Psixologik eksperiment
Eksperiment
ning mohiyati shundaki, aynan shu yo’l bilan bir omilning ta’siri ikkinchi bir
omil ta’sirini ta’minlashi yoki hodisaning ro’y berishiga olib kelganligi isbotlanadi. Ya’ni,
eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy farazlarni isbot qilishga yordam
beradi. Masalan, o’quvchilarning o’zlashtirish darajalari qanday omillarga bog’liq, degan savol
paydo bo’lsa va bunday olmillardan biri o’quv jarayonida tarqatma materiallardan keng
foydalanish lozimligi fikri taxmin qilinsa, o’sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar
ishlatiladi, ikkinchi sinov sinfda esa eskicha o’qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin
bolalarning o’zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi.
Mana shunga o’xshash jarayonlar va sinovlar eksperiment deyiladi va hayotda va psixologik
amaliyotda ko’plab murakkab eksperimentlar aniq dasturlar asosida o’tkaziladi, yangiliklar
ochiladi.
Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat
shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa
ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar
tabiiy eksperiment
o’sha
qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat
jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, lisey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil
etilib, o’rganilsa,
laboratoriya eksperimenti
maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar
vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa,
psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki
“Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki,
ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini
tekshirish uchun
gruppaviy integratorlar va gomeostat
deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan
va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan.
Eksperiment o’tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan obyektda eksperiment
hamda nazorat guruhlarining bo’lishidir. Tadqiqotchining taxmini asosida birinchi guruhda u
yoki bu o’lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar kiritilsa, nazorat guruhi o’sha yangiliklar va
sun’iy kiritilgan omillar ta’siridan xoli qilinadi. Eksperiment so’ngida natijalar ikkala guruh
misolida taqqoslanib, kerakli xulosalar chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat
motivasiyalaridan biri deb, uning ta’sirini o’rganish kerak bo’lsa, eksperimental guruh a’zolariga
maoshlar ko’paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala guruh
a’zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab chiqarishdagi mahsuldorlik
maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, eksperiment uchun maxsus sharoitlar
va natijalarni to’g’ri tahlil qilish uchun professional psixologlar kerak.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |