Узбекстан тарийхы лекция


 XV asr oxiri – XVI asrda o`zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o`zgarishlar



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

3. XV asr oxiri – XVI asrda o`zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o`zgarishlar. 
«O`zbek» atamasi va uning keng yoyilishi 
O`zbek xalqi etnik tarkibining evolyutsion o`sish jarayoni XV asr oxiri va XVI asrda yana 
muhim o`zgarishlarga duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning Temuriylar sulolasidan 
Shayboniylar sulolasiga o`tishi bilan bog`liq holda kechdi. Movarounnahr va Xurosonda 
hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu hududlarga Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy 
xalqlar, keyinchalik o`zlariga o`zbek degan nomni qabul qilgan urug`-qabilalar kirib keldilar. 
Ba`zi manbalarda 92, boshqa bir manbalarda 96 ta deb tilga olinuvchi bu ko`p sonli urug` va 
qabilalarning kirib kelishi, er-suv va mulk olib, o`troq hayot kechirishga o`tishi, mamlakatni 
boshqarish jilovi markazda va joylarda shu sulola vakillari qo`lida to`planishi o`z navbatida 
o`lka hayotida keskin o`zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol ayni paytda etnik 
jarayonlar borasida ham aks etmay qolmadi. Qadim-qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat 
bizning ona zaminimizda, balki shu bilan birga keng sharqiy va shimoliy jug`rofiy hududlarda, 
jumladan Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoq 
deb atalgan, Sirdaryoning quyi havzasi va Orol dengizidan shimol sari cho`zilgan hamda hozirgi 
Ural va G`arbiy Sibir orolig`idagi keng dashtli erlarni ishg`ol etgan hududlarda turkiy qavmlarga 
mansub urug` qabilalar olis asrlardan buyon yashab kelganlar. Akademik B.Ahmedovning 
yozishicha, «Hozirgi o`zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlarning ajdodlari shu 
xalqlar hozir yashayotgan erlarda qadim zamonlarda ham yashaganlar, lekin o`zbeklar, qozoqlar, 
qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Tarixiy, adabiy manbalarda Dashti Qipchoqning sharqiy 
qismida qadim zamonlardan beri turk qabilalari yashaganligi haqida anchagina ma`lumotlar 
mavjud. Bu erlarni XIII asr boshida zabt etgan mo`g`ullar bo`lsa, Dashti Qipchoqning turk 
qabilalari orasida tez orada singib ketganlar va hatto o`z milliyligini yo`qotganlar» 


Bu fikru qarashlardan kelib chiqadigan qat`iy xulosa shuki, XVI asr boshlarida Vatanimiz 
sarhadlarida ro`y bergan etnik o`zgarishlar, tariximiz kechmishini qiyshiq oynada ko`rmoqchi 
bo`lgan ba`zi muxoliflarimiz da`vo qilganlarideq ajnabiy xalqlaru elatlar bosqini orqasida yuz 
bermagan. Shuningdeq bu jarayonlar majburiy, zo`rlik asosida ham kechmagan. Buning aksi 
o`laroq, bu o`zgarishlar uzun o`q tomirlari bir bo`lgan, bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari 
ila bog`langan, azaldan turli aloqalarda bo`lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o`zaro 
qo`shilishi, birikishi davomida yuz bergan. To`g`ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o`zbek urug`, 
qabilalari bilan Movarounnahr va Xuroson xalqi o`rtasida turli ob`ektiv va sub`ektiv omillar 
orqasida hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo`lmagan, ularni katta masofadagi 
bo`sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg`ulot turlari, kasb-
korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko`rinishda bo`lganligi tabiiydir. Buning ustiga Dashti 
Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachiliq yilqichilik xo`jaligi bilan 
mashg`ul bo`lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq asrlar davomida o`troq hayotga 
o`rganib, ona zamin hayotida muqim yashab kelgan. Ular azaldan mirishkor bobodehqonlar, 
mohir hunarmandlar, ustamon savdogarlar sifatida nom qozonganlar. Ularning sa`y-harakatlari, 
mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-biridan ko`rkam, gavjum shaharlar bunyod topib, 
dovrug` topgan. 
Burkut Kenegas 
Qiyot Do`rmon 
Qushchi Qurlovut 
Qo`ng`irot Tub 
Ushun (usun) Oyi 
O`tachiMang`it 
Nayman No`kuz 
Jot Uyg`ur 
Chimboy Xitoy 
Qarliq Toymas 
Echki Tuman 
Dashti Qinchoqda yashagan urug`larning nomlari: 
Qirq Yuz, ming v.b. 
Dashti qipchoqlik ko`p sonli urug`, qabilalar Movarounnahr hududlariga kirib kelar 
ekanlar, ular, eng avvalo, mahalliy qardoshlari, elatdoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashib, 
ulardek o`troq hayotga moslashib, ularning turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni 
o`zlariga qabul qilib, singdirib bordilar. Eng muhimi, kirib kelgan urug`, qabilalar bu zaminda 
o`zlarining ikkinchi vatanlarini topish barobarida asta-sekin bu erning tubjoy aholisi tarkibiga 
singishib bordi. Bu narsa ayniqsa ularning avvalgi ko`chamanchilik hayotiga xos turmush 
tarzidan o`zlaridan madaniy va maishiy sohalarda ancha yuqori darajada bo`lgan mahalliy 
halqning ilg`or turmush tarziga o`tishida, uning ko`p asrli boy ma`naviy merosi 
sarchashmalaridan bahra topib borishida yaqqol namoyon bo`ldi. Shuning uchun ham ular 
mahalliy qardoshlari bilan qorishib, ma`nan yuksalishga yuz tutib, ularning ilg`or hayot tarzini 
o`zlariga uzil-kesil singdirib bordilar. Endi «O`zbek» atamasi va uning iste`molga kirib kelishi 
hamda keng yoyilishi xususida to`xtaladigan bo`lsaq aytish joizki, bu masala ham ma`lum 
ma`noda printsipial ahamiyatga molikdir. Negaki, bu nom zamirida butun birhalqning tarixiy 
kechmishi, taqdiri bilan bog`liq holatlar kuzatiladi. Sobiq sovet tarixshunosligida, shuningdeq 
ayrim qo`shni davlatlarning mualliflari qarashlarida ham «o`zbek» atamasini o`zbek halqining 
kelib chiqishi bilan atayin bog`lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur nozik masalani 
chalkashlashtirish yoxud suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta. Yurtboshimiz o`zining 
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asarida mana bu so`zlarni bejiz ta`kidlab o`tmagan: «O`zbek 
nomi qachon paydo bo`lgan? Sovet tarixshunoslarining yozishicha, XVI asrda bizning 
zaminimizni Dashti Qipchoq xonlari ishg`ol qilgandan keyin o`zbek nomi paydo bo`lgan emish. 
Axir biz Movarounnahr deb ataydigan ikki daryo oralig`ida ungacha ham xalq 
yashaganku! Yoki bu xalq boshqa millat bo`lganmi? Mantiq qani bu erda» Bu keskin va 


haqqoniy aytilgan so`zlarning ma`no, mazmunini chaqar ekanmiz, millatimiz haqidagi bor 
haqiqatni bilishimiz, uning nomi bilan mazmun-o`zagi o`rtasidagi tafovutni aniq-tiniq tasavvur 
etishimiz nechog`lik muhim ekanligi o`z-o`zidan ravshanlashadi. Ma`lumki, xalqimizning 
«o`zbek» atamasi bilan nomlanishi XVI asr boshlariga to`g`ri keladi. Bu hol asosan yurtimiz 
hududlariga Dashti Qipchoqdan katta oqim sifatida kirib kelgan o`zbek degan umumiy nomni 
XV asrda qabul qilgan urug`lar va qabilalar hayoti bilan bog`liq yo`sinda yuz bergan. Negaki, 
ular bu zaminga kelib joylashib, mahalliy aholi qatlami tarkibini boyitish, uning yuksak 
ma`naviyati, boy asriy qadriyatlarini o`zlashtirish barobarida o`zlarining umumiy o`zbek nomini 
asta-sekinlik bilan shu hududda yashagan barcha aholiga ham nisbat bera bordilar. Bu esa 
«o`zbek» atamasining shu davrdan e`tiboran butun Movarounnahr bo`ylab keng yoyilishiga, bu 
erdagi xalqning shu nom bilan atalishiga bois bo`ldi. Biroq shu narsa ravshanki, o`zbeklar, 
avvalo, qaysi qabilaga mansub bo`lsalar shu nomni uzoq vaqt saqlab qolganlar. Hatto XX asrga 
qadar ham Turkiston o`lkasida ajdodiy-qabilaviy nomlar saqlanib qolganligi buni tasdiq etadi. 
Ammo bu degani o`zbek xalqining kelib chiqishi faqat XVI asrda yuz bergan, degan ma`noni 
aslo anglatmaydi. Bu erda gap faqat «o`zbek» iborasining etnik nom sifatida paydo bo`lgan vaqt 
xususida borayapti. Vaholanki o`zbek xalqi o`z mazmun, mohiyati, teran tomirlari bilan 
Turonzamin hududida juda qadimiy zamonlardan buyon yashab kelganligi, boy tarix, 
olamshumul ahamiyatga molik ma`naviyat durdonalarini ijod etganligi hammaga ma`lumdir. 
Shu ma`noda Prezidentimizning: «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma`naviyati 
orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»1, deb aytgan so`zlari alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
«O`zbek» atamasi va uning kelib chiqishi, yoyilishi to`g`risida fikr yuritganda, bu 
masalaning yana bir qator muhim jihatlariga e`tibor qaratish kerak bo`ladi. Negaki, bu ham o`sha 
xalqning ma`lum ma`noda o`ziga xos xususiyatlarini, tabiati, mazmuni, mohiyatini tushunishda 
asqotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «O`zbek» atamasining kelib chiqishi, uni xalqimizga 
nisbat berilishi xususida ham tariximizda turlicha qarashlar va yondashuvlar mavjuddir. Zero, 
ularni ko`zdan kechirish, turli nuqtai nazarlarni taqqoslash va aniqlashtirish orqali ham xalqimiz 
tarixiga oid ko`p narsalarni oydinlashtirish, o`z tarixiy xotiramizni yanada boyitib borishimiz 
mumkin bo`ladi. Ma`lum bo`lishicha, «O`zbek» iborasi XIII-XIV asrlarda yashab o`tgan o`sha 
davrning mashhur tarixchilari Juvayniy va Rashididin asarlarida ham uchraydi. Mashhur 
bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug`bekning «To`rt ulus tarixi» asarida 
ham «O`zbekiya», «O`zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko`zimiz tushadi. Bunda, bizning 
nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug`, qabilalar yashagan joy, hudud nomlari ko`zda 
tutilgan bo`lsa kerak. 
Ba`zi manbalarda esa o`zbek nomi Oltin O`rda xonlaridan biri O`zbekxon (1312-1340) 
nomidan olinganligiga ishora qilinadi. Rus olimlaridan A.Yakubovskiy, N.Aristov,I.Ivanovlar 
ham shunday qarashga moyillik ko`rsatadilar. Venger olimi Xerman Vamberi esa yanada 
qiziqroq ma`lumotni ilgari suradi: «O`zbek» so`zining tub ma`nosi – «o`z-o`ziga beq xo`jayin, 
mustaqil». Nima bo`lganda ham «O`zbek» atamasini dastlab Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy 
qabilalar qabul qilgan nom bo`lib, bu qavm, elatlarning yurtimizga o`rnashishi, tubjoy aholi 
odamlari bilan taqdiran qo`shilishi jarayonida «O`zbek» atamasi Turkistonda yashagan aholining 
umumiy nomiga aylanadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish