Shuning uchun yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori bo`lsa va depsinish qanchalik tez bajarilsa, boshlang`ich uchib chiqish tezligi shuncha yuqori bo`lib, shunchalik uzoqqa sakraladi. Bundan tashqari, sakrash uzoqligi sakrovchining uchishda turg`unligiga, uning yerga tushish oldidagi va yerga tushayotgandagi xarakatlari qanchalik to`g`ri bo`lishiga ham bog`liq. Uchchish fazasida bajariladigan harakatlar sakrovchining muvozanatini saqlay bilishiga va yerga tushish uchun qulay holatga ega bo`lishiga yordam beradi. Sakrashning barcha qismlari o`zaro uzviy bog`liqdir, lekin bayon etishni osonlashtirish uchun, ular alohida-alohida ko`rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |