V. AMALIY MASHG’ULOT
5-mavzu: Agroklasterlar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Darsning maqsadi: Agroklaster tushunchasi va ahamiyati, agroklasterlar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari, agroklasterlarni belgilovchi me’yoriy huquqiy hujjatlar, agroklasterlarni tashkil etish, agroklasterlarni aholi bandligini ta’minlashdagi roli, agroklasterlarni tashkil etishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’siri, paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etish va boshqarish, meva-sabzavot klasterlarini tashkil etish va boshqarish, sholichilik klasterlarini tashkil etish va boshqarish, kartoshkachilik klasterlarini tashkil etish va boshqarish haqida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Dars jihozlari: kompьyuter va mulьtimedia vositalar, marker, plakatlar, vatman, kerakli adabiyotlar.
Uslubiy ta’minot: namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja, texkarta, o’quv uslubiy majmua, tarkatma materiallar.
Adabiyotlar:
1. Abdug’anievA., Abdug’aniev A. Qishloq xojaligi iqdisodiyoti. Darslik. – T.: “ADIB NASHRIYOTI” MCHJ, 2011. – 399 b.
2. Samatov G’.A., Rustamova I.B., SHeripbaeva U.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik. – Toshkent: CHo’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 346 b.
3. Ismoilov I.A., Murtazaev O. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – T., 2003.
4. Rustamova I.B. va boshq. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2015. – 174 b.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hosildorlikni oshirish, mahsulotlarning ichki va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlovchi innovatsiyalarni qo’llash mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, tarmoq samaradorligini oshirish, agrosanoat istiqbollari, meva-sabzavotchilikda agroklasterlarni tashkil etishda jahon tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Agroklaster – qishloq xo’jaligining davlat – ilmiy-tadqiqot – qayta ishlash – biznes kabi sub’ektlarning o’zaro bozor tamoyillariga mos munosabatlarini mujassamlashtirgan sub’ekt hisoblanadi.
Agroklasterlar uch xususiyatga asoslanadi, ya’ni:
– qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha hududiy ixtisoslashuv va mahalliylashtirish;
– tarmoqning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar;
– turli tarmoqlar o’rtasida qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi texnologik o’zaro aloqalarning shakllanganligi.
Agroklasterning markazi strategik o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma asosida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (fermer va dehqon xo’jaliklari), ilmiy-tadqiqot muassasalari, turli xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma tashkilotlari, mahsulotlarni sotish, reklama qiluvchi marketing xizmatini o’z atrofida birlashtirgan qayta ishlovchi korxonalar bo’lishi mumkin.
Agroklaster mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlari (tuman hokimligi), qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (tuman fermerlar kengashi va dehqonlar), qayta ishlovchi korxonalarning o’zaro hamkorlikdagi yoki alohida tashabbusi bo’yicha tashkil etiladi. Uni tashkil etishning muhim jihatlaridan biri ishtirokchilarining birgalikda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini – ishlab chiqarish – qayta ishlash – sotish – ilmiy-tadqiqot jarayonlarini o’zida mujassamlashtirgan hamkorlikdagi loyihalarni amaliyotda qo’llash orqali bir-birlariga ishonchlarining yuqoriligi hisoblanadi.
O’zbekistonda agroklasterlarni barpo etish zaruriyatidan kelib chiqqan xorij tajribasini o’rganish talab etiladi. Masalan: Janubiy Koreyadadagi mashhur Sunchang pasta ishlab chiqarish klasteri mahalliy hokimiyat tomonidan boshqariladi. Ushbu klaster soya, qalampir, qulupnay, olxo’ri kabilardan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Koreya hukumatining qishloq hududlarida demografik holatni yaxshilash (qishloq aholisi, asosan, yoshlarning shaharga ketib qolishini kamaytirish), tarixiy an’analar asosida ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash, qishloqqa sanoat va agroturizmni olib kirish dasturlari asosida tashkil etilgan.
Agroklasterda ishlab chiqarish 9780 gektar ekin maydonli, 5292 ta fermer xo’jaligida ishlovchi 12331 nafar kishi tomonidan amalga oshirilmoqda. SHuningdek, ilmiy-tadqiqotning klasterda o’ta muhimligibu yerda o’z aksini ko’rsatmoqda. Jami 30 ming aholisi bo’lgan ushbu hududning hozirda yillik eksporti 1 mln AQSH dollarini tashkil etmoqda. Agroturizm va mehmonxona servisini rivojlantirish hisobiga 2018 yilga borib eksportni 3 mln AQSH dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Ushbu kichik bir qishloqqa har yili o’rtacha 12 000 sayyoh tashrif buyuradi. O’zbekistonda ushbu klasterning tajribasidan: qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini qo’llab-quvvatlash, tarixiy an’analar asosida soya, qalampir kabi mahsulotlarni fermentatsiya qilishda oilaviy korxonalarni va uylarni aslicha saqlab qolish hamda turizm ob’ektiga aylantirish, agroturizm (shahar aholisi va bolalar uchun o’z qo’llari bilan meva-sabzavotlarni uzish yoki ularni qayta ishlab, tayyorlashda ishtirok etish), qishloqda mehmonxona biznesini yo’lga qo’yishda, festival va turli tadbirlar o’tkazishda foydalansa bo’ladi. SHuningdek, fermerlar uchun axborot-maslahat hamda qishloq xo’jaligi agregatlaridan birgalikda foydalanish tajribalari ham mavjud.
Giyongsangbukdo qishloq xo’jaligi tadqiqotlari markazining Sangjudagi xurmo tajriba stantsiyasi xurmoga tegishli tadqiqotlar – uni yetishtirishdan iste’molchilarga yetkazishdagi jarayonlarigacha tadqiq etadigan yagona stantsiya hisoblanadi. Ushbu stantsiya eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. U yerda 27 kishi, jumladan, 6 professor, 2 oddiy ishchi va 4 texnik xodim hamda 15 nafar boshqa mutaxassislar faoliyat yuritadi. Yer maydoni 11 gektardan iborat. Stantsiya uch yo’nalishda ishlaydi: - yangi xurmo navlarini yaratish; - yangi texnologiya va usullarni ishlab chiqish; - yangi qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish.
CHungdo xurmo-klasteri esa 2009 yilda fermerlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu hududda Janubiy Koreyadagi urug’siz xurmoning 65 % yetishtiriladi. Fermerlar tomonidan birgalikda boshqariladigan ushbu klaster xurmodan yil davomida yangi uzilgan, yarim quritilgan, quritilgan, fermentatsiya qilingan, xurmo yog’i va vinosi, rang va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan.
Xurmo-harakati: xurmo yetishtirish – qayta ishlash – narxini saqlash – marketing va reklamani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu agroklasterda «biznes – universitet – ilmiy tadqiqot – davlat»ning birgalikdagi harakati va bunda ilmiy tadqiqotlar asosiy o’rin tutgan.
Fermerlar agroklasterga qo’shilishi natijasida oladigan daromadlari oshgan. Munkieong olmani qayta ishlash klasteri biznes korxonalari harakati asosida tuzilgan. U iste’molchilarga olma bilan bog’liq 100 dan ziyod mahsulot va xizmatlar taklif etadi. Avval ushbu hududda ko’mir qazib olingan ekan. 1994 yilda ko’mir qazib olish tugatilgach esa aholining shaharga ketishining oldini olish maqsadida, olma klasteri va turizmni tashkil etish uchun davlat tomonidan 50 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Ushbu olma klasteri 2004 yilda 4 mln. AQSH dollari miqdorida foyda olgan bo’lsa, 2012 yilga kelib, mahsulotlar miqdorining turli-tumanligi, qo’shimcha xizmatlar, agroturizm va mehmonxona xizmatini taklif etish orqali 90 mln AQSH dollari miqdorida foyda olishga erishgan.
Koreyada agroklasterlarni rivojlantirish zaruriyati asosan quyidagi omillar bilan belgilanganligini ta’kidlagan holda O’zbekiston sharoitida ham ularni inobatga olish mumkin. Jumladan:
-qishloq xo’jaligiga davlatning amaliy yordami va qo’llab-quvvatlashi hamda islohotlarni amalga oshirishda yetakchiligi;
-tarixiy va milliy an’analardan foydalanib, ularni saqlab qolish, zamonaviylashtirish asosida yangi yo’nalishlar masalan, agroturizm, mehmonxona xizmati kabilarni shakllantirish;
-hududiy ixtisoslashuv, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va rivojlanish barqarorligini ta’minlash;
-davlat – universitet – ilmiy-tadqiqot – fermer – qayta ishlash – biznesning birgalikda faoliyat yuritishining o’zaro mutanosibligini ta’minlash mexanizmi;
-olimlar mavqei va ilmiy-tadqiqot natijalarining samarali ekanligi hamda ularni qo’llab-quvvatlashning davlat siyosati darajasidagi mavqeining yuqoriligi;
-yuqori innovatsiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga ustuvorlik berilishi va uni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning samarali mexanizmini shakllanganligi;
-marketing tizimini rivojlanganligi;
-inson kapitaliga munosabatning yuqoriligi va uni qishloqda rivojlantirishga ustuvorlik berilishi.
Ushbu omillardan O’zbekiston sharoitidan kelib chiqqan holda samarali, keng qamrovli chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqqan xolda aniq yo’nalishlar bo’yicha tajribalardan foydalanish mumkin.
Janubiy Koreya Milliy Qishloq xo’jaligi Kooperativlari Federatsiyaning ko’p tarmoqli – ishlab chiqarish-qayta ishlash – servis sohalarini o’zida birlashtirish.
Agroklasterlarni rivojlanishi mamlakatda yilning barcha fasllarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini bir xilda ushlab turish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga imtiyozli kreditlar berish, oziq-ovqat markazlarini tashkil etish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarini muntazam ravishda biznesni amalga oshirishlarida manfaatlari va huquqlarini himoya qilish mumkin.
SHuningdek, qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi navlarini tavsiya etib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va qishloq aholisining daromadlarini oshirishga qaratilgan fermerlarning biznes va turli takliflarini qo’llab-quvvatlash, har xil moliyaviy xizmatlar va boshqalarni ko’rsatish borasidagi bozor tamoyillariga mos mexanizmlardan O’zbekistonning sharoitiga xos jihatlarini respublika fermerlar kengashi tomonidan foydalanish, respublika va hududlar darajasida dehqonlarning nodavlat tashkilotini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Fermer xo’jaliklariga innovatsion texnologiyalarni qo’llab-quvvatlashda amaliy yordam ko’rsatish borasida moliyaviy, tashkiliy agroklasterlarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga solish hamda qo’llab-quvvatlashda davlat bilan o’zaro hamjihatlikdagi faoliyat olib boriladi. Respublika fermerlar kengashi faoliyati, Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat tashkilotlarning o’zaro hamkorligini yanada kuchaytirish hamda davlatning markaziy va mahalliy hokimiyat vakilliklari bilan mustahkam aloqa natijasida agroklasterlar tashkil etiladi.
Janubiy Koreya qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish bilan shug’ullanadigan Xanora taqsimot markazining ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq hududlarida tayyorlov omborlari tashkil etish, fermerlarni oziq-ovqat talablari asosida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga o’rgatish, mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini fermerlardan avvaldan tuzilgan shartnoma asosida sotib olib, ularni sifati, ko’rinishi, hajmi bo’yicha ajratib, turli og’irliklarda qadoqlab, markazning o’zida chakana savdoga chiqarib sotish hamda yirik yoki boshqa supermarketlarga ularning talablariga ko’ra, ulgurji holatda yetkazib berish, yosh avlodga milliy mahsulotlarga nisbatan qiziqishini oshirishda agroklasterlarning roli katta ekanligi tajribalar tasdiqlagan, bu tajribalarini qo’llash respublikada qishloq xo’jaligini rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Agroklasterlarni qishloq xo’jalik mahsulotlarini: fermer—markaz—magazin tizimida sotib olish va sotish, iste’molchilar uchun qulay holatda mahsulotga aylantirish: yuvish, yarim tayyor mahsulotlar, qadoqlashni bajarish, mahsulotlarni sotib olish va sotish ustama xarajatlarni past darajada belgilash tizimi sifatida tashkil etish natijasida qishloq xo’jaligini rivojlantirishga erishish mumkin.
O’zbekiston sharoitida ham agroklasterlarni Janubiy Koreya Respublikasi tajribasi bo’yicha tashkil etilishi eng maqbul yo’l hisoblanadi. SHuning uchun ham agroklasterlarni barpo etish, avvalambor ushbu jarayonning qishloq xo’jaligida yangi institutsional tuzilma ekanligidan kelib chiqqan holda, uning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari davlat tomonidan shakllantirilmoqda
Rossiyada tashkil etilgan «Fud Siti» agroklasteri sabzavot bazasidan farqli ravishda bir qancha ustunliklarga ega bo’lib, keng assortimentdagi tova va xizmatlarni o’zida mujassam etgan. Har bir savdo bo’limigda ijarachilar uchun 40 foiz miqdorida chegirma(skidka ) belgilangan, mahalliy fermerlar uchun esa boshqa imtiyozlar ham ko’rsatilishi belgilangan. Agroklasterda Turkiya, Isroil, Azarbayjon, Belorusiya va Rossiyaning barcha xududlaridagi ishlab chiqaruvchilar ishtirok etgan. Bu agroklaster ( ulgurji savdo kompleksi) Frantsiyaning «Ranjis», Ispaniyaning «Merka», Germaniyaning «Berliner Markt» agroklasterlari tajribalari asosida tashkil etilgan. Umumiy maydoni 84,5 ga, Yevropadagi eng yirik agroklaster maqomiga ega bo’ldi.Klasterning qurilishini «Kievskaya ploщadь» «Evropeyskiy» kompaniyalari, Radisson Royal («Ukraina») mehmonxonasi, «Elektronnыy ray na Prajskoy», «Moskva» savdo markazlari, «Sadovod» bozori moliyalashtirgan. Bu agroklasterning maqsadi Rossiya ishlab chiqarishini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |