Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
298 
e’tibor qaratdi. Agar o‘zlashgan til elementlarining dastlabki xususiyatlari saqlanmasa, unda 
ikki til o‘rtasida foydalanilayotgan til elementi o‘z ma’no va mazmunini butunlay yo‘qotadi. 
Natijada, hech bir ilmiy nazariy asosga ega bo‘lmagan jumla va matnlar paydo bo‘ladi. 
Buni hisobga olgan Alisher Navoiy fors va arab tillaridagi barcha elementlarning 
dastlabki variant ma’nolarini saqlashga harakat qiladi. 
Masalan:
Fikrati mezon bo‘lub “Xamsa” sanj, 
“Xamsa”, dema, balki degil “Panj ganj”. 
“Hayrat ul-abror” dostonidan olingan mazkur parchadagi so‘zlarning etimologik 
xususiyatlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, fikrat, xamsa, mezon, sanj, panj, ganj so‘zlari 
arab va fors tillaridan olingan. Kontekstual semantika prinsiplari bo‘yicha bu so‘zlar 
o‘zining dastlabki varianti ma’nolarini to‘liq saqlagan. Chunki bu so‘zlar o‘zining dastlabki 
variant ma’nolarini saqlamaganda matn mazmuni sayoz yoki butunlay ma’nosini yo‘qotgan 
bo‘lar edi. 
“Fikrat” so‘zi dastlabki arabcha “fikr” so‘zining ko‘plik ma’nosini bermoqda. Arab tili 
boshqa hind-yevropa tillaridagidek grammatikasida son kategoriyasi uch xil ko‘rinishda va 
mazmunda tavsiflanadi, ya’ni: birlik, ikkilik va ko‘plik kabi ko‘rinishlarda. “Fikrat” so‘zi 
esa arabcha ko‘plik son kategoriyasidagi –at qo‘shimchasini olib, ko‘plik ma’nosini 
bermoqda. Kontekstual semantika talablari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak mazkur baytdagi 
“fikrat” so‘zi Nizomiy Ganjaviy Husrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiylarning 
xamsachilik an’analari prinsiplarini “sanj” sifatida olganligiga ishora qilmoqda. 
Demak, Alisher Navoiydagi bu prinsip lingvistikaning eng asosiy tamoyili iqtibos 
olishga asos bo‘ladi. Iqtibos qo‘yishni ayrim mutaxassislarimiz yaqinda tilshunoslik fani 
asoslab bergan lingvistik prinsiplar degan fikrlariga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki Alisher 
Navoiy bu bayti bilan uch xamsashunos adibning ishlariga e’tibor qaratayotgani, bu 
asarlarni mukammal o‘rganganidan darak beradi. 
Agar kontekstual semantikaning mazkur prinsipiga e’tibor qaratmasak, ya’ni “fikrat” 
so‘zini birlikda ishlatsak, Alisher Navoiyning asaridagi katta bir g‘oyani o‘z o‘rnida 
tavsiflamagan bo‘lar edik. To‘g‘ri, bu lingvistikaning faqat bir prinsipi, keyingisi esa 
grammatikadagi son kategoriyasi, uning kontekstga mos kelishi masalasi ham mazkur jumla 
orqali arab tili grammatikasiga mos kelishini isbotlab turibdi. Hattoki, ayrim yirik tilshunos 
olimlarimiz ham lingvistik tipologiya fanining bu prinsipiga mutlaqo e’tibor qilmagan 
holatlarga duch kelamiz. O‘zlashma qatlamdagi so‘zlarning lingvistikaning faqat birgina 
sathidagi prinsip bilan isbotlab, ya’ni leksikologiya yoki semantika bahsida qarab, uning 
grammatik son kategoriyasi prinsipiga e’tibor qaratilmasa unda ma’no mutlaqo o‘z qonun-
qoidasiga mos kelmay qoladi. Yuqorida ta’kidlanganidek lingvistik tipologiya bo‘yicha 
tadqiqot o‘tkazgan olimlarimiz ikki yoki undan ko‘p tillarni muqoyasa qilganda faqat bir 
sath bilan chegaralanadi. Bu esa lingvistik tadqiqotning o‘ta sayoz bajarilganidan darak 
beradi. 
Tillarni qiyoslash, o‘zlashma qatlam prinsiplarining yana bir muhim tomoni ijtimoiy 
tilshunoslik prinsiplari bilan bog‘liq masala bu til konvensiyasi, ya’ni tillarning o‘zaro 
qonun-qoidalarini tan olish prinsipidir. O‘zbek tilshunosligida ijtimoiy tilshunoslik fan 
sifatida hozirda shakllangan bo‘lmasa-da, uning elementlari bo‘yicha tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Ilgari sotsiolingvistikani tadqiqi faqat shevalar orasidagi integratsiya va 
differensiya prinsiplarini tadqiq etgan. Bu esa lingvistik tadqiqot uchun yetarli emas. 
Alisher Navoiy arab va turkiy tillardagi bu mutanosiblikni qanday izohlamoqchi? Til 
konvensiyasi prinsipi arab tilidagi “fikrat” so‘zining ko‘plik qo‘shimchasi o‘z ma’nosida 
qo‘llanganligining o‘zi bu konvensiya prinsiplarining yadrosini tashkil etadi. Jahon 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish