Qiziqishlar va e’tiqod
Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan
barcha hodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to’plash,
ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir. qiziqishlar mazmunan
keng yoki tor
, maqsad
jihatidan
professional, bevosita yoki bilvosita
bo’lishi, vaqt tomondan
barqaror, doimiy yoki
vaqtinchalik
bo’lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs
dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo’ladi. Chunki
e’tiqod
shaxsning shunday
ongli yo’nalishiki, u insonga o’z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda
yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti
turlicha bo’lishi mumkin – Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga,
go’zallikka va shunga o’xshash.
Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqyei va nufuzi ma’lum ma’noda undagi
e’tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri mobaynida faqat bitta narsaga
e’tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning
namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag’ishlanganligi, Imom Buxoriy, Ibn
Sino singari buyuk allomalarning turli tayziqlarga qaramay ilm va ijod yo’lidagi qat’iyatlari,
erishgan yutuqlari e’tiqodlilikning yorqin namunasidir. Bunday misollar Sharqning va g’arbning
buyuk shaxslari misolida juda ko’p. Mansur Xalloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab kabi hur fikrli
zotlar esa qatl qilingan chog’larida ham o’z e’tiqodlari va tanlagan yo’llaridan qaytmaganlar.
E’tiqodlilik nuqtai nazardan ham odamlar bir-birlaridan farq qiladilar. Tarixda shunday
shaxslar borki, ular butun ongi hayotini faqat bir narsaga bag’ishlab o’tib ketadilar, lekin ularga
o’sha ixlos va kuchli e’tiqod xalq tomonidan e’tirof etilib, mehnatlari, ilmiy kashfiyotlari yoki
o’sha kasbga sadoqatlari tufayli o’zlariga tiriklidayoq o’chmas xaykal qoldirganlar. Ayrim
odamlar esa o’zlaridagi qiziqishlar va e’tiqodni hayotlari mobaynida o’zgartirib boradilar.
Masalan, yoshligida sportning biror turiga astoydil ihlos qilgan odam bu borada katta
natijalarga erishadi, uni yurt taniydi. Umrining ma’lum bosqichida u shu erishgan yutuqlarini
boshqa shaklda takomillashtirib, ustoz-murabbiy sifatida o’qitishga astoydil kirishadi. Umrining
yana bir bo’lagida tashkilotchi-rahbar sifatida ana shu sohani yanada yuksaklikka ko’tarishga
106
xizmat qiladi. Mukarrama Turg’unboyeva, Yunus Rajabiy, Komil Yashin, Rufat Risqiyev, Abror
Hidoyatov, Abdulla Oripov, Ozod Sharofuddinov kabi yuzlab zamonamiz qahramonlarining
hayot-faoliyatlari ana shunday e’tiqodlilikning yorqin misolidir.
Demak, agan insonda biror narsaga e’tiqod shakllangan bo’lsa, undan yaxshi inson
bo’lib, odamlarga nafi tegishiga umil qilish mumkin. Lekin e’tiqodsizlikdan qo’rqish kerak. Agar
atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo’q kishini ko’rsangiz,
unga yordam berish yo’lini izlash kerak, chunki bu odamdagi e’tiqodsizlik nafaqat uning o’ziga,
balki atrofdagilarga ham faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi. E’tiqodli inson avvalo o’zgalarga ziyon
keltiruvchi amallardan o’zini tiyadi, yolg’on gapirmaydi. Unda har doimo lafz bo’ladi, ya’ni bir
nrasani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, ungi bajaradi,
boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E’tiqodli inson nima qilayotganligini, nima uchun aynan shu
ishni qilayotganligini juda yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e’tiqodli inson ilmga intiladi, o’z
hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga intiladi, go’zallik yaratish, har tomonlama barkamol
bo’lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo’lish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi.
Haqiqiy e’tiqod sohibida sog’lom fikr bo’lib, bu fikr orqali u insoniyatning umrboqiyligini idrok
etadi, o’zidan oilasiga, farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun
ham e’tiqodlilik – shaxsdagi jur’at, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat’iyat, halollik,
isnonparvarlik, vatanparvarlik kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog’liqdir.
Iymon
“Iymon” arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi “ishonchdir”. Haqiqiy e’tiqodli odamda iymon
ham bo’ladi. Buyuk merosimiz hisoblanmish “Avesto”da iymon va e’tiqodning o’zaro aloqasi va
uning inson fikrlash va tafakkur tarzi bilan bog’liqligi xususida quyidagi misralar bor:
Aqlli va iymonli kimsalarga
Bag’ishlayman shodlik, bardam ruh...
E’tiqodman, Mitraman,
Mudom saboq bermoqchiman,
Iymon bilan fikr aylasin.
Iymon bilan so’z so’zdasin,
Va iymonga amal qilsin.
Iymon keltirish yoki ishonch shunday psixologik holatki, unda shaxsning e’tiqodiga mos
keladigan, biror konkret narsa va hodisalar ta’sirida ongda o’rnashib qoladigan tasavvurlar
majmui yetakchi rol o’ynaydi. Iymon obyekti ko’pincha shaxs tomonidan chuqur tahlil
qilinmaydi, tekshirilmaydi, chunki unda insoniyat tajribasi, shaxs e’tiqod qilgan ijtimoiy
guruhning qarashlari mujassam bo’ladi. Masalan, Ollohga iymon keltirish har bir musulmon
uchun farz hisoblanadi. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom Alloh taolo tarafidan
keltirilgan barcha xabarlariga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, ya’ni
qur’oni karim va Hadisi shariflar orqali Alloh to’g’risidagi, jannat va do’zah, qiyomat kabi g’aybiy
narsalar haqida berilgan xabarlarga ishonch – shariatda iymon, deb yuritiladi, deganlar. O’sha
Hadisi sharifda yana “Vatanni sevmoq – iymondandir” deb zikr etilgan. Bular oddiy fuqaro
bahslashmaydigan, xalq metaliteti va vijdoni-iymoni tomonidan qabul qilingan arkonlardirkim,
ularga ishonish har bir musulmonning va sog’lom fikr yurituvchi insonning burchidir. Shuning
uchun ham vatanpurushlarni eng avvalo “iymonsizlar” deb la’natlaydi xalq, zero, tug’ilib o’sgan
yerni muqaddas bilish, kindik qoni to’kilgan tuproqni sog’inish, Vatan uchun baholi qudrat
107
vijdon bilan mehnat qilish – iymonlilik belgisidir.
Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to’g’ri emas. Chunki har kungi
faoliyatida insonlarga nafi tegadigan amallar, savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo’lish, oilasi,
yaqinlariga mehr-muhabatini ayamaslik, jamiyatdagi xulq normalarini qalban his qilib, ularni
buzmaslikka intilish ham iymondan ekanligini unutmaslik kerak. Agar bola yoshlikdan go’zal
xulqlarga ergashsa, musulmonchilik odatlari, xushxulqlilik tamoyillarini o’zlashtirib borishga
ruhan tayyor bo’lsa, uni iymonli bo’lib tarbiya topayapti, deyish mumkin.
Mafkuraviy tarbiya va milliy g’oyaning bosh mezonlaridan biri komillik va barkamollik
ekan, ana shunday tarbiya insoniy munosabatlarni yaxshilaydi, jamiyat rivojiga turtki bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |