V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


O’zni tuta bilish (boshqarish) mezoni



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

O’zni tuta bilish (boshqarish) mezoni 
 
Inson o’z ruhiy holatlari, kechinmalarini muayyan tarzda boshqarish qobiliyatiga egadir. 
Shu  tufayli  biz shaxsning faolligi, ongliligi va maqsadga intiluvchanligi to’g’risida gapirishimiz 
mumkin. Bunday layoqat uning o’z salomatligini boshqarish qobiliyatiga ham taalluqlidir. Ya’ni, 
biz  o’z  salomatligimizni  himoya  qila  olishimiz,  o’z  irodamiz,  xohish  va  sabr-qanoat  bilan 
boshqarishimiz mumkin. 
Ruhiy  salomatlik  orqali  jismoniy  salomatlikni  ham  saqlash  va  boshqarish  mumkinligi 
g’oyasi  yangi  bo’lmay,  u  XX  asr  boshlaridayoq  psixolog  va  psixiatr  mutaxassislar  diqqatini 
o’ziga tortgan. Olimlar shuni ta’kidlashganki, sog’lom inson bemordan farqli ravishda o’zidagi 
jami  psixik  jarayonlar,  holatlar  va  qobiliyatlarni  boshqarishi  mumkin.  Bu  borada  rus  olimi 
S.S.Korsakov
ning qarashlari diqqatga loyiqdir. U shaxsning yaxlitligi g’oyasi doirasida shuni 
ta’kidlaydiki, uning fikricha, ruhiy bemorlarda eng avvalo shaxsiga, shaxs yaxlitligiga bevosita 
aloqador  buzilishlar  kuzatiladi.  Bu  kabi  bemorlarda  nafaqat  onglilik  borasida  buzilishlar 
kuzatiladi,  balki  eng  avvalo,  uning  hayotiy  qadriyatlarga,  ahloq  normalariga  munosabati 
o’zgaradi, fikrlash tarzi sog’lom odamnikidan farq qiladi. Ya’ni, ma’naviy va ruhiy salomatlik eng 
avvalo  insonning  tashqi  muhit  va u bilan o’zaro munosabatlari tizimi bilan bog’liqdir. Bunda 
shaxsning o’z mavqyeini idrok qilishi, hayotiy faolligi katta ahamiyat kasb etadi.  
Shaxs tomonidan salomatlikni psixologik nuqtai nazaridan boshqarish o’z ichiga quyidagi 
bosqichlarni oladi: 
maqsad-muddaoni qo’yish, o’zidagi mavjud ma’lumot va axborotlarni tahlil 
etish,  mustaqil  qarorlar  qabul  qilish,  ijrosini  ta’minlash  va  nazorat  qilish
.  Har  bir  alohida 
bosqichda shunday o’ziga xos jarayonlar ro’y beradiki, ular oxir-oqibat salomatlikni ta’minlaydi. 
Masalan, odamning o’z oldiga aniq hayotiy mo’ljallarni qo’ya olishi, kelgusida qanday kasb-
korga  ega  bo’lishiga  oid  aniq  tasavvurlarning  mavjudligi,  hayotda  tasodifan  qandaydir 
mavqyega ega bo’lish emas, balki o’z say-harakatlari, hayotiy intilishlari tufayli o’rnini topishini 
anglashi  kabilar  o’ta  muhim  bo’lib,  insonning salomatligi, o’zini yaxshilar orasida yaxshi his 
qilishni  ta’minlaydi.  Chunki  agar  odamning  dangasaligi,  aniq  hayotiy  tamoyillarga  ega 
bo’lmasligi,  o’z  mehnati  bilan  nimadir  qilishni  bilmasligi  nafaqat  jamiyatga,  balki  o’sha 


 
244 
odamning o’ziga ham faqat salbiy emosiyalarni keltirib chiqaradi, qayg’uradigan, asabiy bo’lib 
boradi,  oqibatda  bora-bora  salomatligi  ham  yemirilib  boraveradi.  Ayniqsa,  odamning  o’zi 
suymagan  ish  bilan  mashg’ul  bo’lishga  majbur  etilishi,  tanlagan  kasbining  o’ziga umuman 
yoqmasligi  kabi  holatlar  bora-bora  ruhiy  tangliklarni,  hattoki,  shaxsning  psixologik  yaxlitlik 
sifatidagi  holatiga  ham  putur  yetkazadi.  Shuning  uchun  ham  ilk  yoshlikdan  ota-onalar 
bolasining  nimaga  ko’proq  qiziqishi,  nimalarga  layoqati  borligini  doimo  kuzatib  borishlari, 
keyinchalik psixodiagnostik usullar bilan uning professional qobiliyatlari haqidagi ma’lumotlarni 
ham aniq bilishlari zarur bo’ladi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish