Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
197
dasturlarda shular ham e’tiborga olinishi kerak.Odatda ta’lim beruvchi dasturni malakali
mutaxassislar tayorlashadi va undan yosh o‘qituvchilar foydalanadilar. Ta’lim beruvchi
dasturlarni har bir o‘qituvchining o‘zi ham tayyorlashi mumkin. Buning uchun u o‘z ustida
ko‘proq ishlab, yetarli tajriba orttirishi kerak. O‘z navbatida bu har bir o‘qituvchi oldiga
qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Lekin ta’lim beruvchi dasturlarda o‘quv
materiali o‘quvchilarga tushunarli, ravon tilda yaratilishi, unda so‘nggi yangiliklardan keng
foydalanilishi va barcha didaktik tamoyillar talablari asosida tayyorlanishi kerak.
Rasmda Ta’limda mashinali o‘qitishni qo‘llash imkoniyatlari.
Trenajyorlar mashq qilish mashinalari bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilarda, tanlagan
kasblariga oid turli vazifalarni bajarishga doir malaka va ko‘nikmalarni shakllantiramiz.
Trenajyorlar asosan mashg‘ulotni laboratoriya va ustaxonalarda olib borilganda qo‘llanladi.
Chunki trenajyor sifatida qo‘llanilayotgan mashina yoki jihozlar statsionar xususiyatga ega
bo‘lib, ularni auditoriyalarga ko‘chirib yurish imkoni yo‘q va ulardan foydalanish uchun
maxsus jihozlangan xonalar bo‘lishi shart. Bugungi kunda o‘quv yurtlarida trenajyorlardan
keng foydalanilmoqda. Bunchalik katta xarajatlar evaziga mashg‘ulotlarni mashinali
o‘qitish asosida olib borishning boisi nimada? O‘quv ishlarining bazi bir turlari borki, ularni
og‘zaki tushuntirish yoki ko‘rgazmali amalga oshirish bilan ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. O‘quvchilarda kasblariga oid malaka va ko‘nikma hosil bo‘lishi uchun albatta bu
vazifalarni o‘z qo‘llari bilan, turli mashina va jihozlarda bajarishlari kerak bo‘ladi. Bu
vazifalarni texnologik jarayon uzluksiz borayotgan korxonalarda amalga oshirish ham
mumkin emas. Chunki bu birinchidan ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir qilsa,
ikkinchidan hali o‘rganmagan o‘quvchini texnologik mashina bilan ishlashga qo‘yish
texnika xafsizligi talabiga javob bermaydi va qimmatbaho jihozlarni ularga darhol ishonib
ham bo‘lmaydi. Buning uchun ular avval o‘quv maqsadlarida qo‘llaniladigan shunga
o‘xshash texnologik mashina va jixozlarda, ularning analogik va virtual stendlarida, model
yoki maketlarida shug‘ullanishlari ko‘zda tutilgan. Shuning uchun turli tikuv mashinalari,
tokarlik dastgohlari, mahsulot pishirish pech’lari, presslar va boshqa mashina va jihozlar
o‘quv yurti laboratoriya va ustaxonalarida o‘rnatilib, ularda o‘quvchilar bemalol mashq
qilib o‘rganadilar. Ba’zan trenajyor sifatida model, maket yoki stendlardan ham
Do'stlaringiz bilan baham: |