Узбекстан тарийхы лекция


 XIII-XIV asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

3. XIII-XIV asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti 
Bosqinchi yovlar azaldan yuqori tsivilizatsiya o`chog`i sanalgan, ulug` ajdodlarimiz aql-
zakovati va donishmandligi bilan yaratilgan yuksak moddiy va ma`naviy madaniyat, betakror 
obidalar, asori-atiqalar makoni bo`lgan bu azim yurtni qanchalik xonavayron etmasinlar, biroq 
xalq irodasini, uning buyuk bunyodkorliq ijodkorlik salohiyatini so`ndira olmadilar. Aksincha, 
bu yurtning mag`rur va erksevar kishilari, bir tomondan, muqaddas Vatan tuyg`usini dillariga 
mustahkam jo aylab, ozodlik va mustaqillik yo`lida jonbozlik bilan kurash olib borgan bo`lsalar, 
ikkinchi tomondan esa, ular asriy xalq an`analari, udumlariga sodiq qolib, yaratuvchilik ishlari 
bilan mashg`ul bo`lganlar. Zero, o`lmas xalq dahosi bu davrda ham yangi-yangi salohiyatli 
ijodkorlar avlodini etishtira borgan. Shu boisdan sahroyi mo`g`ullar xarobazorga aylantirgan 
kultepalar o`rnida ko`p o`tmay yangidan ko`rkam shaharlar, me`morchilik obidalari qad rostlab, 
hayot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy xalq orasidan etishib chiqqan ajoyib me`morlar, 
naqqoshu-hunarmandlar sa`y-harakati, mahorati bilan betakror moddiy madaniyat namunalari 
yaratilib, bundan o`lka hayoti o`zgacha fayzu manzara kasb etib bordi. Bu davrda bunyod etilib, 
gavjum savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlariga aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch, 
qaytadan ta`mirlanib chiroy ochgan, oldingi mavqeini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, 
Termiz singari shaharlar, ularning o`ziga xos me`morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. 
Ko`hna Urganchda qad ko`targan, balandligi 62 metrli ulug`vor minora XIII asr 
arxitekturasining noyob yodgorligi hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmui, Buxorodagi 
Bayonqulixon, Ko`hna Urganchdagi Najmiddin Kubro, To`rabekxonim, Muhammad Bashar 
maqbaralari, Xo`janddagi Tubaxon maqbarasi va shu singarilar XIV asrning nodir me`moriy 
yodgorliklari sirasiga kiradi. 
Xalq amaliy san`ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu jumladan, 
ko`zalar, chinni buyumlar, uy-ro`zg`or ashyolari, binolar peshtoqiga bitilgan, san`at darajasidagi 
nastalik bitiklari - bular O`rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIV asrlarda ham 
rivojlanishda davom etganligidan shahodat beradi. Bu davrda ilm-fan, ayniqsa tarixshunoslik 
rivojida ham muayyan yutuqlar qo`lga kiritildi. Tarixshunos Juvaniyning «Tarixi jahongusha» 
/Jbhon fotihi tarixi/, Rashididinning «Jomeut-tavorix» «Yilnomalar majmuasi» asarlari 
mo`g`ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini chuqur o`rganishda qimmatli manbalardan 
hisoblanadi.Shuningdeq o`lkada badiiy adabiyot sohasi ham anchayin ravnaq topdi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish