Узбекстан тарийхы лекция


 Chig`atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

2. Chig`atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy hayoti 
Chingizxon o`z hukmronligining so`ngi davrlariga kelib, 1224 yilda o`z qo`l ostiga kiritgan 
barcha hududlarni avlodlari o`rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan 
g`arbga tomon to «mo`g`ullar otining tuyog`i etgan joygacha» bo`lgan erlar, Sirdaryoning quyi 
oqimi va Xorazmning shimoliy - g`arbiy qismlari to`ng`ich o`g`li Jo`jiga, Sharqiy Turkiston, 
ettisuv va Movarounnahr erlari Chingizning ikkinchi o`g`li Chig`atoyga berildi. Uchinchi o`g`il 
O`qtoyga esa ota ulusi Mo`g`uliston va Xitoy ajratildi. Kenja o`g`il Tuluga Xuroson, Eron va 
Hindiston meros qilib berildi. Keyinchalik Chingizxonning jahongirlik yurishlarini davom 
ettirib, Sharqiy evropaning katta qismini bosib olib, Oltin O`rdaga asos solgan uning nabirasi 
Botuxon hukmronligi davrida /1227-1255y./ Movarounnahrning qator hududlari ham uning 
ta`sirida bo`lgan. Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o`rtasidagi merosiy bo`linish natijasida 
Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va ettisuv o`lkalari Chig`atoy va uning vorislariga o`tib, u 
Chig`atoy ulusi nomi bilan atala boshladi. Endilikda Mo`g`ul hukmdorlari Movarounnahr 
o`lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo`lmasin, uning xalqini yanada itoatda 
tutish, bu erdan mo`g`ul zodagonlari uchun ko`proq soliq va o`lponlar o`ndirish, qo`shimcha 
majburiyatlar yuklash harakatida bo`ladilar. Mo`g`ullar Movarounnahrni idora etishda tub erlik 
amaldorlar xizmatidan ustamonlik bilan foydalandilar. Shu o`rinda Mahmud Yalavoch, 
Badriddin Amid, Hasan Xoja, Ali Xoja, Yusuf O`troriy, Qutbiddin Xabash Amid singari mo`g`ul 
hukmdorlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib o`tish 
joizdir. Shu boisdan ham Chingizxon vafotidan (1227) so`ng ulug` hoqon bo`lgan O`qtoy /1227- 
1241/ va Chig`atoy ulusi hukmdori Chig`atoy /1127-1241/ davrida Movarounnahrni boshqarish 
mahalliy yirik savdogar, diplomat, sotqinlik evaziga mo`g`ullar ishonchini qozongan Mahmud 
Yalavoch tasarrufiga berilgani tasodifiy emasdir. U xoqon nomidan raiyatni boshqaradi. Uning 
qarorgohi /poytaxti/ Xo`jand edi. Harbiy hokimiyat, aholini ro`yxatdan o`tkazish, soliq yig`ish 
ishlari doruxachi va tamg`ach deb ataluvchi mo`g`ul amaldorlari qo`lida bo`ladi. Mo`g`ul 
bosqoqlari ixtiyoridagi ko`p sonli jangchilar Mahmud izmiga bo`ysundirilgan. Aholidan 
markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko`plab soliqlar undirilgan. 
Tuz solig`i - Raiyat 
Jon va kumush solig`i - Ziroatchi 
Kalon - (Hiroj) hosilning 1/10 qismi 
Qopchur - har 100 bosh chorvadan bir bosh mol 
Chorvador Shulen - har bir podadan ikki yashar qo`y va 1000 bosh otdan bir bosh biya 


Hunarmand Targ`u - ishlab chiqarilgan yoki sotilgan molning 1/30 ulushi 
Savdogar Boj - 1/40 ulushi 
Bundan tashqari aholi turli-tuman to`lovlar berishga majbur etilgan. 
Masalan, aholi savdo yo`llaridagi bekatlar (yomlar) uchun go`sht, un, guruch, ot-ulov 
berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari «din tugun» deb atalgan 
maxsus o`lpon to`lab turganlar. Mo`g`ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, shib-
shiydom etib, talon-taroj qilishi, so`ngra mahalliy aholini haddan ziyod soliq, o`lpon va to`lovlar 
yo`li bilan zulm-asoratga duchor etishi, pirovard oqibatda xalqning ko`tarilishiga, o`z erki, 
mustaqilligi uchun qalqishiga sabab bo`ladi. 1238 yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog`ida 
boshlangan oddiy g`alvir yasovchi hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq 
qo`zg`oloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo`g`ul zodagonlarining mahalliy yuqori tabaqa 
vakillari bilan til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttirayotganligi, shohona ayshu 
Chig`atoy ulusi soliq tizimi ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib 
boryotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g`azabga keltiradi va qo`lga qurol olib 
mo`g`ullar zulmini ag`darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning tevaragiga ming-minglab 
alamzada oddiy mehnat kishilari to`planishadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan 
ko`payib borgan qo`zg`olonchilar Buxoroga kelib, mo`g`ul amaldorlarini, shuningdeq mahalliy 
zodagonlar, sadrlarni engib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy 
hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e`lon qilishga majbur bo`ladilar. Mahmud Torobiy Buxoroni 
egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko`zlaydigan 
bir qator tadbirlar o`tkazadi.
Qo`zg`olonchilar zarbidan Karmanaga qochgan mo`g`ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar 
qo`zg`olonni bostirish uchun yangidan katta kuch to`playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. 
Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo`zg`olonchilarning qo`li baland keladi. 10 
mingdan ziyod mo`g`ul askarlari qirib tashlanadi. Qo`zg`olonchilar mo`g`ullar Karmanagacha 
quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo`zg`olon rahnamolari - Mahmud 
Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo`ladi. Tez orada qo`zg`olonga qarshi yuborilgan 
Eldiz No`yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo`g`ul qo`shinlari Karmani yaqinidagi Malik 
rabotida qo`zg`olonni bostiradi. Bu jangu jadal to`qnashuvda 20 mingdan ziyod qo`zg`olonchilar 
halok bo`ladi. Garchi bu xalq qo`zg`oloni mag`lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erksevar 
xalqining ozodlik va mustaqillik yo`lidagi mardonavor kurashi, qat`iyatini to`la namoyon etdi. 
Ayni chog`da Torobiy qo`zg`oloni mo`g`ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini 
qayta ko`rib chiqish, siyosiy va taktik yo`llarni o`zgartirish uchun muhim saboq bo`ldi. Mahalliy 
xalq orasida ancha obro`sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo`g`ul hukmdorlari tomonidan 
Movarounnahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning o`rni katta o`g`li Mas`udbekka 
berilishi ham qo`zg`olonning muhim saboqlaridan biri bo`ldi. Mas`udbek (1238-1289 yy) bir 
tomondan, hukmron mo`g`ul xonlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning 
manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yurgizgan bo`lsa, ikkinchi tomondan mo`g`ul 
xonlari o`rtasidagi toju-taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o`zaro ixtiloflardan ustalik bilan 
foydalanib, o`lkada savdo-sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga intildi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish