Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

manbalari. 
Tarixiy voqealarni o`rganishda to`g`ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning 
ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o`qitish va o`rganish 
ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo`ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga 
sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik nuqtai nazarlaridan yondashildi. Mamlakat, 
butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, 
feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag`allar, 
mulkdorlar va yo`qsillar tarixiga bo`lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, 
amirlar, xonlar, davlat arboblariga ommaga qarshi reaktsion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar 
guruhi deb qaraldi, qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag`allarni 
va yo`qsillarni himoya qilgan, sinfiy cheklangan tarzda yoritildi. 
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e`tiqodlariga bepisand qaraldi. Ming yillar 
davomida ajdodlarimiz orasidan etishib chiqqan mashhur allomalar ikkiga - materialistlar va 
idealistlarga bo`lindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma`rifatparvar shoiru ulamolar, yozuvchilarga u 
yoki bu dinga e`tiqod qilganlari, asarlarida olloh, payg`ambarlar nomini tilga olgan, ishonch 
bildirganlari uchun idealist – noilmiy degan tamg`a yopishtirildi, ularning ijodiy faoliyatini 
o`rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo`qotib yuborildi. Oqibatda ko`pgina tarixiy 
voqealar soxtalashtirildi, ma`naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga 
ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o`rgatildi. Tarix faqat jangu jadal, urushlardan iborat jarayon 
sifatida tasvirlandi. 
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning 
yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Tarixni soxtalashtirishda, xalqni o`z tarixiy 
xotirasidan judo qilishda, Turkistonning o`tmishini kamsitishda mamlakatda hukmron bo`lgan 
totalitar tuzumning salbiy roli katta bo`ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, 
tashviqotchisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. 
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to`g`ri yoritish va o`rganish uchun bir qator 
muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur. 
Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. Dialektika olam 
yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o`zaro bog`lanishda, 


uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo`ladi, deb ta`lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga 
ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel`, Xorazmiy, 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel`, Gertsen va boshqa olim va 
ma`rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma`naviy dunyoni uzviy bog`liq jarayon 
shaklida, ya`ni ularni uzluksiz harakat qilib, o`zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni 
ichki bog`lanishda olib o`rganish qoidalarini yaratdilar. 
Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O`zbekiston 
tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog`liq holda o`rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq 
tarixida milliylik, o`ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat 
taraqqiyoti bilan umumiy bog`lanishdadir. 
Darhaqiqat, O`zbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, 
qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog`langan. Qadim zamonlardan buyon 
Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko`pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy 
makonda bo`lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug`, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan 
doimo o`zaro ta`sirda va aloqada bo`lganlar, qo`shilish jarayonini boshidan kechirganlar, 
ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog`liq o`tgan. Shu 
sababdan O`zbekiston tarixini qo`shni mamlakatlar tarixi bilan bog`liq holda, bir xalqni ikkinchi 
bir xalqqa qarama-qarshi qo`ymagan holda o`rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq, 
turkman, tojik, fors, afg`on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi 
bilsak, O`zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o`rganishga imkon 
yaratadi, ko`maklashadi. Tarixiy voqea, hodisalarni o`rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga 
xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir. 
Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o`rganayotganda ular bilan bog`liq 
bo`lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, 
haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o`zaro aloqada 
va munosabatda deb o`rganish darkor. Oldindan to`qilgan bir g`oyani, uydirmani oqlash lozim 
bo`lsa faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir 
emas, albatta. Bunday yo`l bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo`lmay, u bir 
tomonlamalikka olib keladi. 
Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O`zbek olimlarining kuch 
g`ayratlari bilan tariximizning ko`pdan ko`p g`oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar 
davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, 
o`tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo`lindi, hozir esa asosiy vazifa, 
tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir». 
Tarixni o`rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, 
hodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o`sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish 
jarayonidan kelib chiqqan holda o`rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa 
voqealar, hodisalar bilan bog`lab o`rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy 
jarayondagi o`rnini to`g`ri aniqlash, belgilash mumkin bo`ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy 
tarixiy jarayonning bir qismi, bo`lagi deb qaramoq zarur. 
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu 
shaklda sodir bo`lganligini, bu hodisa o`z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib 
o`tganligini, keyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. 
Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo`lsak, u, 
birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo`ldi, ikkinchidan, u o`z taraqqiyotida 
qanday bosqichlarni bosib o`tdi, uchinchidan, uning tarixiy o`rni, mavqei qanday, degan 
savollarga aniq javob berish zarur bo`ladi. 
Tarixiylik tamoyili xalqning o`tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o`tmish 
hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday 
umumiy yo`ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo`lgan 
avlod tarix fani orqali o`tmishni, ajdodlarimizning tarixiy tajribasini yaxshi bilmog`i lozim. 
O`tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni 


shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to`g`ri tasavvur etamiz, taraqqiyotning al`ternativ 
yo`llaridan to`g`risini tanlay olamiz. 
Insoniyat taraqqiyotining ma`lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va 
urug`chilik tuzumi emirilib, urug` jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo`linadi, shu davrdan 
e`tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog`liq holda 
kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o`z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim 
hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati bir-biri bilan to`qnashadigan, qo`zg`olonlar 
ko`tariladigan bo`lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo`lgan voqealarni, tarixiy jarayonni 
o`rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur bo`ladi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili 
tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini, teng ta`sir etuvchi omillarni 
hisobga olgan holda o`rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa - 
kambag`allar, yo`qsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish 
bir tomonlama yondashuv bo`lib, bu tarixni soxtalashtiradi, to`g`ri xulosalarga olib kelmaydi. 
Shohlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga adolat nuqtai nazaridan yondashmoq 
kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bo`lgani uchungina qoralash, badnom qilish 
adolatdan bo`lmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz 
bo`lmasligini isbot etishning hojati bo`lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, 
amaldorlarni yoppasiga qoralash ham to`g`ri emas. Jonajon Vatanimiz ko`hna tarixi ham ular 
orasida xalqparvar, ma`rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari 
bo`lganligidan guvohlik berib turibdi. 
Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli 
uyushmalar, ular yo`lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko`rsatgan ijobiy yoki salbiy 
ta`sirini, jamiyatning u yoki bu yo`ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga 
egadir. 
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar 
o`rtasida, hukmdorlar o`rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo`lida tez-tez 
qirg`inbarot urushlar bo`lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag`lub mamlakatni talon-taroj 
qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo`rovonlik bilan o`z manfaatiga bo`ysundirgan va o`zlashtirgan. 
Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur bo`ladi. 
Mamlakatimiz tarixini o`rganishda milliy qadriyatlar, xalq an`analari va urf-odatlari, 
islom dini tarixi, odamlarning diniy e`tiqodlari, diniy ta`limotlar va ularning asoschilari 
faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira 
sifatida hurmatlash, e`zozlash va yanada boyitib borish nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. 
Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini 
ikkiga -ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va 
axloqiga bo`lish, birinchisini qoralashdan iborat yo`riqnomaning naqadar zararli ekanligini 
ko`rsatdi. 
Milliy 
madaniyatga, 
ma`naviy 
merosga 
bunday 
yondashuv 
ma`naviy 
qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko`pgina olimlar, 
ma`rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik 
kerak. 
Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, o`rganishda Vatan 
manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol g`oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim. 
Vatanimiz tarixini o`rganishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 
asarlari, ma`ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan 
qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlar muhim nazariy- metodologik asos bo`lib xizmat qiladi. 
Tarixni o`rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda 
faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, 
sotsiologik tadqiqotlarni o`tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish 
zarur. 
Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o`rganishda uni to`g`ri davrlashtirishning ahamiyati 
kattadir. Sovetlar xukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, 
jumladan, Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik 


formatsion g`oyaga bo`ysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: 
ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga 
bo`lindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta 
kommunizmga olib boradi, degan «g`oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g`oyaning 
qanchalik to`g`riligi XX asrda ko`pgina xalqlar taqdirida sinab ko`rildi, pirovard natijada fojiali 
oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g`oyasi amalda kambag`allar, yo`qsillar uchun 
erkin va farovon turmush yaratolmadi, mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag`allar, yo`qsillar 
darajasiga tushirdi. Jamiyatda ommaviy loqaydlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. 
Shu bois insoniyat XX asr oxirlariga kelib bu g`oyani o`z elkasidan uloqtirib tashladi, butun 
dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e`tirof etildi. 
Tarixni davrlashtirishdek muhim masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. Ko`pgina 
arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat 
tarixini qadimgi tosh, o`rta tosh, yangi tosh, tosh-mis, bronza, temir davrlariga bo`lganlar. 
Bunday yondashuv to`g`ridek ko`rinsada kishilik jamiyati taraqqiyotining bir-biridan farq 
qiluvchi muhim davrlarini belgilashga etarli darajada asos bo`lolmaydi, albatta. 
Amerikalik tarixchi olim L.Morgan va F.Engel`s tarixni uch davrga bo`ladi: yovvoyilik 
davri (tayyor tabiat mahsulotlarini o`zlashtirish), vahshiylik davri (chorvachilik va 
dehqonchilikning vujudga kelishi) va tsivilizatsiya davri (sanoat rivojlanishi). 
XX asr tarixi insoniyat taraqqiyotini, barcha xalqlar tarixini bir qolipga solish, jamiyat 
taraqqiyoti insoniyatni kommunizmga olib boradi, degan kommunistik g`oyani odamlar ongi va 
qalbiga singdirishni mo`ljallagan bunday davrlashtirishning ham nomukammal ekanligini 
isbotladi va rad etdi. Darhaqiqat, nafaqat O`zbekiston hududida, ko`pgina Osiyo mamlakatlarida 
ham quldorlik tuzumi bo`lmagan. Negaki, Vatanimizda qullar bo`lsada quldorlik ishlab chiqarish 
usuli, qullar mehnati emas, erkin dehqon jamoalari mehnati etakchi ijtimoiy-iqtisodiy uklad 
bo`lgan. XIX asr oxirlarida vujudga kelaboshlagan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari 
ham, burjuaziya va yollanma ishchilar tabaqasi ham barqaror shakllanib etish darajasiga 
ko`tarilmadi. 
Tarixiy jarayon tahlili kishilik jamiyatining zamonda ham, makonda ham bir maromda 
emas, notekis, to`lqinsimon-spiral shaklda riovjlanishidan guvohlik beradi. Bu - tarixiy 
rivojlanish qonunidir. Tarix - bu avlodlar almashinuvidan, taraqqiyot tsikllari almashinuvidan 
iborat. Jamiyatni harakatlantiruvchi asosiy kuch ishlab chiqarish qurollari, vositalari emas, 
insondir. Inson, uning ehtiyojlari, qobiliyatlari, bilimi, malakasi, xohish-irodasi bosh ishlab 
chiqaruvchi kuchdir. Yaratilgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklar inson mehnatining 
mahsulidir. Insoniyatning taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tishi, uning 
barkamollashib borishi, ongi, tafakkuri va mahoratining o`sib borishi, maqsadli intilishi natijasida 
sodir bo`ladi. Inson tarixni yaratuvchi sub`ektdir. Tarixni davrlashtirishda mana shu omillarni 
nazarda tutmoq lozim. 
O`zbekistonning boy, betakror tarixi bo`lib, uning o`ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari 
bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo`lish mumkin: 
• 
Ibtidoiy-jamoa tuzumi. 
• 
Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi. 
• 
O`rta asrlar davri. 
• 
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. 
• 
Mustabid sovet hokimiyati hukmronligi. 
• 
Milliy istiqlol davri. 
Bu davrlarning har biri yana o`ziga xos, kichik davrlarga bo`linadiki, uni mazkur 
darslikning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko`rish mumkin. 
Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo`lish oson emas. Negaki, biz o`rganayotgan tarixiy 
voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo`lib o`tgan, ularni 
qaytarib bo`lmaydi. Bundan ilgari bo`lib o`tgan tarixiy voqealarni bilib bo`lmaydi, degan xulosa 
chiqmaydi, albatta. 


Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo`q bo`lib ketmaydi, ulardan tarixiy 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish