Umumiy o’rta ta’lim.
Umumiy o‘rta ta‘lim bosqichlari quyidagilar:
Boshlang‘ich ta‘lim(I-IV sinflar). Umumiy o‘rta ta‘lim(I-IX sinflar). Bu ta‘lim umumiy
o‘rta ta‘lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma asoslarini, savodxonlik tartib toptirishga
qaratilgandir. Boshlang‘ich ta‘limga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Bu masalani tibbiyot,
ruxshunos va o‘qituvchilardan tashkil topgan hay‘at hal qiladi. Agar bolaning jismoniy, aqliy va
ruxiy tomondan rivojlanishi o‘qish faoliyatini davom ettirishga imkoni bo‘lsa, unday bolani 6
yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta‘lim o‘quvchilarni maktabda o‘qishning ilk
tayyorgarligini amalga oshiradi.
Umumiy o‘rta ta‘lim bilimlarning zarur hajmini (boshlang‘ich ta‘limda o‘qish, yozish,
hisoblash, hikoya qilish, rasm chizish, ko‘nikmalarini bajarishga o‘rgatish bilan umumiy
ta‘limda o‘qishga tayyorlaydi) beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy
tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastabki tarzda kasbga yo‘naltirishda va talimning
navbatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar bosqichini tanlashga yordam beradi. To‘qqiz yiliik (I-IX
sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta‘lim majburiydir.
Bolalarning qobiliyatini rivojlanitrish uchun ixtisoslashtirlgan maktablar tashkil etilishi
mumkin. Masalan: sport, san‘at, musiqa va boshqa fanlar bo‘yicha ham maktablar tashkil etilish
mumkin.
Umumiy o’rta ta’limning vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta‘minlash, ularda bilim olish
ehtiyojini rivojlantirish, tarbiyalash, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabat hosil qilish;
milliy va umubashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o‘quvchilarda yuksak
ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqarolarni
shakllantirish;
ta‘limning uzluksizligini va izchilligini, maktab o‘quv dasturining keyingi bosqichdagi
o‘quv dasturlari bilan uzviy o‘zaro bog‘lanishni ta‘minlash va hokazo.
Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash hamda
shaxsning ta‘lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta‘limning maqsadi
hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta‘lim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o‘quvchilarda tashkilotchilik
qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasb yo‘nalishiniva
ta‘limning keyingi bosqichini tanlashga ko‘maklashadi. Umumiy o‘rta ta‘lim tugallagandan
keyin ta‘lim fanlari va ular bo‘yicha olgan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
Umumiy o‘rta ta‘limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar
zarur:
yuqori malakali pedagogik va kadrlar tayyorlash;
hududlarning jo‘g‘rofiy va demografik xususiyatlariga mos ta‘lim muassalari
tarmoqlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning qobiliyat imkoniyatlariga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan
yondoshuvni joriy qilish;
ilg‘or pedogog texnologiyalarini, o‘quv-uslubiy majmualarni didaktik talablar asosida
yaratish;
o‘quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik maslahatlar oladigan
markazlar tarmog‘ini tashkil etish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |