V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

 
 
Fikrlash gigiyenasi 
 
Sog’lom turmush tarzining inson salomatligini mustahkamlashdagi roli beqiyos. Lekin bu 
ham  yetarli  emas.  Doktor 
Neverest
ning  yozishicha,  “Fikrlash  gigiyenasi  –  inson  o’z  ongli 
hayotida amal qilishi lozim bo’lgan o’ta muhim qoidadir. Fikrlash tarzi to’g’ri bo’lgan odamda 
muammolar ham kam bo’ladi, salomatlik ham mustahkam bo’ladi”. Zero, har birimiz hayotimiz 
mobaynida necha marta “yomon xayollar, fikrlar kallaga kelganligi tufayli” aziyat chekkanmiz. 
Vaholangki,  “Qo’rqqanga  qo’sh ko’rinar” deganlaridek, nimadan qochsak, ko’pincha aynan 
o’shanga  borib  urilamiz.  Yaxshi  narsalarni,  yaxshilikni  o’ylasak-chi?  Yomonlik ham silliqroq 
o’tadi, chunki yaxshi fikr ishonchni tug’diradi, ishonch esa kerak bo’lsa, “o’lganni ham tiriltiradi”. 
Demak, yaxshi fikrlarimiz bizning eng yaxshi qurolimiz, faqat uni o’rinli ishlata bilishimiz lozim. 
Olimlar ba’zan ayollardagi fikrlash tarzi sog’lomroqmi yoki erkaklardami, degan savolga 
javob  qidiradilar.  To’g’ri,  ayolning  oiladagi  o’rni  beqiyos,  uning  kayfiyati,  muomalasi, 
muammolarga  qarashiga  ko’p  narsa  bog’liq.  Tarix  ayolning oiladagi muammolarni yechish 
orqali o’z atrofida ijobiy muhitni hosil qilish orqali juda katta, global muammolarni hal qilishga 
ham  qodirligini  biladi.  Xalq  tabobatida  yaxshi  gap,  ishonch  hosil  qilish  orqali  odamlarni 
davolaydigan tabiblar orasida ham ayolar ko’p. Demak, ma’lum ma’noda ayollarning mental 
maydoni  erkaklarnikidan  kengroq  va  samaraliroq  ekanligi  to’g’risidagi  xulosaga  kelishimiz 
mumkin.  
Umuman,  oila  a’zolarining  oddiy  o’zaro  suhbatlashish  mahorati,  ularning  o’zaro 
muloqotda bo’lish vaqtlarining ko’lami oiladagi ijobiy psixologik muhitga bevosita ta’sir qilishini 
bilamiz. Bunda o’sha oila a’zolarining fikrlash tarzi, intellektual salohiyati, muomalaga ustaligi 


 
252 
ustivor  rol  o’ynaydi.  Masalan,  ko’plab  adiblar,  san’atkorlar,  olimlar  oilasidagi  o’ziga  xos 
ma’naviy  muhit haqida ko’p yozilgan. Masalan, yozuvchi adibimiz Abdulla Qahhor va uning 
rafiqasi Kibriyo Qahhorovaning o’zaro munosabatlari, bir-birlariga mehri, do’stona muomalalari 
haqida juda ko’p yozilgan. Bunday oqil munosabatlar o’z navbatida adiblarning ijodlariga ijobiy 
ta’sir ko’rsatib, umrlari davomida sog’lom turmush tarzini boshdan kechirganlar. 
Bunday  oilalar  O’zbekistonda  juda  ko’p,  ular  boshqalarga  o’rnak  bo’lib,  uni 
mustahkamlab turgan narsa avvalo shirin so’z, samimiy muloqotdir va bu oilada a’zolarning 
salomatligida ham muammolar kam bo’lishidir. Demak, har birimizda aqlimiz, fikrlash tarzimiz 
va intellektual salohiyatmizga bog’liq ravishda o’zimizga xos mental energiyamiz bor ekanki, 
aynan shu maydon tufayli biz o’z salomatligimizni ongli tarzda boshqarishimiz mumkin. Rus 
olimasi 
L.G. Puchko
11
 aynan shu energiya vositasida ko’plab kasalliklarni diagnostika qilish va 
davolash yo’llarini ko’rsatgan. 
Shaxsiy  gigiyena  insonning  o’z  tani  va  ruhiyatiga  nisabatan  befarq  emasligida 
ifodalanadi. Taniqli rus yozuvchisi L.N. Tolstoy haqida 
Stefan
 
Sveyg
 shunday yozgan: “Tolstoy 
umrining  oxirigacha  ham  astoydil  xastalanmagan;  uning  sezgi  a’zolari  hamisha  safarbar 
holatda  bo’lgan,  ularni  ataylab  nimagadir  undash  shart  emas  edi.  Masalan,  ataylab 
tetiklantiruvchi  omillar,  may  yoki  qahva  ichish  shart  emas;  suzish  orqali,  hirslarini qondirish 
orqali  o’zini tinchlantirish unga yot; aksincha, uning sezgi organlari shunchalik intizom bilan 
unga bo’ysunar ediki, har qanday istak, faollik uchun ular hozir edi. 67 yoshida u velosipedda 
yurishga,  70  yoshida  –  konkida  uchishga  o’rgandi..,  80  yoshida  –  har  kuni  mushaklarini 
gimnastik  mashqlar  bilan  chiniqtirardi”.  Bularning  barchasi  buyuk  so’z  ustasining  shaxsiy 
gigiyenaga rioya qilish uchun ruhiy quvvatga ega bo’lganligidandir. 
Yuqoridagi  kabi  oddiy,  odatiy  xatti-harakatlarni  muntazam  bajara  borib,  inson o’zining 
ruhiyatini barqarorlashtiradi, xotirjam bo’ladi, kasal bo’lmaydi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish