Uzoq muddatli aktivlar hisobi


Uzoq muddatli depitorirlik qarzlar hisobini yoritish hisusiyatlari



Download 86,94 Kb.
bet10/10
Sana16.03.2022
Hajmi86,94 Kb.
#496614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBI KURS ISHItttttttt

5.Uzoq muddatli depitorirlik qarzlar hisobini yoritish hisusiyatlari
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo bo’lib hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari bo’lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o’lchash va ularni hisobotiga ta’sir qiluvchi asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan olish tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobi Milliy andazasining 2-soniga binoan xo’jalik yurituvchi subyektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli bo’lsa, ular alohida aks ettiriladi.
Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi: korxonaning o’zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul undiriladigan bo’lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo’lmagan xonalarni ijara haqlari bo’yicha; mehnat jamoasi a’zolarining buyrug’i bilan Хalq banki va boshqa joylarga pul o’tkazish bo’yicha. Da’volar va korxonaga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo’yicha hisob-kitoblar 4860 «Da’volar bo’yicha oliga doir schyotlar», 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi.
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo’yicha olinadigan to’lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo’yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Тurli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
Korxonaning turli kreditorlardan bo’lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan va operativ lizinglari bo’yicha to’lanadigan summalar, to’lanadigan foizlar, royalti va gonorarlar bo’yicha qarzlar, da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan bo’lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday operatsiyalarning hisobi 6900 – «Тurli kreditorlarga bo’lgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo’yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo’yicha ham shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo’yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7 qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo’yicha 8 – jurnal-orderga yozib qo’yiladi. 
4100, 4700 schyotlar bo’yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko’rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo’yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob birga ko’rsatiladi.
Хodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo’shayotgan hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo’shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to’lovlar hisoblashish davri orasidagi to’lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo’lsa) to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan mablag’larining muhim manbai bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar ta’sirida ko’p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat’iy nazar hisob - kitob, kassa muomalalarini amalga oshirish bo’yicha xizmat qiladi.
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish munosabatlari ixtiyoriy asosda bo’lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida tuziladi. Kreditlar xo’jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o’z aylanma mablag’lariga ega bo’lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obyektlari uchun beriladi.
Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda obyektlar uchun kredit berishdan subyektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga yoki iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o’tish amalga oshirilmoqda.

Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to’lovlik va ta’minlanganlik tamoyillariga qat’iy amal qilib beradi. Banklar faoliyatining huquqiy asosini qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.13


Kredit berish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar bank qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida tartibga solinadi. Тuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib olinadi: kredit berish obyekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to’lash tartibi, kredit berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va mas’uliyati, hujjatlar ro’yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlar.
Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilib kreditni qaytarilishini ta’minlanishini tasdiqlovchi ta’sis va boshqa hujjatlar topshiradi.
Shartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to’lash qobilyatini sinchiklab tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan foydalanadi, kerak bo’lsa joylarda oldindan tekshiruv o’tkaziladi. Agar bu hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit berishga qaror qiladi. Keyinchalik, xo’jalik yurituvchi subyekt kredit olgandan so’ng kreditni to’liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko’rsatilgan tartib va muddatlarda bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo’jalik - moliyaviy faoliyati ustidan nazorat qilish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarni topshirib turadi.
Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. Chunonchi, qisqa muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan tovarlar uchun beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng, lekin 30 kundan oshmasligi kerak.
Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga, qimmat asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishga olinadi.
Bank kreditlarini olish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo’lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga qaytarilmagan qarzlar summasini ko’rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini, kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.
Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar. 
6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to’liq qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi.
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to’lanadigan foiz summasi moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatga o’tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun hisoblangan foiz summasiga 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Foiz summasi bank muassasalariga o’tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob - kitob» schyoti kreditlanadi.
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo’yicha yuritiladi. Bank kreditlarining hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.
Hozirgi vaqtda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog’ uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha savdo tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng rivojlanmoqda.
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida hisobga olinadi. Bu muomalalar bo’yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 4720 «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


1.1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent, O’zbekiston. 2019.
1.2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. -Toshkent, O’zbekiston. 2017 .
1.3. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. -Toshkent, O’zbekiston. 2017.
1.4. O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya Hisobi to’g’risida"gi Qonuni. -T.: 2016 y.
1.5. O’zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi Qonuni. (Yangi tahrirda) 2020 y, 26 may.
1.6. O’zbekiston Respublikasi Qonuni "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida". O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik to’plami 1-son 312-II son -T.: 2021.
1.7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish tashkil qilishni tartibga solish to’g’risida" 2018 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Qonunlar To’plami 47-48-son 352-modda, PF-3694, -T.: 2015.
1.8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustivor yo’nalishlarni amalga oshirilishini jadallashtirish chora tadbirlari to’g’risida" "Soliq va Bojxona Xabarlari" gazetasi № 26(570) 2017 y 20 iyun.
1.9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 54-sonli Qarori. -T.: 2019 y 5 fevral.

1 НСБУ Республики Узбекистан, Ташкент, Мин. Фин Руз, НАБиА РУз 2002 г.



Download 86,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish