Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

manbalar guvoh bo`lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga 
bo`linadi. 
Mehnat qurollari Harbiy qurol-yaroqlar Tanga 
pullar Uy-joylar, qabrlar Idish-tovoqlar, devoriy 
tasvirlar Qal`alar, shaharlar va boshqalar 
Yozuv belgilari 
Toshga, daraxt po`stlog`iga, teriga, qog`ozga 
yozilgan ma`lumotlar 
Xalqlar hayoti, yuz bergan voqea va 
hodisalar haqida yozilgan kitoblar 
>
 
>
Davlat boshliqlarining yozma shakldagi farmonlari 
>
er, qimmatbaho narsalarni in`om qilish, meros qoldirish, 
sotib olish bo`yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar 
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII 
asrlardagi hayotini o`rganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur 
nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish 
jarayonlari o`z ifodasini topgan. 
Vatanimiz tarixiga doir ma`lumotlar yunon va rim manbalarida, chunonchi Gerodotning 
«Istoriya» (M.1972), Ksenofontning «Grecheskaya istoriya» (M.1935), Polibiyning «Vseob
щ
aya 
istoriya» (M.1980-1989), Arrianning «Poxod Aleksandra» (M.L. 1962), Strabonning 
«Geografiya v 17 knigax» (M. 1964); Kurtsiy Rufning «Istoriya Aleksandra Makedonskogo» 
(M.1963) va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Antik mualliflar tomonidan yozib 
qoldirilgan ma`lumotlarni to`plovchi I.V.P`yankovning «Srednyaya Aziya v izvestiyax 
antichnogo istorika Ktesiya» (Dushanbe, 1975), N.G.Gorbunovaning «Fergana po svedeniyam 
antichn
ы
x avtorov. Istoriya i kul`tura narodov Sredney Azii» (L.1976) kabi kitoblar ham 
Vatanimiz tarixini o`rganishda yordam beradi. 
Xitoy yozma manbalaridan «Tarixiy guvohliklar» (mil.av.I asr), «Ulug` Xan xonadoni 
tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xan xonadoni tarixi» (milodiy V asr), «Vey xonadoni tarixi» 
(milodiy VI asr), «Shimoliy podshohliklar (Beyshi) tarixi» (milodiy VII asr) va boshqalarda 
Turkiston tarixi haqida ma`lumotlar bor. Shuningdek, arman, vizantiyalik mualliflarning 
asarlarida ham Vatanimiz tarixi haqida ma`lumotlar uchraydi. 
Vatanimiz tarixini o`rganishda turkiy, fors, arab manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi 
turk yozuvi to`g`risida S.e.Malovning «Pamyatniki drevne-tyurskoy pis`mennosti» (M.1951) va 
«eniseyskaya pis`mennost` tyurkov. Tekst i perevod
ы
» (M-L.1951),A.Sagdullaevning «Qadimgi 
O`zbekiston ilk yozma manbalarda» (T.1996) asarlarida qimmatli ma`lumotlar bor. Turkiy 
xalqlar, jumladan o`zbek xalqining etnik tarixini o`rganishda Abulg`oziyning «Shajarayi turk» 
(T.1992), L.N.Gumilevning «Drevnie tyurki» (M.1960), A.Yu.Yakubovskiyning «K voprosu ob 
etnogenezi uzbekskogo naroda» (T. 1941) asarlaridan foydalanish mumkin. 
O`zbek xalqining o`rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-madaniy hayotini 
o`rganishda Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» (T.1993), Abu Rayhon Beruniyning 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (T.1968), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» 
(T.1960), M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`otit-turk. Uch jildlik» (T.1960-1963), Abu 
Tohirxojaning 
«Samariya» 
(T.1991), 
Narshahiyning 
«Buxoro 
tarixi» 
(T.1991), 
Nizomulmulkning «Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk» (T.1997), Amir Temurning «Temur 
tuzuklari» (T.1991), Mirzo Ulug`bekning «To`rt ulus tarixi» (T.1994) va boshqa nodir kitoblar 
muhim tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. 
Vatanimiz tarixini o`rganishda o`z davrida hokimiyat tepasida turgan sulolar tarixini 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish