KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING HUQUQIY ASOSLARI
Хоtamovа Gavhar Qiyomovna – Navoiy davlat pedagogika instituti Iqtisodiy bilim
asoslari kafedrasui katta o‘qituvchisi
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida
qaralmoqda.
Kichik biznes ko‘p mablag‘ talab etmaydigan xo‘jalik faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Kichik korxonalar resurslar cheklanganligi sharoitida jamiyat ehtiyojlarini qondirish,
iste’mol bozorini shakllantirish va uni to‘ldirish muammosini tez va tejamli tarzda hal
qiladi, talabning o‘zgarishiga darhol moslashganligi sababli iste’mol bozoridagi zaruriy
muvozanatni ta’minlaydi. Mamlakatimiz uchun nihoyat muhim bo‘lgan bandlik va aholi
daromadlarini oshirish masalasini hal etishda ham kichik korxonalar yetakchi o‘rin
tutmoqda.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda uning huquqiy asoslarini bilish
muhimdir. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning huquqiy qoidalarini
belgilaydigan ko‘plab qonunlar qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
“Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini
xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini
hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
294
shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini
kafolatlaydi”deb yozib qo‘yilgan.
“Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunda kichik biznes va tadbirkorlik tuzilmalari uchun,
ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar, umumiy bo’lgan huquq va
majburiyatlarini ko‘rsatish mumkin.Bu qonunga asosan har qanday ishbilarmonlik sub’ekti
quyidagi huquqlarga ega:
- mamlakat qonunlari,davlat boshqaruv organlari bilan taqiqlanmagan har qanday
xo‘jalik faoliyati bilan shug’ullanish;
- qonunga qarshi bo‘lmagan har qanday korxona yoki tashkilot barpo etish;
- tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun shartnoma asosida begona fuqarolarni,
korxona, tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning, mulkini,
pul vositalarini va ba’zi bir mulkka bo’lgan huquqlarini jalb etish;
- qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulk bilan begona xo‘jalik sub’ektlarining
faoliyatida ishtirok etish;
- respublikadagi joriy qonunlar va tuzilgan shartnomalar asosida o‘zining xo‘jalik
dasturini mustaqil shakllantirish, o‘z mahsuloti uchun iste’molchi va ta’minotchini mustaqil
tanlash, ko‘rsatadigan xizmat va ishlab chiqaradigan mahsulotiga narxlarni mustaqil
belgilash;
- cheklanmagan miqdorda har qanday shaxsiy daromad olish;
- ishlovchilarni amaldagi qonun va mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish va
ishdan bo‘shatish;
- yollangan shaxslar uchun mehnatiga xaq to’lash va boshqa daromad turlari,
shakllarini, tarkibini va miqdoriin belgilash;
- o
‘
zining pul vositalarini saqlash va barcha turdagi hisob- kitob, kredit operatsiyalarini
bajarnsh uchun banklarda hisob raqamlarini ochish;
- ishbilarmonlik faoliyatidan kelgan daromadning soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar to‘langanidan qolgan qismipi o‘z xohishi bo‘yicha ishlatish;
- davlat ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta tizimidan foydalannsh;
- xorijiy valyuta sotib olish va joriy qonunlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni
mustaqil amalga oshirish;
Tadbirkorlik faoliyatiga oid barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlar qonunchilikda
xususiy biznesning erkinligini,uning himoyasini va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan
aniq huquqiy kafolatlarni belgilaydi, xususiy mulkning huquqini Konstitutsiya orqali
mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek,
”mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi va uni tasarruf etadi...”.
Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining aholining
daromadlari va faravonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari ortib bormoqda
Kichik biznes va xususiy tadbirkolikning iqtisodiyotdagi roli raqobat muhitini
ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot yetkazib berish,yangi ish o‘rinlarini yaratish,
bozor
tizimining
moslashuvchanligini
oshirish
aholi
daromadlari
darajasini
barqarorlashtirish bilan belgilanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik
faoliyatining Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etib,
taadbirkorlik sub’ektlari inson faoliyatining alohida sohasi sifatida tadbirkorlikning umumiy
hujjatlariga tayanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda yoshlarning tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanishi borasida juda ko‘p imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularning
xuquqiy asoslari yaratilgan.Bu esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etishiga,
moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |