Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o`zgarishlarda Chig`atoy ulusi xoni
tashabbusi bilan mo`g`ul no`yonlari va shohzodalarining yilda Talas vodiysida bo`lib o`tgan
qurultoyi va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta`siri katta bo`ldi. Mazkur qurultoy barcha
mo`g`ul xonlari, aslzodalariga qaerda yashashlaridan qat`i nazar mahalliy aholi hayoti, turmush
tarziga aralashmasliq belgilab qo`yilgan soliq, to`lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini
payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr erlariga ko`chib, asta-sekin o`troq
hayotga o`ta borishga da`vat etdi. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo`g`ullarning mahalliy
aholiga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari ham keskin o`zgarib bordi.
Mo`g`ul hukmron doiralarining bil qismi erlik
aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-
sotiq, hunarmand tabaqalari bilan umumiy til topib, o`z qarashlarini o`zgartirib, musulmon
ruhoniylariga hayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo`la boshladilar. Chig`atoy ulusida
islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo`ldi. Shuningdeq mo`g`ul
qabilalari, elatlari bilan
birga XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko`plab turkiy urug`-qavmlar ham
Movarounnahrga kelib o`rnasha boshladi. Jumladan, barloslar Qashqadaryoda, jaloirlar
Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg`oniston
shimolida, kavchinlar Tojikiston janubida,
turkiylashgan mo`g`ullar urug`i-so`fiylar Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa
turkiy xalqlar, elatlarning o`lkadagi mavqeining yanada mustahkamlanishiga, turkiy til va uning
shevalari ta`sirining ortib borishiga bois bo`ldi. XIV asrdan boshlab Chig`atoy ulusida mo`g`ul
xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim o`zgarishlar yuz beradi. Bu o`zgarishlar, dastavval,
Chig`atoy xonlaridan Duvoxon /1282-1306/, uning o`g`illari Kebekxon /1318 - 1326/,
Tarmashirin /1326 - 1334/ nomlari bilan bog`liqdir.
Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo`lgan Mas`udbek sa`i-harakatlari bilan
shaharsozlik rivojlanganligi, savdo-sotiq
ahli katta naf topganligi, qishloq xo`jaligi ancha
yuksalganligi ko`zga tashlanadi. Kebekxon esa o`z qarargohini mo`g`ul hukmdorlari orasida
birinchi bo`lib Movarounnahrga ko`chirdi. Qashqadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq
bo`lmagan joyda uning buyrug`i bilan saroy /mo`g`ulcha ma`nosi «qarshi»/ bunyod etilib, Qarshi
nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o`sha davrning muhim voqealaridan bo`lgan. Kebekxonning
muhim xizmatlaridan yana biri - bu uning pul va ma`muriy-hududiy sohalarda o`tkazgan
islohotlaridir. Xususan 1321 yilda o`tkazilgan pul islohotida xulagiylar davlati va Oltin
O`rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og`irligi 8 grammlik kata kumush tanga va 1
grammlik kichik tanga zarb etildi. Katta tanga «dinor» deb, kichik tanga «dirham» deb atalgan.
Yangi pul birligi «Kepaki» nomi bilan mashhur bo`lgan. Islohotning dastlabki yillarida Kebek
nomi bilan mashhur bo`lgan bu tangalar ko`plab hajmlarda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib,
muomalaga chiqarilgan. Bu ikki xil qimmatga ega bo`lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa
hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida O`trorda ko`plab kumush
tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va ichki
savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. Ma`muriy
islohotga
ko`ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga, viloyatlar tumanlar (mo`g`ullar tartib qilgan 10
ming askar beradigan, aholisi 40-50 ming nafar bo`lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos etsa
bo`ladi - izoh) ga bo`lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg`ona viloyatida 9 ta tuman
tarkib topgan. Kebekxonning o`lkada tinchliq osoyishtalik va totuvlik o`rnatish borasidagi
siyosatini Tarmashirin izchil davom ettirdi. U islomni qabul etib,
uni davlatning rasmiy dini
darajasiga ko`tardi. Kebekxon yo`nalishida siyosat yurgizgan mo`g`ul xonlarining navbatdagi
vakili Qozonxon /1334-1346/ ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tubjoy aholi
manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo`g`ul va turk amirlari, no`yonlarining olib
borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi. U o`zi uchun qarorgoh sifatida
Qarshi bilan Buxoro oraligida (hozirgi Muborak tumani hududida) mashhur Zanjirsaroy qal`asini
qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, ko`chmanchi mo`g`ul amirlarining
kuchayib borayotgan ta`siri va fitnasi oqibatida 1346 yilda Qozonxon qatl etiladi. Shundan so`ng
hokimiyat tepasiga kelgan amir Qazog`on (1347-1358) mo`g`ul
zodagonlari manfaatlarini
yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o`zi ham bir joyda muqim yashamasdan ko`p vaqtini bosqinchilik
yurishlarida o`tkazardi. Buning oqibatida uning davrida mahalliy aholi tub manfaatlari bilan
mo`g`ul hukmdorlari manfaatlari bir-biriga tobora zid kela bordi. Bu esa Movarounnahrda yana
siyosiy vaziyatning keskinlashuviga, hokimiyatga intiluvchi kuchlarning faol harakatga kelishiga
sabab bo`ldi. XIV asrning 40 - yillarida Chig`atoy ulusi ikki qismga: ettisuv, Sharqiy
Turkistondan iborat Mo`g`ulistonga va Movarounnahrga bo`linib ketdi. 1348 yilda Chiqatoy
naslidan bo`lgan Tug`luq Temur Mo`g`uliston xokimi etib ko`tarildi. Movarounnahrda
hokimiyatni egallagan amir Husayn 1358 yilda o`ldiriladi. Bunday sharoitda Movarounnahr
yurtini
birlashtirish, mahalliy hukmdorlarning o`zboshimchaliq boshboshdoqlik harakatlariga
chek qo`yish, jafokash xalqni mo`g`ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos etish va unda
qudratli markazlashgan davlat barpo etishdan iborat yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqazosi bilan
kun tartibiga qo`yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug` bobokolonimiz Amir Temurga
nasib etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: