Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik kreativlikning tutgan o’rni doniyarov Mavlonbek., Jdpi boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchisi Annotatsiya



Download 215,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi215,38 Kb.
#768564
  1   2   3
Bog'liq
3356-Article Text-8346-1-10-20211102 (1)



UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK KREATIVLIKNING 
TUTGAN O’RNI 
 
Doniyarov Mavlonbek., JDPI Boshlang’ich ta’lim fakulteti 
o’qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik 
kreativlikning tutgan o’rni haqida mulohazalar yuritilgan. 
Аннотация: 
В статье рассматривается роль педагогического 
творчества в системе непрерывного образования.
Annotation: 
This article discusses the role of pedagogical creativity in 
the system of continuing education. 
Kalit so’zlar:
uzluksiz ta’lim, pedagogik kreativlik, kreativ fikrlash, 
o’qituvchi mahorati.
Ключевое слово:
непрерывное образование, педагогическое 
творчество, творческое мышление, педагогическое мастерство 
Key words: 
continuing education, pedagogical creativity, creative 
thinking, teacher skills 
 
Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki 
pedagoglarning diqqat e’tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda 
keng qo’llailmayotgan bo’lsa ham bu tushunchani ma’lum darajada pedagogik 
iste’molga kiritishga doir harakatlar ko’zga tashlanmoqda. Pedagogika oid 
manbalarda kreativlik ijod bilan bog’liq holda o’rganiladi va tushuniladi. 
Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr 
yuritish va tasavvur qilish bilan bog’liq holda tahlil etiladi. Ijodning psixologik 
asoslari sifatida qo’yidagi elementlar qabul qilangan.
Bular:
1. Qabul qilish.
2. Xohish va istak.
3. Tasavvur qilish.
4. O’z-o’zini kuzatish.
Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o’rinni 
egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish qo’yidagi elementlar belgilanishi 
e’tirof etilgan.


Bular:
1. Aqliy mehnat.
2. Intuitsiya.
3. Dunyoqarash. 
Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan 
pedagog olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o’zining 
ilmiy ishlarida kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning 
«Boshlang’ich ta’limda innovatsiya», «Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, 
integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli o’quv qo’llanma va darsliklarida 
kreativlikka alohida to’xtab o’tgan.
Buyuk olim V.A.Slastyonin pedagogning innovatsion faoliyatiga 
bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlarini qo’yidagicha belgilagan:
• shaxsning ijodiy motivatsiyani qo’llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy 
qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o’z kamolotiga intilish;
• kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o’z ka - 
molotiga intilish;
• kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va 
pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va 
ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va 
o’zaro yordam berish qobiliyati;
• o’qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur’ati va ish 
qobiliyati; qat’iyatlik, mas’uliyatlik va xalollik, o’zini tuta bilish. Pedagog 
olima R.A.Mavlanova an’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka 
shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida 
bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:
- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual 
faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),
- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va 
boshqalar). Biroq oliy ta’lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat 


ko’rsatkichini va namoyon bo’lish darajasini aniqlashning o’zi yetarli emas. 
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi 
umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o’zida ta’lim 
jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy 
imkoniyatlari 
va 
kreativlikni 
rivojlantirish 
jarayonida 
oliy 
maktab 
pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, olima kreativlikni rivojlanish 
imkoniyatlarini kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida 
o’rganish zarurligini e’tirof etadi.
O’tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini 
o’rganishda keskin burilish yillari bo’ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan 
pedagog-novatorlar paydo bo’ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat 
pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limining 
psixologik 
tomonlarini, 
ijod 
faoliyatining 
pedagogik 
psixologiyadagi 
mexanizmini o’rgandilar. (V.V.Davidov, LA.Zimnaya, 22 N.V.Kuzmina, 
A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika 
fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.)
Kreativlikni o’rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy 
anrogogikada qo’llashning umumiy qonuniyatlari va o’ziga xosligini aniqlash 
imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib 
chiqib, unga shaxsning o’ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki 
shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida qaraymiz.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson 
ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib, shaxsni o’z-o’zini rivojlantirish omili, 
shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo’lgan bilimlarning ko’pqirrali 
ekanligida emas, balki yangi g’oyalarga intilishda va o’rnatilgan stereotiplarni 
yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o’zgartirishda, hayotiy muammolarni 
yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon 
bo’ladi. Shu bilan bir qatorda filologiya fanlari doktori M.Ayimbetov ham 
o’qituvchilarning pedagogik mahoratiga doir o’z fikrlarini bayon etish bilan bir 


qatorda pedagogning shaxsiy va kasbiy faoliyati masalalariga to’xtab o’tgan. 
Olim «kreativlik» yoki «ijodkor» tushunchalarini bevosita qo’llanmagan 
bo’lsalar ham ijodkor o’ituvchining sifat ko’rsatkichlarini yoritib berishga doir 
fikrlarini bayon etgan. Olim mahoratli zamonaviy o’qituvchining strukturaviy 
komponenlarini ko’rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda olim bunday 
pedagoglarning oltita belgisini alohida e’tirof etgan.
Bular:
1. Pedagogik jamoada katta obruga ega bo’lishi.
2. O’zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo’lishi.
3. Darslarini oliy darajada tashkil etishi.
4. O’quvchilar bilan do’stona munosabatda bo’lish.
5. Murakkab vaziyatlarda o’zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini 
bir maromda olib borishi.
6. Pedagogik jamoada hamda maxallada katta ta’sir ko’chiga ega 
bo’lishi Sanab o’tilgan sifatlarga Biz o’qituvchining kreativlik faoliyatini ham 
qo’shicha qilgan bo’lar edik. Negaki, o’qituvchilarning oliy darajada dasrlarni 
atshkil etishi o’z-o’zidan bo’ladigan holat emas, balki o’qituvchining 
izlanishlari, o’z sohasidagi yangiliklarni tajribalarida qo’llay olishi, 
o’quvchilarni «o’qitish» emas «o’qishga» o’ragatishiga doir qator faoliyatlar 
tizimi bilan bog’liqdir.
O’qituvchining kreativ faoliyati pedagogik mahoratning mazmunida aks 
etar ekan, pedagogika fanida o’qituvchining pedagogik mahoratining modeli 
ishlab chiqilgan. Bu model’ qo’yidagilarda o’zining aksini topgan.

Download 215,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish