Elektron ta’lim resurslari
I .www. tdpu. uz,
2 .www. pedagog. uz
3. www. ziyonet. Uz
4.w w w .lex.uz;
5.w w w .bilim .uz:
6 .w w w .gov.uz:
Tayanch so`z va iboralar: O’rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi. O’zbek etnosining
ko’p etnik qatlamlilik masalasi. Mahalliy tub joyli aholi va uning tili masalasi. Turk va turkiy
etnonimlar. Migratsiya jarayonining etnogenezda tutgan o’rni. O’zbek etnogenezining
boshlanishi va yakuniy nuqtasi.
1. Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi
Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o`zbek xalqining etnologiyasi, etnik tarixini o`rganish,
haqqoniy yoritish tarix fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Negaki,
mustaqillik sharofati bilan xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga,
o`zligini anglashga qiziqishi o`sdi. Farzandlarimiz tarix ijodkori bo`lgan o`z ajdodlari kimlar
bo`lganligini, o`zbek xalqi qachon va qanday shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni
xohlaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asarida
ta`kidlanganidek: «har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar
bo`lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday
kechgan, degan savollarni o`ziga berishi tabiydir… Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun
manna shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to`g`ri xulosalar chiqaradi».Ko`plab
ishonchli tarixiy ma`lumotlar, manbalar, ashyoi dalillar barcha xalqlarning etnik shakllanishi
uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta`sirida sodir bo`lganligini
tasdiqlaydi. O`zbek xalqining shakllanishi ham uzoq tarixiy jarayon mahsuli bo`lib, uning o`q
tomirlari shu yurt zaminida azal-azaldan yashab, uni o`ziga makon tutib, chuqur ildiz otib,
muttasil moddiy va ma`naviy madaniyat namunalarini yaratib kelgan qadimiy urug`, qabila va
elatlarga borib qadaladi. Shu o`rinda urug`, qabila, xalq tushunchalari to`g`risida ham bir qadar
to`xtalib o`tmoqlik joiz bo`ladi. Negaki, ular haqida aniq tasavvur hosil qilish, nazarimizda, etnik
jarayonlar o`zgarishining mazmun-mohiyatini to`g`ri tushunishda g`oyatda muhimdir.
Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog`langan, bir tomirga borib taqaladigan,
turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan urug`lar hosil bo`lgan. Urug`
jamoasining o`z etakchisi - oqsoqoli bo`lgan. Urug` jamoasi hamma narsada, har bir masalayu
sa`y-harakatlarda oqsoqolning izmida bo`lgan.
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo`lib, qon-qorindoshlik munosabatlari, bir
necha urug`larning birikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o`ziga xos tili, hududi, qabila
a`zolarining o`zaro hamkorligi, qabila nomi, o`ziga xos an`analari bo`ladi. Qabila hayotiga doir
ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo`yicha qabila
yig`inlari o`tkazilgan. Qabilalar o`rtasida etniq xo`jaliq moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi
natijasida ular qo`shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning etakchi, nufuzli guruhi nomi
bilan yangi etnik birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va madaniy
umumiylik asosida tarkib topadi. Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar
yo`li bilan o`rganilib, isbotlangan qanchalab dalili ashyolar bu hududda yashagan ulug`
o`tmishdoshlarimiz miloddan avvalgi ming yilliklar mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining
barcha asosiy bosqichlarini boshdan kechirib, istiqomat qilib, o`ziga xos hayot tarzini yaratib
kelganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon vohallarida, Farg`ona vodiysi
hududida olib borilgan qidiruv ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 dan ortiq tarixiy
yodgorliklar tahlili hamda boshqa ko`plab mo``tabar dalillar ham to`la tasdiq etadi. Shularga
asoslanadigan bo`lsaq miloddan avvalgi ming yilliklar davomida bu zaminning yashashga qulay,
tabiiy sharoitlari o`ng`ay bo`lgan joylarida yashagan har xil mahalliy urug`, qabilalar
dehqonchiliq chorvachiliq yilqichiliq ovchiliq baliqchiliq hunarmandchilik bilan shug`ullanib
kelganlar.
Masalan, daryo, ko`llar atroflarida yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan
mashg`ul bo`lgan bo`lsa, cho`lli, adrli joylarning odamlari esa ko`proq chorva, yilqi boqish bilan
band bo`lganlar. Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O`rta Osiyo xududlarida massagetlar,
saklar, sug`diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar.
Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta`qidlashicha, «O`zbek xalqi mazkur hududda
yashagan tub erli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa qadimgi turkiy xalqlardan
boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi - o`zaro sintez o`zbek elatini va keyinchalik o`zbek
xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo`lib ma`lum bir hududda,
ma`lum tarixiy davrda shakllanadi. O`zbek xalqi ajdodlari ham elat bo`lib, Movarounnahr va
Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda shakllangan».
Eron manbalarida O`rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushmalarining 3 xil
toifasi tilga olinadi:
Saka – Xaumavarga Ular asosan o`lkaning shimoliy-sharqiy qismida, ya`ni Murg`ob vodiysi,
Amuning yuqori oqimida, Oloy, Farg`ona vodiysida yashaganlar.
Saka – Tigraxauda (Cho`qqi qalpoq kiyganlar). Ular Amuning quyi oqimi va Sirdaryoning
o`rta va quyi oqimidan to Orol shimoligacha bo`lgan keng cho`lli hududlarda joylashganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |