2.4. Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari
41
Hozirgi zamon ilm-fanining qadri va ahamiyati uning nechog’li amaliyotga kirib borib,
tadbiqiy salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti
ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi.
Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq etishga ehtiyoj katta.
Birgina O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini oladigan bo’lsak, uning bajarilishi
va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda tashkil
etilgan “Tashxis markazlari” va Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi
ta’lim-tarbiya jarayonlarini, ma’naviy muhitni ilmiy-amaliy tadqiq qilish, yoshlar ijtimoiy faolligini
sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash, muammolarni o’z vaqtida aniqlash
hamda bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-metodik yordam ko’rsatuvchi “Ta’lim-
tarbiya jarayonini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash xizmat”larida faoliyat
ko’rsatayotgan mutaxassislar talabalardagi rivojlanish tendensiyalari, aqliy o’sish omillari va
iqtidoriga qarab ta’lim-tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari
zarurki, bu tadbirlar oxir-oqibat real samara berishi lozim.
Ta’kidlash zarurki, tadbiqiy psixologiyadagi “samara”ni o’lchash mezonlari bilan nazariy
psixologiyadagi samara tushunchalari biroz farq qiladi. Ya’ni, bu yerda bevosita buyurtmaning
bajarilishi sifatiga buyurtmachining o’zi baho beradi. Shuning uchun ham amaliy
psixologiyaning alohida tarmog’i bo’lmish ijtimoiy psixologiya bilimlarining amaldagi ehtiyojini
uch asosiy sabab bilan tushuntirishi mumkin:
kichik korxona yoki yirik firmalardan tortib, toki hukumat darajasidagi idoralar
ham o’z faoliyati samaradorligini oshirish uchun tobora insonlar faoliyati va ulardagi zahiradan
omilkorona foydalanishning psixologik manbalarini qidirish lozimligini tushunib yetmoqdalar;
professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obro’-e’tiborning
amaliy sohalarida ishlay olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini tushunib yetmoqdalar. Ya’ni,
hayotda bevosita samarasi ko’rinmaydigan nazariyaning bugun hyech kimga keragi bo’lmay
qoldi;
amaliyotda ishlayotgan boshqa soha vakillari ham agar psixologik
tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga uquvlari yaxshiroq va ishlari unumliroq
bo’lishini tushunib yetmoqdalar. Shuning uchun ham ko’plab yangi turdagi markaz va firmalar,
qo’shma korxonalarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar.
Davr talabi shunday bo’lmoqdaki, u yoki bu faoliyat sohalarida odamning individual va
tipologik xususiyatlarini inobatga olib ish tashkil etilsa, samarasi yaqqol ko’rinib qolganligini
maxsus psixologik bilimga ega bo’lmagan xodimlar yoki rahbarlar tushunib yetmoqdalar. Shu
sabab bugun iqtidorli rahbarlar va o’z ustida muttasil ishlab, o’z ish joyida samarali ishlashni
xohlaganlar ish stolida Karnegi, Mayer, Vigotskiy, Makey kabi yirik amaliyotchi psixologlarning
asarlarini ko’rish mumkin. Bu kitoblarda odamlar bilan samarali ishlash sirlari, o’z iqtidorini
o’stirish usullari ommabop tarzda yozilgan. Oxirgi yillarda Karnegilar kitobiga o’xshash amaliy
kitoblar soni ko’payib ketdi. Mamlakatimizda ham yangicha g’oyalar targ’iboti, milliy istiqlol
mafkurasi tamoyillarini keng mehnatkashlar ongiga yetkazishda ham turli psixologik
manbalardan foydalanish, ommabop o’qimishli asarlar yozish texnologiyalari bayon etilgan
manbalar sekin-astalik bilan ko’paymoqda. Kitobshunoslar, yozuvchi va olimlar oldiga qo’yilgan
asosiy talab ham xalq ongi va ruhiyatiga tez ta’sir qilishga qodir tushunarli asarlar yozishdan
iborat. Bu esa psixologiyani bilishni, voizlik san’atidan bahramand bo’lishni, auditoriyaning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, verbal-noverbal ta’sirning psixologik qoidalarini bilishni taqozo
42
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |