodni fanda befoyda deb inkor qildi va tajribaga asoslangan 
induktiv  metodni  asoslab berdi. Ayni vaqtda Bekon ruh va ruhiy hayot haqidagi masalalarni 
ham qo’zg’agan edi. 
Bekon ruhni ikkiga bo’ladi: aqliy va hissiy ruhlar. Birinchisi ilohiy nafasdan kelib chiqadi, 
ikkinchisi  moddiy  (jismiy)  bo’lib,  barcha  organik  mavjudotlarga xosdir. Hayvonlarning tanasi 
hissiy ruh organidir, insonda esa tana aqliy ruh organi bo’lib xizmat qiladi. 
Bekon  ruhning  qobiliyatlari  haqida  gapirar  ekan,  fahm,  aql,  xotira,  istak,  irodalarni 
ko’rsatadi.  Lekin  uning  ta’limotining  bu  qismi  rivojlantirilmagan.  Psixologiya  masalalarida  u 
ayrim-ayrim tasodifiy  mulohazalar bilan cheklanib qolgan. 
Bekonning tasavvurlar mexanikasi haqidagi fikrlarini boshqa bir ingliz faylasufi – Gobbs 
yanada  mufassalroq  rivojlantirdi.  Gobbsning  fikricha, psixik hayotning asosini go’yoki o’ziga 
tortuvchi,  jalb  qiluvchi  (huzur,  istak,  muhabbat)  va  ranjitadigan  (og’riq,  qo’rquv,  nafrat) 
kuchlaridan  iborat  bo’lgan  ehtiroslar  tashkil  etadi.  Psixologik  hodisalarning  o’zi  moddiy 


 
33 
tartibdagi faktlardir.  Ularning rivojlanishi nutqning rivojlanishi bilan bog’liqdir.  
Dekart psixologiya sohasidagi ta’limotini, asosan o’zining “Ruh ehtiroslari haqida” degan 
asarida bayon qilgan. 
Ruhning  faoliyati  sezgilar,  xotira,  tafakkur,  iroda  –  o’z  qonuniyatlariga,  ya’ni  ruhiy 
qonunlarga binoan ro’y beradi, tananing faoliyati (harakat) esa mexanika qonunlariga binoan 
ro’y beradi. Shunday qilib, psixik va fiziologik (moddiy.) jarayonlar parallel holda ro’y beradi. 
Shuning uchun ham Dekart XX asrgacha bo’lgan psixologiyada keng tarqalgan nazariyaning, 
ya’ni; psixofizik parallelizm ta’limotining asoschisi hisoblanadi. 
Ingliz  olimi  va  pedagogi  Jon  Lokk  Bekon  kashf  qilgan  ilmiy  metodning  bevosita 
davomchisi  edi. Lokk psixologiya ham, boshqa tabiat fanlari singari, og’zaki mulohazalarga 
emas,  balki  tajribaga  asoslanmog’i  kerak,  deb  hisoblaydi.  Shuningdek u ruhning va uning 
kuchlarining asl mohiyatini bilish mumkinligini inkor qildi. “Men, deydi Lokk, ruhning mohiyati 
nimadan iborat yoki hayotiy ruhimizning qanday harakatlari sezgilarga... yoki tasavvurlarga olib 
keladi  degan  tekshirishlar  bilan  o’zimni  qiynab  o’tirmayman,  chunki  bu  quruq  mavhum  fikr 
yurgizishdir”  Lokkning  aytishicha,  faqat  ruhiy  hodisalarni  o’rganish  kerak.  Bu  hodisalarni 
o’rganishning birdan-bir metodi tajriba va kuzatishdir. 
M.V.Lomonosov  birlamchi  va  ikkilamchi  sifatlar  haqidagi  ta’limotni  tanqid  qilib  chiqdi. 
Uning  ta’limotiga  ko’ra,  ikkilamchi  subyektiv  sifatlar  yo’q:  bizning  hamma  sezgilarimiz 
obyektivdir. 
Shuni aytish kerakki, XVIII  asrda Yevropaning barcha mamlakatlarida, ayniqsa Angliyada 
empirik psixologiya yagona hukmron psixologiya sistemasi bo’lib qoldi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish