269
o’sha yarashtirish komissiyasi oiladagi konfliktni bilgani zahoti muammo xal bo’lishi mushkul
ish. Demak, aniq ishlar, muntazam e’tibor, sabr-toqat va adolat hissi bo’lishi kerak.
Joylarda sekin-asta paydo bo’layotgan psixologik xizmatga ham ko’pchilik odamlar
shunday ko’z bilan qarashadi. Go’yo psixolog unga bir mo’jizaviy so’z aytadiki, u hamma
dardlaridan qutiladi. Bunday fikrlagan kishilar qattiq adashadilar. Psixolog yordamiga muhtoj
insonlarga ayrim tavsiyalarimiz bor:
1.
Psixologik yordamda avvalambor psixologning oldiga kelgan kishining o’zida
kuchli istak bo’lishi kerak (davolash).
2.
Psixologga ishonish kerak.
3.
Sabr-toqatli bo’lishi kerak. Nima uchun? Chunki jismoniy kasallikni davolash
oson, u yuza qismda joylashgan.
Psixologik kasalliklar esa juda chuqur va uzoq vaqt davomida to’plangan, ya’ni insonning
ongi, ongosti va eng nozik joy – qalbida o’rnashgandir.
Endi shu narsani (agar bu narsa uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan bo’lsa, yanada
uni uzoq davolash zarur bo’ladi) tozalash qancha qiyin bo’ladi. Bu yerda bir o’xshatish
keltirganimiz ma’qul. Agar kiyim uzoq vaqt davomida juda yomon iflos narsalar bilan
bulg’angan bo’lsa, uni yuvish, tozalash ham shuncha qiyin bo’ladi, hatto tozalash uchun
qo’shimcha vositalardan ham foydalanishga to’g’ri keladi. Insonning onggi, ong osti (qalbi) ham
shunday, biz uni uzoq vaqt (yillar davomida) zaharladik, qoraytirdik, endi biz uni ikki kunda
davolamoqchimiz, yo’q u tozalanish – forig’ bo’ish jarayoni bunchalik tez amalga oshmaydi.
4. Eng asosiy qiyinchilik, jarrohning oldida yotgan bemor biladi, uning og’riyotgan a’zosini
olib tashlashadi va buning uchun u hatto barmoqlarini ham qimirlatishi shart emas. Qanday
ajoyib, u kasalxonadan sog’lom bo’lib chiqib ketadi, undan talab qilingan narsa, tinch yotish va
aytilgan parhyezga qat’iy amal qilish edi. Psixologik yordamda bunday bo’lmaydi. Bu yerda eng
asosiy zahmatkash uning o’zi, psixolog esa unga tozalanish, davolanish yo’lini ko’rsatadi yoki
shu yo’lni shaxsning o’zi topishiga imkon beradi, yordam beradi. Dunyoda eng og’ir va qiyin ish
bu insonning xulq-atvorini, yomon odatlarini, xarakterini o’zgartirishdir. Chunki, buni tabletka,
ukol yoki jarrohlik yo’li bilan davolab bo’lmaydi. Shaxsning bu kamchiliklarini o’zi sezmasligi
mumkin, u ko’zga ham ko’rinmaydi. Agar insonning o’zi istamasa, o’zi iroda, hissiyotini, ruhiy
va jismoniy kuchini to’plab psixologga va o’ziga yordam bermasa psixolog yordami amalga
oshmasdan qoladi.
Nima uchun ko’pchilikka oddiygina tuyulgan “chekishni tashlash”dek yomon odatdan
qutilish hammaning ham qo’lidan kelmaydi, nima uchun spirtli ichimliklar minglab kishilarning
ming-minglab insonlarning baxtiga va hayotiga zomin bo’lmoqda? Nega? Chunki, yillar
davomida shakllangan odat, xulq-atvor, xarakter insonning haqiqiy “menligi”ga, ya’ni ichki
dunyosining ajralmas qismiga aylanadi, bosh miyadagi ba’zi bir markazlarda bu shaxsiy
xususiyatlar o’zining chuqur “izini” qoldiradi.
Lekin, bosh miyasining – markaziy asab tizimining imkoniyatlari cheksiz bo’lib, bizni
yaratgan Olloh taolo insonga hayot yo’lini tanlashda juda katta erkinliklar berib, qanday
yashash, qanday hayot tarzini ushlash, qaysi yo’ldan borish bizning o’zimizga bog’liq. Diqqat:
hamma narsa o’zimizga bog’liq!!!
Do'stlaringiz bilan baham: