Uchinchidan
, ilg’or g’oyalar va yangicha dunyoqarashning birdaniga ko’pchilik onggiga,
ayniqsa, yoshlar ongiga singmasligining ayrim sabablari ham bor. Psixologiyada bola
taraqqiyotining ayni 17-18 yoshlarida kuzatiladigan “mafkuraviy inqiroz” bo’ladi. Buning
mohiyati shundaki, ayni shu davrda o’spirinda turli shaxsiy muammolar birdan ko’payib ketadi:
do’stga ega bo’lish, sevish-sevilish, kasb tanlash, o’qishga kirish, nikoh muammolari,
kattalarning talablari va hokazo. Bu muammolar go’yoki yoshlarning jamiyatda ro’y berayotgan
ijtimoiy-siyosiy muammolardan ongini chalg’itayotganday bo’ladi. Lekin aslida aynan
o’spirinlikka xos bo’lgan psixologiya mavjudki, ular o’z kelajagi to’g’risida ko’p qayg’uradi,
ertaga kim bo’lishi, qanday sharoitda yashashi va ijod qilishi, yashayotgan hududi – Vatani
taqdiri albatta qiziqtiradi. Shuning uchun ham yoshlarga xos bo’lgan maksimalizm va yuqorida
sanab o’tilgan shaxsiy muammolar atrofida paydo bo’ladigan individualizm o’rtasida qarama-
qarshilik paydo bo’ladi. Bu inqiroziy holat bizning sharoitimizda ko’proq yurt va jamiyat
ravnaqidan manfaatdorlik hisobiga xal qilinmoqda. Shuning uchun ham yoshlar bilan
bo’ladigan yuzma-yuz uchrashuvlar, muloqotlarda shaxsiy manfaatlarning jamiyat
manfaatlariga bog’liqligi, Vatan ravnaqi va tinchlik-totuvlikdan nafaqat yoshlar manfaatdor,
balki ular ana shu jarayonlarning faol ishtirokchisi ekanligi g’oyasi o’rtaga tashlanadi.
Ijtimoiy psixologiyada yana bir o’rganiladigan jarayon borki, bu –
konformizm
9
hodisasidir.
Bu hodisa bevosita yoshlik davrida ko’proq namoyon bo’ladi. Konformizmning ma’nosi –
o’zgalar borligidan, ularning xulq-atvoridan ta’sirlanish bo’lib, yoshlar qanchalik o’ziga xoslikka
intilmasinlar, baribir bir yaxlit ijtimoiy qatlam sifatida bir-birlariga taqlid qiladilar. Bu ham
sog’lom g’oyalarning o’zaro muloqotlar jarayonida tarqalishi va ongga singishi uchun zamin
hisoblanadi. Hattoki, ayrim yoshlarda kuzatiladigan ijtimoiy raddiya, ya’ni, fikrlashlarda,
harakatlarda ajralib turishga intilish – aslida o’sha taqlidchanlik, konformizmning bir
ko’rinishidir. Shu bois ham mashhur olim
Seneka
konformizm va odamlardagi taqlidchanlikni:
“juda osonlikcha ko’pchilikning amriga bo’ysunishdir”, deb ta’riflagan edi. Bu jarayonning ro’y
bo’lishiga sababchi asosiy omillar esa o’sha ijtimoiy muhit va undagi obro’li shaxsning insoniy
xususiyatlaridir. Shuning uchun ham biz nimalarga ishonamiz va kimlarga ergashamiz, degan
masala bugungi kunda amaliy ahamiyatga molikdir.
Umuman, shaxsning qarashlari, dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartirishda, bizning
sharoitimizda ularni sog’lom g’oyalarga ergashtirishda mafkuraviy ishlarni kuchaytirishimiz
yaxshi samaralar beradi, albatta. Faqat bunda o’sha oddiy inson psixologiyasiga oid ayrim
qonuniyatlarni bilish va ularga amal qilish maqsad muvofiqdir. Mafkuraviy targ’ibot-tashviqot
haqida gap ketganda, uning inson ongi va psixologiyasiga ta’sir qilishiga umid qilib, ish
yuritiladi. Erkinlikni juda yaxshi ko’rgan amerikalik va yevropaliklar ham haqiqatga ergashish,
ezgu amallarga itoat qilishning hyech qanday shaxs erkinligiga tahdidi yo’qligi, aksincha, uni
jamiyatdagi mavqyeini yanada mustahkamlashini targ’ibot qiladi.
Mutaxassislarni fikricha, e’tiqod asosan ikki yo’l bilan hosil qilinadi:
agar auditoriya fikrlaydigan, ayni argumentlar ustida o’ylash qobiliyatiga ega
bo’lsa, ular manfaatiga mos ma’lumotning berilishi ulardagi ishonchni mustahkamlaydi; bu
bevosita ta’sir deb ataladi;
agar tinglovchining manfaatiga bevosita aloqadorligi yo’q narsa to’g’risida gap
9
Izoh: keyingi qism va boblarda konformizmning muxtasar bayoni beriladi.
99
ketayotgan bo’lsa, unda ishontirishning bilvosita usullaridan, ya’ni, voizning yoqimtoyligshi,
kayfiyatning yaxshiligi, tasodifan yoqib qolishi mumkin bo’lgan boshqa jihatlarini asos qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |