Muhtasib devoni.
Bozor, savdo-sotiq ishlari
Davlat mulklari devoni
Vaqf devoni.
Diniy muassasa mulklari
Qozilik (sud ishlari) devoni
Nuh ibn Nasr (Nasr II) davrida buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida saroy
qurilib, barcha devonlar unga joylashtiriladi. Mahkama xizmatchilari muayyan bilimga ega
bo`lgan, arab va fors tilini puxta bilgan zadogon va ruhoniylardan tanlangan. Pochta-aloqa
xizmatidan boshqa hamma devonlarning viloyatlarda vakillari bo`lib, ular ham markaziy
devonga, ham viloyat hokimiga bo`ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig`i – rais
ma`muriyati mavjud bo`lgan.
Davlatda islom dinining ta`siri g`oyatda katta bo`lganligidan, oliy diniy mansab – Shayxul
islomning roli yuqori darajada e`tirof topgan. Somoniylar davrida qishloq xo`jaligi, mahalliy
ishlab chiqarish, hunarmandchiliq savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi.
O`lkaning Shosh, Farg`ona va Xorazm vohalarida turli xil g`alla ekinlari etishtirish,
bog`dorchiliq sohibkorliq polizchiliq paxta etishtirish ancha kengayib bordi. Ko`plab suv
inshootlari barpo etiladi. Qishloq ahli mavjud xomashyo mahsulotlaridan turlicha ishlov berish
yo`li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandana qishlog`ida sifatli, tilla
rang «zandanachi» deb nom olgan bo`z to`qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand
yaqinidagi Vador qishlog`ida sarg`ish tusli chiroyli yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan
matolar tayyorlash yo`lga qo`yilgan. Bu erdagi to`qilgan matodan mamlkatning oliy amaldorlari
ham kiyim tiktirishda foydalanganlar. Shaharlarda ko`plab hunarmandchilik korxonalari, o`nlab
karvonsaroylar, bozor rastalari mavjud bo`lib, doimiy ravishda ishlab turgan. Shahar maqomiga
ega bo`lish uchun mazkur joyda kamida 32 xil hunar-kasb turlari bo`lishi kerakligi o`sha davr
uchun xos bo`lgan. Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdeq
Farg`ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g`oyatda
ravnaq topgan. Buyuk ipak yo`li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ular
etishtirgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta`minlagan.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma`danlardan
qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch joyda
(Buxoro, Samarqand, Farg`ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari,
Farg`ona va Iloqda qurol-yarog`lar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdeq Farg`ona vodiysi,
Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog`li hududlarida kon-ruda ishlab chiqarishi
taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to`quvchilik va to`qimachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari
rivojlangan bo`lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: