Bog'liq O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini izoh
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta‘lim asosida
akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash
huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash
huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida davom ettirish
uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik lisey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini o‘stirshni, ularning chuqur,
tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirlgan bilim olishlarini ta‘minlaydigan uch yillik o‘rta
maxsus yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini
chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni
ta‘minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. Akademik lisey davlat ta‘lim
standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta‘lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va
qiziqishlarini hisobga olib, ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirlgan,
tabaqalashtirilgan kasbga yo‘naltirlgan ta‘lim olishini ta‘minlaydi.
Akademik liseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika,
agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan
maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirsh imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu
ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta‘lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida
ro‘yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji davlat ta‘lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv
jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta‘lim muassalari hisoblanadi. Ular bir yoki
bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim
olish imkonini beradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat ta‘lim standartlari doirasida umumta‘lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish;
o‘quvchilarning uzluksiz ta‘limining keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirishni
tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun zarur va yetarli
bo‘lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;
respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. U ta‘limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom
ettirish va egallagan kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.