V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Sog’lom bo’lishning psixologik asoslari



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

15.2. Sog’lom bo’lishning psixologik asoslari 
 
Sog’lom  turmush tarziga rioya qilish ham aslida psixologik amallar, ko’nikmalar, kerak 
bo’lsa,  malakani  talab  qiladigan  tushunchadir.  Ya’ni,  sog’lom  turmush  tarziga  oiladan 
boshlaboq bolalarni 
o’rgatish
 lozim.  
Shu  o’rinda, xo’sh, odamlarni o’z boyligi bo’lgan salomatligiga mana shunday oqilona 
yondashishga o’rgatish shartmi, axir bu har bir insonning o’z shaxsiy ishi emasmi, degan haqli 
savol paydo bo’lishi mumkin. Albatta, e’tirozda jon bor, zero, ongli inson, u ayolmidi, erkakmidi, 
yoshmi, qarimi, o’z sog’lig’iga qayg’ursa, undan birinchi navbatda o’zi manfaatdor ekanligini 


 
234 
biladi.  Zero,  salomatlik  –  bu  inson  tani-vujudi  va  ruhiyatidagi  shunday holatki, u hozir, ayni 
paytda betob emas va shuning uchun u turmushdagi, hayotdagi ko’plab burchlari, vazifalarini 
bajarish imkoniyatiga ega va ayni holat yaxshi va xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish uchun 
real  imkoniyatdir.  Bolani  sog’lom  turmush  tarzi  madaniyatiga  o’rgatuvchilar  esa  ayrim 
malakalarga o’zlari ega bo’lishlari shart.  
 
Ota-onaning savodxonligi va ziyrakligi 
 
Oilada  ota-onaga  ko’p  narsa  bog’liq.  Ular  shu  go’shadagi  barcha  hodisalarning 
balogardonlari  sifatida  eng avvalo o’z sog’liqlariga o’zlari mas’ul ekanligini unutmasalar, uni 
saqlashda  barcha  ehtiyot  choralarni  o’z  vaqtida  ko’rgani  holda  oilaviy  hayotga  to’g’ri 
munosabatni shakllantira olsalar, murodu maqsadlariga albatta erishadilar.  Sog’lom odam, u 
otami  yoki  onami,  turmush  va  ro’zg’ordagi  barcha  past-balandliklar,  turli  vaziyatlar,  kerak 
bo’lsa, qiyinchiliklarga tez moslashib, ulardan chiqishning oqilona yo’llarini bilishi kerak. Shu 
o’rinda  bir  voqyea  yodimga tushdi. Bir mushtipar ona o’spirin  o’g’lidan judo bo’lganini aytib, 
zorlangan edi. Sababini so’rasam, o’sha mash’um yili ularning xonadonida issiqlik bo’lmabdi. 
Chunki qo’shimcha qurilish boshlab, gaz o’tgan quvurlar kesilgan, bu ish qishgacha davom 
etib, ta’mirlash tugamabdi. Balog’at yoshidagi o’g’il bosh yalang sovuq xonada uxlayvergan. 
Buning oqibatini na shu bolaning o’zi, na uning ota-onlari o’ylashmagan. Qish chiqib, bahorga 
yetishgach bolaning miyasida juda qattiq og’riqlar paydo bo’lgan. Avvaliga bu holat o’tib ketar 
deb,  astoydil  davolanish  choralarini  ham  ko’rishmagan,  miya  yallig’lanishi  kuchayib 
ketganligidan  so’ng  do’xtirlar  ham  nochor  qolishgan.  Shu  vaziyatda  ota-ona  va  o’sha 
o’spirinning mas’uliyatsizligi, turli vaziyatga moslashib, kerak bo’lsa, salomatlik yo’lida turmush 
tarzini, kiyinishni o’zgartirish xayollariga ham kelmagan-da? Albatta, bola bola-da, bu o’rinda 
ota-onaning jonsaraklikni yo’qotishi oqibatida ana shunday ayanchli voqyea ro’y berdi. 
 
To’g’ri fikrlash tarzi 
 
Fikrimizcha,  sog’lom  turmush  tarzi  madaniyati  avvalo shaxsning fikrlash tarzidan kelib 
chiqadi, ya’ni, tafakkurga bog’liq. Psixologiya fani har bir insonda tafakkur borligini e’tirof etadi. 
Shu  bois  bo’lsa  kerak,  barchamiz  baholi  qudrat  o’zimizni,  o’z  salomatligimizni  ma’lum 
me’yorlarda, darajada ushlab turamiz, saqlaymiz. Masalan, qishning qirovli kunida ko’chada 
o’tirmaymiz,  o’zimizni  himoya  qilishning  barcha  vositalarini  aql  -  idrok  bilan  ishga  solamiz. 
Lekin  shunday bo’lsa-da, nega odam o’z salomatligiga ba’zan yengil-yelpilik bilan qaraydi? 
Sport bilan shug’ullanish maqsadga muvofiqligini, kundalik badan tarbiya kerakligini, jismoniy 
ish  bilan  aqliy  ish  mutanosibligiga  rioya  qilishni,  vaqtida  ovqat  tanavvul  etib, vaqtida uxlash 
lozimligini, ko’zni, quloqni, kerak bo’lsa, tanni favqulodda xatarlardan, yomon so’z, yomon ko’z 
va jismoniy ta’sirlardan asrashni, chekish, ichish ziyonligini, hamma-hammasini bilamiz, lekin 
bila  turib,  sog’lom  turmush  tarzi  qoidalarini  har  qadamda  buzaveramiz.  Nima,  aqlimiz, 
tafakkurimiz tanimizga zidmi? 
Birinchidan, har bir shaxsning nazarida bu qoidalarni hamma buzayotganday tuyuladi: 
“men  ham  hamma  qatori”.  Masalan,  Amerikada chekuvchilar va chekmaydiganlar o’rtasida 
so’rov o’tkazilgan.  Chekishning inson organizmiga zarari bor ekanligini har ikkala toifa ham 
100  foiz  biladi,  lekin  hattoki  chekmaydiganlar  orasida  ham  uning  zararli  tomoni  xatarli 
emasligini  yoqlaydiganlar,  chekadilar  orasida  esa  teng  yarmi  aslida chekish unchalik xavfli 


 
235 
emas, chunki “hamma chekadi-ku” degan fikrda bo’lganlar. Ya’ni, tafakkur o’zi tan olib turgan 
narsalarga  o’z  egasini  ishontira  olmaydi,  qolaversa,  chekish  tufayli xastalangan bemorlarni 
hozir, ayni damlarda chekayotgan ko’zi bilan ko’rmaydi, ulardan uzoqda yashaydi, bu o’rinda 
“ko’zdan nari – aqldan nari” degan tamoyil ishlaydi. 
Ikkinchidan,  odamlarning  sog’lom  turmush  tarziga  rioya  etishlariga  to’siq  bo’luvchi 
omillardan biri – odamlarda sog’lom yashashga nisbatan sabab (motiv), omillarning kuchsiz 
ekanligi.  Ya’ni,  ko’pchilikda  sahar  turib  badan tarbiya bilan shug’ullanish istagi tonggi shirin 
uyqudan ko’ra kuchsiz keladi. Yoki bo’lmasa, hozirgi kunda yoshlar uchun alohida, xotin-qizlar 
uchun alohida maxsus sog’lomlashtirish maskanlari, sheyping guruhlari mavjud, lekin ularning 
ko’pchiligi pulli, pulni yaxshisi boshqa narsaga, masalan, mayda-chuyda ruzg’or buyumlariga, 
bezaklarga  sarflash  undan  ko’ra  osonroq,  yoqimliroq  va  kerakroqday  tuyuladi  odamga. 
Shuning uchun sog’lig’ingizni yo’qotsangiz, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqalarga faloncha 
ketadi, deb tushuntirishlar odamlarga tezroq ta’sir qiladi. 
Uchinchidan, tafakkurdagi analogiya, o’xshatish kabi xususiyatlar sog’lom turmush tarzi 
mezonlarini  qabul  qilishga  yordam  beradi.  Masalan,  televideniye  yoki  radio  orqali  sog’lom 
turmush tarzini hayotiy tamoyiliga aylantirgan va bu ishda katta muvaffaqityalarga erishayotgan 
odamlar  ibrati  ancha  ta’sirchandir.  Chunki  odam  o’zini  o’sha ibratli odam o’rniga qo’yishga 
moyillik sezadi va “men ham shunday sog’lom bo’laman”, degan fikr uyg’onadi.  
To’rtinchidan,  ta’lim  maskanlari,  OAVlarining  asosiy  vazifasi  targ’ibotdir.  Bunday 
targ’ibotning  ta’sirchanligini  ta’minlash  lozim.  Kerak  bo’lsa,  odamning  erta  keksayishi, 
yuzlardagi  ajinlar,  xastalik  va  boshqalar  oxir  oqibat  barvaqt  hayotdan  ko’z  yumishga  olib 
kelishini aytaverish va uning oldini olishning yagona chorasi sog’lom turmush tarzi ekanligini 
yoshlikdan bola ongiga yetkazish kerak. Ba’zan televizor orqali u yoki bu xil reklama berilsa, 
ensamiz qotadi, chunki yaxshi ko’rib tomosha qilayotgan ko’rsatuvni bo’lgani uchun shunday 
salbiy hissiyot tug’iladi, aslida o’sha reklama parchalarida sog’lom turmush tarziga oid lavhalar 
ko’rsatilsa, masalan, zararli odatlardan voz kechishning foydasi, to’g’ri va vaqtida ovqatlanish, 
jismoniy  mashqlarni  bajarayotgan  tanish,  obro’li  shaxslarni  ko’rsataverish  ham  bunday 
lavhalarga ko’nikishga olib keladi. Demak, OAV va ko’rgazmali reklamaning ham roli bu o’rinda 
katta bo’lishi mumkin. 
Yana bir sabab – odamlarda o’zlarining salomatligiga nisbatan haddan tashqari optimistik 
qarashlar bor. Ya’ni, to’rt muchchasi sog’ tug’ilgan farzandini ona kasal bo’lmaydi, deb o’ylaydi 
va  ba’zan  ehtiyotsizlik  qilib  qo’yadi.  Sog’lom  odamga  “Sog’lig’ingizni  saqlang”  desangiz,  u 
bunga o’ziga xos kinoya bilan ham qaraydi. Boshqa tomondan, hatto u yoki bu xastaligi bor 
yoki surunkali kasallikka chalingan odamga tibbiyot xodimining bergan tavsiyalari ham malol 
keladi. Buning ikkita sababi bor: 
 
bemor  vrachga  ishonmaydi,  uning  so’zlarini  qo’rqitish  uchun  aytilayotgan 
eslatmalarday  qabul qiladi. Masalan, ko’p chekish o’pka rakini keltirib chiqarishi to’g’risidagi 
vrachning  axborotini  eshitsa  ham,  “bu  narsa  menga  taalluqli  bo’lmasa  kerak,  vrach  meni 
qo’rqityapti”  deb o’ylaydi; 
 
bemorning o’ziga xos “ziyrakligi” ham xalaqit beradi. Masalan, bunday ziyraklik 
vrach tavsiyalariga nisbatan tanqidiy qarashga yoki u yozib bergan dori-darmonning kuchiga 
ishonmaslikda ham namoyon bo’lishi mumkin. 
Oiladagi  nosog’lom  muhit  juda  ko’p  illatlar  qatori  odamning  o’z  salomatligi  holatiga 
bo’lgan  munosabatini salbiy tomonga o’zgartirib yuborishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning 
ham  turlicha  sabablari  bor.  Masalan,  agar  oila  a’zolari  ma’lum  sog’lom  turmush  tarziga 


 
236 
o’rgangan bo’lsalar ham, biror sabab bilan shu oilada nizo, janjal kelib chiqsa, bu holat barcha 
oila a’zolari tafakkurining salbiy tomonga o’zgarishiga olib keladi. Bu o’z navbatida umuman 
faollikning pasayishini keltirib chiqaradi: kundalik badan tarbiya uchun ham kuch qolmaganday, 
behollik  his  qilinadi,  “hyech  bir  narsa  yoqmayapti”,  deya  noliydi  odam.  Demak,  o’zaro 
muomaladagi sog’lom ruhiyat, samimiyat mavjud ijobiy odatlarning barqarorligini kafolatlaydi. 
O’zbek oilasi azaldan sog’lom turmush tarzi, muomala madaniyatini saqlab kelgan. Bu 
o’z  navbatida  ota-ona  va  farzandlar  munosabatlarida  hamda  uy  tutish,  o’ziga  o’zi  xizmat 
ko’rsatish, ro’zg’orni bikir va saranjom tutish, ozodalik tamoyillarida o’z aksini topgan. Albatta, 
zamon  bu  an’analarga  biroz  o’zgarishlar  kiritdi.  Masalan,  ko’pgina  shahar  oilalarida  bitta 
yagona farzand tug’ilgan, bu bolaga (qizmi, o’g’ilmi farqi yo’q) onasi bir umr xizmatchi bo’lib 
qoladi, yoki bolaning o’qish yumushlari ko’p, uning o’z ko’rpasini, yegan ovqatini yig’ishtirish, 
yuvish, ko’ylagini dazmollash kabi odatlarga o’rgatish malol keladi, yaxshisi uni onasi qilgani 
ma’qul,  deb  hisoblanadi.  Bu  holatlar  vaqti  kelib  bolaning  zerikishiga,  turli  ko’cha  guruhlari 
ta’sirida  zararli odatlarga o’rganishiga olib keladi. Yoki balog’at yoshiga yetib, musofirlik yuki 
bo’yniga  tushganida  yoki  armiyaga  harbiy  xizmatni  o’tashga  borganda  tengqurlari  orasida 
xijolat kechishiga olib keladi. Shuning uchun ham tibbiy madaniyat oilada gigiyenik, ma’naviy, 
axloqiy tarbiya va o’z o’ziga xizmat ko’rsatish malakalarini hosil qilish bilan barobarlikda olib 
borilishi lozim. 
Biz yuqorida salomatlik psixologiyasini ham fan, ham amaliyot deb ta’kidladik. Agar unga 
fan  sifatida  nazariy  nuqtai  nazardan  yondashsak,  inson  organizmini  muayyan mo’tadillikda 
ushlashning sirlarini har tomonlama tasavvur etishga to’g’ri keladi. Ya’ni, nazariy psixologiya 
salomatlikning turli bosqichlarda, turli ko’rinishlarda ro’y beradigan somatik, organik, psixologik 
omillarning  muvofiqligi  sifatida  qaraydi.  Ana  shu  omillarning  o’zaro  muvofiqligi  qay  tarzda 
kechishini quyida bayon etamiz. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish