125
Chov bitlashi
(pediculus pubicus)
Chov bitlashi - parazitlar, y a ’ni xo‘jayinlarda yashashga moslashgan
bitlar orqali vujudga keladigan yuqumli kasallik. Bitlar odamdan-odamga,
uning o ‘rin-ko‘rpalari, kiyim-boshlari orqali o4adi va xo‘jasining qoni
bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3-0,5 ml gacha qon so‘rishi mumkin. Bit
qon so ‘rganida odam terisiga yopishib olib, unga s o ia k chiqaradi va
terini sensibilizatsiyalab qichitadi.
Bitlar 3 xil b o ‘ladi: bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus
corporis) va chov biti (Pediculus pubis) uchraydi.
Chov biti kulrang-qora tusda b o ‘lib, ju n larn in g asosiga m ahkam
yopishib oladi. Bitlar asosan, qov, qorin va sonning chegara qismlaridagi
terida yashaydi, lekin b a ’zan o ‘rm alab, tananing jun bilan qoplangan
boshqa qismlariga (q o itiq , k o ‘krak, soqol, kiprik, qoshga) o ‘tib oladi.
Bu hasharotlar odatda jinsiy aloqa vaqtida bir odam dan ikkinchi odamga
o ‘tadi, ammo ichki kiyim, o ‘rin-ko‘rpa jildlari orqali ham o'tishi mumkin.
Bugungi kunda bitlashning bu turi jinsiy yo‘1 bilan yuquvchi kasalliklar
guruhiga kiritilgan.
Bitlar chaqqanda, qattiq qichishish yuzaga kelib, k o ‘p sonli uzunchoq
tirnalishlar (ekskoriatsiya), shilinishlar hosil b o iib , ikkilamchi infeksiyalar
tushishiga y o ‘l ochadi. Chov sathida - bitlar chaqqan joylarda oldin
qizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaqt o‘tgach, rangi o ‘zgarib, kulrang,
yum aloq sh ak ld a, ustidan bosganda y o ‘qolm aydigan d o g ‘lar hosil
b o ia d i. D og4 o ‘rtasida nuqtadek eroziya - bit qon so‘rgan o ‘rni turadi.
D o g ia r odatda 7-10 kun saqlanib turadi. Bit chaqqan joy terisi qattiq
qichishib, shu sohalarda tirnalishlar paydo b o ia d i va butunligi buzilgan
teri yuzasiga ikkilamchi piodermiya va ular bilan bir qatorda, boshqa
jinsiy alo q a v o ii bilan yuqadigan infeksiyalar ham yuqtirilishining
ehtimoli yuqori b o iad i.
Tashxisi:
- aniq klinik belgilari;
- terida chov biti topilishi.
Davosi:
- davolashdan oldin jinsiy a ’zolar, anus atrofi va boshqa sohalardagi
junlar qirib tashlanadi.
- 2-3 kun 10 % li simobli m alham, 20 % li benzilbenzoat, oltingugurt
malhami.
Ichki kiyim va ko 'rpa-to'shak jildlari dezinfeksiyalanadi yoki sovun
bilan issiq suvda yuvilib, almashtiriladi yoki 10 % li sovunli-solvent pasta’i
e ritm a d a b ir necha so a t s a q la n a d i va keyin q u y o sh d a q u r itilib ,
126
dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20 % ligi xonalarni tozalash uchun
ishlatiladi.
Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan,
aholining m oddiy farovonligi va sanitariya m adaniyatini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishdan
iborat. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish: choyshab, ichki kiyim, o 'rin -k o 'rp a
jildlarini har haftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab
kiyish, birovlarning o'rnida yotmaslik, oiladan chetda va tasodifan jinsiy
aloqa qilmaslik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |