Uzoq muddatli kreditlash obyektlariga quyidagilar kiradi



Download 25,78 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2022
Hajmi25,78 Kb.
#706880
  1   2
Bog'liq
Kapital qo


Kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirishning manbalaridan biri – uzoq muddatli kreditlashdir. Uzoq muddatli kreditlash deb yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu-ningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalar uchun mo‘ljallangan obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va texnik jihatdan qayta quri-lishi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarga 1 yildan 10 yilgacha muddatga beriladigan kreditlarga aytiladi.

Uzoq muddatli kreditlash obyektlariga quyidagilar kiradi:


  • bino-inshootlar qurilishi;


  • korxona yoki uning sexlari qurilishi;


  • ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va jihozlash;


  • texnika, texnologiya, jihozlar, transport vositalarini sotib olish;


  • turar joy binolarini qurish yoki sotib olish;


  • yangi yerlarni o‘zlashtirish va hokazo.


Kreditni rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:





  1. Kredit buyurtmasini o‘rganib chiqish



  1. Bo‘lajak qarzdorlarning moliyaviy holati va kreditga layoqatlili-gini tahlil qilish va baholash.



  1. Kreditlanadigan obyektni keng qamrovli ekspertiza qilish.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozning moliyaviy holati va kreditga layoqatliligi o‘rganib va baholab chiqilgandan so‘ng barcha hujjatlar kredit komissiyasiga xulosa berish uchun taqdim etiladi.

Kredit komissiyasining kredit bo‘yicha ijobiy xulosasi qabul qilingandan keyin bank protokolni bankning bosh boshqarmasiga yo‘llaydi. Bosh boshqarma ijobiy xulosa qabul qilgandan keyingina bank bo‘limi qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini tuzadi.

Kredit shartnomasi bank bilan qarzdor o‘rtasidagi munosabat asosi bo‘lib, shartnoma tuzilgan vaqtdan to kreditning to‘liq qaytarilishi va ular bo‘yicha foizlar to‘lanishigacha amal qiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, bank bilan qarzdor o‘rtasida kredit shart-nomasi imzolanayotganda bankning yuridik xizmati bo‘limi ishtirok etishi lozim, chunki u hujjatlarning rasmiylashtirilishi uchun mas’uldir.

Banklarda uzoq muddatli kredit berish kredit shartnomasida ko‘r-satilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Kredit bo‘limi inspektori tomonidan bank hisob operatsion bo‘limiga ssuda hisob-varag‘ini ochish haqida yozma farmoyish beradi. Farmoyishga asosan hisobvaraq ochilib, ushbu hisobvaraq bo‘yicha ssuda berish va qaytarish operatsiyalari aks ettiriladi. Kreditni va hisoblangan foizlarni qaytarish grafigi yillar va oylar bo‘yicha tuzib chiqiladi.

Uzoq muddatli kredit berish mijozning hisob-kitob hujjatlarini to‘lash orqali amalga oshiriladi, bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi:

Debet “Uzoq muddatli ssuda hisobvarag‘i”

Kredit“Mol sotuvchi yoki pudratchining hisobvarag‘i”.

Agar kredit olayotgan korxona davlat korxonasi bo‘lsa, u holda provodka quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Debet 15101“Davlat korxonasiga berilgan uzoq muddatli kreditlar”

Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”.

Shartnoma ko‘rsatilgan stavkada dasturiy yo‘l bilan har kuni foiz summasi hisoblab boriladi. Hisoblangan foizlar 16309 hisobvaraqda aks ettiriladi. Hisoblangan foizlar summasi, shuningdek, tegishli daromad hisobvarag‘ida ham aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganda quyidagi bux-galteriya provodkasi bajariladi.

Debet 16309 «Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar»

Kredit 44401 «Davlat korxona va tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar»

Foizlarni undirish kredit sharnomasida ko‘rsatilgan hajmda va belgilangan ketma-ketlikda qarzdorlarning talab qilib olinguncha hisob raqami bo‘yicha memorial orderlarni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Foizlarni undirish qarzdorning ruxsatisiz amalga oshiriladi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:

Debet 20210 «Davlat korxonalarining (qarzdor) talab qilib olin-guncha hisob raqami»

Kredit 16309 «Kreditlar bo‘yicha foizlar»

Kredit va ular bo‘yicha foizlar korxonalarning hisob raqamiga tusha-digan kelasi real pul oqimini hisobga olgan holda tuzilgan jadval asosida qaytariladi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:

Debet 20210 «Davlat korxonalarining talab qilib olinadigan hisob raqamlari»

Kredit 15101 «Davlat korxonalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar»

Kreditlarni qaytarish bo‘yicha to‘lovlar har oyda yoki har kvar-talda amalga oshirilishi mumkin. Agar lozim bo‘lsa, kredit va foizlarni qaytarish bo‘yicha jadvalga ikkala tomon roziligi bilan aniqliklar kiritilishi mumkin. Qarzdor hamma kreditni va ular bo‘yicha foizlarni muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega.

Bunday holda qarzdor bankning kredit resurslarini jalb qilish uchun sarflangan xarajatlarini qoplashi lozim. Agar kredit va ular bo‘yicha foizlar belgilangan muddatda qaytarilmasa, bank joriy qonunchilik asosida da’vogarlik xatini topshirish va xo‘jalik sudiga da’vo arizasini topshirish choralarni ko‘radi.

Qarz qoldig‘i bank tomonidan to‘lov talabnomasi orqali rasmiy-lashtiriladi va ikkinchi kartotekaga joylashtiriladi. Qarzni qaytarish kalen-dar ketma-ketlikda amalga oshiriladi, foizlar asosiy qarzdan oldin qaytariladi.

Kredit muddati o‘tgan hisoblanganda, kredit summasi muddati o‘tgan kreditlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:

Debet 12705 “Davlat korxonalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”

Kredit 15101 


Download 25,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish