113
O’yin
– shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni
nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari,
harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha,
kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi.
O’qish
faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat
qilish ham tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi albatta
biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: