V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

7.4. Motivlarning turlari 
 
Turli  kasb  egalari  faoliyati  motivlarini  o’rganishda  motivlar  xarakterini  bilish  va  ularni 
o’zgartirish  muammosi  ahamiyatga  ega.  Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida 
muvaffaqiyatga  erishish motivi
 bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar 
D.Makklelland,  D.Atkinson
  va  nemis  olimi 
X.Xekxauzen
lar  hisoblanadi.  Ularning  fikricha, 
odamda  turli  ishlarni  bajarishini  ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: 
muvaffaqiyatga 
erishish  motivi
  hamda 
mag’lubiyatdan  qochish  motivi.
  Odamlar  ham  u  yoki  bu  turli 
faoliyatlarni  kirishishda  qaysi  motivga  mo’ljal  qilishlariga  qarab  farq  qiladilar. Masalan, faqat 
muvaffaqiyat  motivi  bilan  ishlaydiganlar  oldindan  ishonch  bilan  shunday  ish  boshlaydilarki, 
nima  qilib  bo’lsa  ham  yutuqqa  erishish  ular  uchun  oliy  maqsad  bo’ladi.  Ular  hali  ishni 
boshlamay  turib,  yutuqni  kutadilar  va  shunday  ishni  amalga  oshirishsa,  odamlar  ularning 
barcha  harakatlarini  ma’qullashlarini  biladilar.  Bu  yo’lda  ular  nafaqat  o’z  kuch  va 
imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar – tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham 
foydalanadilar. 
G’arbda  deyarli  barcha  odam  yoshlikdan  shaxsiy  yutuq  va  muvaffaqiyatlarga  intilish 
ruhida  tarbiyalanadi.  Bu  ruh  ularda  ehtiyoj  darajasida  bo’ladi.  Muvaffaqiyat  ularda  doimo 


 
116 
kelajakka qaratilgan bo’lib, uning mazmunida shinam, go’zal ish idorasidan tortib, xushqomat 
kotibaning  bo’lishi  ham  kiradi.  Shunisi  e’tiborga  loyiqki,  bu  yutuqlarga  shaxs  o’z  mehnati, 
o’qishi va vaqtida sarmoya ajratishi orqali erishishini yaxshi biladi. Bunda ularning ota-onalari 
juda  katta  rol  o’ynaydi.  Bolasining  omadli  bo’lishini  xohlagan  ota-ona  yoshlikdan  undan 
mustaqillikni talab qiladi, shu bois bola yoshlikdanoq o’z kuchiga ishonish kerakligini tushunib 
boradi, erishgan har bir yutug’idan quvonadi va o’ziga ishonchi ortadi. Bizda ayrim paytlarda 
shunday bo’ladiki, biz bolani boshqalarga qarab o’rnak olishga, onasi ishlab bergan masalasi 
bilan  maktabda yaxshi baho olib, undan o’zi maqtanib yurishining guvohi bo’lamiz. Bunday 
yondoshuv  bolani  boshqalar  kuchiga  ishonadigan,  nima  ishni bo’lsa ham kattalarning yo’l-
yo’rig’i  bilan  bajarishga  o’rganib  qoladi.  Bundaylar,  vaqti  soati  kelib,  oilasi,  ishi  bo’lganda, 
doimo  ishni  boshlamay  turib,  uning  yomon  oqibatli  bo’lmasmikin,  degan  o’y  bilan 
xavotirlanadigan bo’lib qoladi. 
Demak,  muvaffaqiyatsizlikdan  qochish  motiviga  tayangan  shaxslarda    birinchilardan 
farqli,  ishni  boshlashdan  avval  nima  bo’lsa  ham  muvafiqiyatsizlikka  duchor  bo’lmaslikni 
o’ylaydilar.  Shu  tufayli  ularda  ko’proq  ishonchsizlik,  yutuqqa  erishishga  ishonmaslik, 
pessimizmga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir 
muvaffaqiyatsizlikka uchrab, “O’zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da” degan xulosaga 
keladilar.  Agar  birinchi  toifali  shaxslar  bir  ishni  muvaffaqiyatli  tugatgach,  ko’tarinki  ruh  bilan 
ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so’ng, uning 
natijasidan  qat’iy  nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi bilan boshqa ishga 
kirishadilar. 
Amerikalik  olima  Kvinn  Virjiniyaning  yozishicha,  mag’lubiyatdan qochuvchi shaxslarda 
ko’pincha raqobatdan qo’rqish hissi ustun buladi. Hattoki, shunday odamlar borki, ular ayrim 
tanishlarining  nazaridan  qolib  ketmaslik,  ularni  xafa  qilmaslik  uchun  muvaffaqiyatga 
intilmaydilar, oqibatda hayotda omadsizlar qatoriga kirib qoladi. Ayniqsa, bunday munosabat 
qizlarga xos bo’lib, ular barcha narsada ilg’or bo’lib ketgan, omadli kishilarga ishonch bildirmas 
ekanlar. G’arbdagi urf-odatlar va muloqot an’analari o’ziga xosligini unutmagan holda shuni 
e’tirof  etish  mumkinki,  o’zbek  qizlari  ham  juda  begonalarning  ko’ngliga  qaraydiganlardan 
hisoblanishadi. Lekin o’qishda va xizmat vazifalarini bajarishda ular yigitlardan qolishmaslikka 
harakat  qilishadi.  Faqat  oilaviy  munosabatlarda  aksariyat  ayollar,  albatta,,  erkaklarning, 
kattalarning  fikrlari  bilan  hisoblashishga,  oilaviy  muammolarni  hal  qilishda  tashabbusni 
erkaklarga berishga moyildirlar. 
Bu  o’rinda 
talabchanlik
  degan  sifatning  roli  katta.  Agar  muvaffaqiyatga  yo’nalgan 
shaxslarning  o’zlariga  nisbatan  qo’ygan  talablari  darajasi  ham  yuqori  bo’lsa,  ikkinchi  toifa 
vakillarining talablari aksincha, past bo’ladi. Bunday tashqari, har birimizdagi o’zimizdagi real 
qobiliyatlar  to’g’risidagi  tasavvurlarimiz  ham  ushbu  motivlarning  faoliyatdagi  o’rniga  ta’sir 
ko’rsatadi.  Masalan,  o’zidagi  qobiliyatlarga  ishongan  shaxs  hattoki,  mag’lubiyatga  uchrasa 
ham,  unchalik  qayg’urmaydi,  keyingi  safar  hammasi  yaxshi  bo’lishiga  ishonadi. Ishonchsiz 
shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib 
boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati ham 
ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. 
Shunday  qilib,  motivlar  tizimi  bevosita  shaxsning  mehnatga,  odamlarga  va  o’z-o’ziga 
munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har 
birimizda  real  shart-sharoitlarda  namoyon  bo’lishini  biror  mas’uliyatli  ish  oldidan  o’zimizni 
tutishimiz  va  muvaffaqiyatlarga  erishishimiz  bilan  baholasak  bo’ladi.  Masalan,  mas’uliyatli 


 
117 
imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg’uradilar, hattoki, 
qo’rqadilar  ham.  Ular  uchun  imtihon  topshirish  juda  katta  tashvishday.  Boshqalar  esa  bu 
jarayonni  bosiqlik  bilan  boshdan  kechirib,  ichidan  hayajonlanayotgan  bo’lsalar  ham,  buni 
boshqalarga  bildirmaydilar.  Yana  uchinchi  toifa  kishilari  umuman  beg’am  bo’lib,  sira 
koyimaydilar.  Tabiiy,  shunga  muvofiq  tarzda,  har  bir  toifa  vakillari  ishining  muvaffaqiyati  va 
faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir 
qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana 
shunday  darajasi  pastlar  bor  bilganini  ham  yaxshi  aytib  berolmay,  yana  o’qituvchi  bilan 
tortishmaydilar ham. 
Shuning  uchun  ham  har  birimiz  ijtimoiy  faoliyat  motivlaridan  tashqari,  shaxsiy 
xislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish