V bob. Yo‘NALISHLARDA Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish тayanch so‘zlar va iboralar
5 YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISH
Jadvaldagi ma’lumotlar yordamida yo‘nalish uzunligi bo‘yicha harakatning texnik, ekspluatatsion va aloqa tezliklari aniqlanadi. 1. Tехnik hаrаkаt tеzligi (VT)ni аvtоmоbillаr bоsib o‘tgаn yo‘llаrining (L), bоsib o’tgаn yo’lgа kеtgаn hаrаkаt vаqtiga (Th) nisbаti qilib аniqlаnilаdi: (5.1.1) 2. Ekspluаtаtsiоn tеzlik (Ve) miqdоri trаnspоrt vоsitаsining butun ish dаvоmidа umumiy bоsib o‘tgаn mаsоfаsini (L) o‘shа dаvr (ishdаgi) vаqtigа (Tm) nisbаti qilib аniqlаnilаdi: (5.1.2) 3. Аlоqа tеzligi dеb yo‘lovchilаrni o‘z mаnzillаrigа yеtib bоrish o‘rtаchа tеzligigа аytilаdi. Bundаy tеzlik miqdоri yo‘lovchilаrni bоsib o‘tgаn yo‘llаrini (Ly), ulаrni yo‘ldа bo‘lgаn (аvtоbusgа chiqishgа tаyyorlаnishidаn tо tushib kеtgungаchа) vаqtgа (Ty) nisbаti qilib аniqlаnаdi: (5.1.3) Avtobuslarning harakat jadvalini tuzish uchun yo‘lovchilar bir necha marta qaytariladi va ularning o‘rtacha arifmetik qiymatlari amaliyot uchun yetarli deb hisoblanadi. Amalda oraliq bekatlar orasidagi masofalar, ulardagi mavjud yo‘l sharoitlari bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha tezliklarni me’yorlash harakat xavfsizligi nuqtai-nazarida yetarli bo‘lmaydi. Haydovchilarga yo‘nalishlar bo‘yicha xavfsiz harakatni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berilayotganda yo‘nalishdagi yo‘l sharoitlari, xavfli uchastkalar, harakatni qanday tashkil etilganligi haqida axborot berish bilan birga, har bir bekat orasida qanday va qaysi tezliklarda harakatlanish zarurligi ham tushuntirirlishi kerak. Buning uchun har bir oraliq bekatlar orasidagi o‘rtacha texnik tezliklar hisoblab chiqilgan va me’yorlangan bo‘lishi kerak. Тasarruf va harakat xavfsizligi xizmati bo‘limlari butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha (xavfsiz) tezliklarning me’yoriy qiymatlarining chiziqli grafiklarini ishlab chiqishlari va har bir haydovchiga yetkazishlari kerak. Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishda uning harakat tezligini tavsiflovchi texnik, ekspluatatsion va aloqa tezliklari asosiy texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Lekin avtomobilning harakat tezligini tavsiflovchi quyidagi tezliklarni ham qayd etish lozim. Hisobiy tezlik – yakka avtomobillarning (xavfsizlik va ustuvorlik sharti bo‘yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining yo‘l qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish holatida, yo‘lning eng noqulay ruxsat etilgan elementlariga ega bo‘laklarida mumkin bo‘lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Bu tezlik bo‘yicha yo‘lning rejadagi, bo‘ylama va ko’ndalang kesimdagi barcha geometrik elementlari loyihalanadi. Hisobiy tezlik avtomobil yo‘llarining darajasiga qarab ShNQ 2.05.02-07 ko’rsatmalariga asosan belgilanadi [19]. Oniy tezlik – aniq kichik masofadagi real yo‘l sharoitidagi haqiqiy tezlik. U yakka avtomobillarning yoki transport oqimining u yoki bu belgilangan qisqa masofadagi (odatda masofa 50, 100, 150, 200 metr belgilanadi) tezligini bildiradi. Bu tezlikdan ma’lum yo‘l bo‘laklarida harakatni tashkil qilishda keng ko’lamda foydalaniladi [19]. Avtomobilning konstruktiv tezligi – ma’lum konstruksiyali avtomobilning maksimal tezligi, u asosan avtomobilning turiga bog’liq ravishda o’zgaradi, masalan, o’rta va kichik litrajli yengil avtomobillar 200¸260 km/soat; kichik litrajli yengil avtomobillar 150¸200 km/soat; kichik yuk ko’taruvchi avtomobillar 100¸120 km/soat va h.k.ni tashkil etadi [19]. Download 320,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |