Узбекстан тарийхы лекция


XI asrning 2-yarmi XII asrda O’rta Osiyoda ijtimoiy siyosiy vaziyat



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

1.XI asrning 2-yarmi XII asrda O’rta Osiyoda ijtimoiy siyosiy vaziyat. 
Xorazm O`zbekistonning eng qadimgi o`choqlaridan biri hisoblanadi. Shuningdeq uning 
tarixi jahon tarixchilari tomonidan o`rganilishiga sabab bo`lgan. Xorazm toki hozirgacha bu 
ko`pgina sulolalarni ko`rgan. 
Xorazmning gullab-yashnashi X-XII asrlarga to`g’ri keladi. Bu o`rinda Buyuk 
Xorazmshohlar sulolasi muhim o`rin tutadi. 1017 yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt 
etilib, o`z mustaqilligidan mahrum bo`lgan Xorazm ko`p vaqt o`tmay ya`ni 1044 yil Saljuqiylar 
davlatiga qarm bo`lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o`z ma`murlaridan biri 
Anushtakinni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtakin vafotidan so`ng Xorazmda uning 
vorisi qutbiddin Muhammad noiblik qiladi. U 1097-1127 yillarda noiblik qildi. Garchi u 
«xorazmshoh» unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan ulug’lansada, ammo Sulton 
Sanjarning sadoqatli noibligicha qolgan edi. 
Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrni yarmidan boshlandi. U Qutbiddin 
Muhammadning o`g’li Otsiz nomi bilan bog’liqdir. U 1127-1156 yillarda hukmdorlik qilgan. 
Mohir diplomat va g’ayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmni Saljuqiylar 
tasarrufidan ajratib olib, uning mustaqilligi yo`lida Movarounnahrda va eronda sodir bo`lgan har 
qanday qulay siyosiy vaziyatdan foydalanadilar. Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o`ziga 
bo`ysundirdi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog’liq bo`lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq 
yarim orolini egallaydi. Qang’li va turkmanldarjdan kuchli yollanma qo`shin tashkil etib, bir 


necha bor Sulton sanjarga qarshi isyon ko`taradi. Shunday qilib, Otsiz Kaspiy dengizi 
sohillaridan to Sirdaryoning o`rta oqimiga qadar bo`lgan erlarda, keyinchalik buyuk davlat 
sifatida shuhrat topgan xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi. 
Otsiz siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alouddin (1172-1200) davom 
ettiradilar. XII asrning yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada 
keskinlashadi. 1153 yilda Sulton Sanjarga qarshi ko`chmanchi guzlar isyon ko`taradi. Buning 
oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketadi. 
Bunday siyosiy vaziyatda, shubhasiz Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning 
mustaqilligi yanada mustahkamlanadi. Xorazm davlati ayniqsa Takash davrida juda kengayadi. 
1187-1193 yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oladi. 1194 yilda esa Saljuqiylar 
sultoni Tug’rulga qaqshatqich zarba berib, eronni Xorazmga qaratadi. 1195 yil Takash xalifa 
askarlariga zarba berib, Iroqqa bostirib kirishga muvaffaq bo`ladi. 
Takashdan so`ng uning o`g’li Sulton Muhammad (1200-1220) ham Xorazm davlatini 
kengaytirish siyosatini davom ettiradi. Dastavval u Hirot va uning atroflarini hamda Xurosonga 
zarba beradi. So`ng, u Qoraxoniylardan Movarounnahrni tortib olishga harakat qiladi. Bu davrda 
Movarounnahr og’ir ahvolda qolgan edi. 1206 yil Buxoroda Go`rxonga qarshi qo`zg’olon 
ko`tariladi. Bu vaziyatdan foydalanib, u Buxoroni o`z davlatiga qo`shib oladi. Buxoroni 
egallagach, Sulton Muhammad 1-bo`lib Samarqandni Qoraxitoylardan ozod qiladi. Shunday 
qilib, Xorazm hududi, Orol va Kaspiy dengizi sohilidan Iroqqacha, G’aznadan to Ettisuv va 
Dashti Qipchoqqacha etgan ulkan mamlakatga aylanadi. 
XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati gullab-yashnadi. Shu paytga kelganda 
Mo`g’ullar davlati vujudga keldi. Chingizxon boshliq Mo`ng’ul tez orada kuchli harbiy davlatni 
tashkil etdi. Chingizxon 1206 yil naymanlarni bo`ysundirdi. 1207-1208 yillarda Ettisuv, enasoy 
xavzasi va uyg’urlar bo`ysundirildi. 1211-1214 yillarda Chingizxon Shimoliy Xitoyni 
bo`ysundirdi. Xitoy bo`ysundirilgach, Chingizxon 1218-1219 yillarda Sharqiy Turkiston va 
ettisuv viloyatlarini talofotsiz qo`lga kiritdi. 
Chingizxon O`rta Osiyo viloyatlarini bosib olishga kirishdi. Hali Xitoy zafari qo`lga 
kiritilmayoq, bu ikki hukmdor bir-birini o`rganishga kirishib ketdi. Ikki o`rtada elchilik aloqalari 
boshlandi. Bu o`rinda musulmon savdogarlari muhim o`rin tutdi. 
1216 yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o`z 
elchilarini yuboradi. 1218 yil bahorida Mahmud Yalovoch boshliq chingizxon elchisini 
yuboradi. Sulton Muhammad elchilarni Buxoro shahrida qabul qiladi. 
Chingizxon Xorazmshoh bilan shartnoma tuzish uchun 1218 yilda juda katta elchilarini 
Xorazmgayuboradi. Lekin bu karvon O`tror shahri hokimi Inalxon (Qodirxon) farmoni bilan 
talon-taroj qilinadi. Bundan xabar topgan Chingizxon Ibn Kafroj Bug’ro boshliq elchilar 
yuboriladi. Bunga ko`ra, Xorazmshoh Ianlxonni Chingizxonga topshirishi kerak edi. 
Xorazmshoh Chingizxonga javoban bu elchilarni o`ldirib yuboradi. Urush muqarrar bo`lib 
qolgan edi. 
Chingizxon shunday qilib, o`z qo`shinlarini G’arb tomon yo`naltirdi. U dastlab Sharqiy 
Turkiston va ettisuv viloyatldarini zabt etishdan boshladi. 1219 yilning kuzida Chingizxon 
o`g’illari Chig’atoy, O`qtoy va Jo`ji bilan birga Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. 
Chingizxon qo`shini qadimgi yo`l bilan ili daryosi bo`ylab Shimoliy Farg’onadan o`tib, Janubiy 
Qozog’istonda sirdaryo bo`yida joylashgan O`tror shahri ustigsha yurish qildi. Bu shahar 
yaqinida qo`shin to`plab, movarounnahrni tezroq zabt etish uchun kuchlarni 4 qismga bo`ldi: 
1) Chig’atoy va o`qtoy boshchiligida O`trorni qamal qilish; 
2) Jo`ji boshliq Sirdaryo etagi shaharlar-Sig’noq, O`zgan, Jand, Yangikent shaharlarini zabt 
etish; 
3) Oloqnuyon va Sunetucho`rbiy boshliq, Sirdaryoning o`rta sohillari shaharlarini bosib 
olish; 
4) Chingizxon boshliq Buxoro shahrini egallashdan iborat edi. 
O`tror hokimi Inalxon shaharni dushmandan qattiq himoya qildi. Unga yordamga kelgan 
Qoracha nojib mo`g’ullar tomoniga o`tib ketdi. 6 oylik qamaldan so`ng shahar dushman 


tomonidan egallandi. Inalxon asir olinib, Samarqandga olib borildi va Ko`ksaroyda qiynab 
o`ldirildi. Bu asnoda chingizxon boshliq kuchlar sirdaryo janubidagi Zarnuq va nur qal`alarini 
jangsiz qo`lga kiritdi. 
1220 yilning fevralida Chingizxon Buxoro yaqiniga etib keldi. Shaharni uyg’ur Go`rxon 
boshchiligida Ixtiyoruddin Qo`shlu, Inanchxon, Xamid To`ra, Suyanchxon kabi yirik 
sarkardalari bor edi. 
1220 yil 16 fevral’ kuni shahar ahli mo`g’ullarga taslim bo`ldi. Lekin Go`rxon taslim 
bo`lmay, shahar arkida 12 kun davomida qarshilik ko`rsatdi. Buxoro Chingizxon tomonidan er 
bilan yakson qilindi. 
Buxoro zabt etilgach, navbat Samarqandga etib kelgan edi. 1220 yil mart oyida Chingizxon 
shahar atrofiga etib keladi. Shahar noibi To`g’ayxon qamalga jaddiy tayyorgarlik ko`rgan edi. 
Shahar qanchalik qarshilik ko`rsatmasin, mo`g’ullar hujumini enga olmadi. Shaharning 30 
(o`ttiz) ming kishisi asir olinib haydab ketildi. 
Bu davrda Jo`jixon Sig’moqqa hujum qildi. Sig’noq aholisi 7 kun o`zini dushmandan 
himoya qildi. Lekin kuchlar teng emas edi. O`zgan shahri deyarli jangsiz qo`lga kiritildi. Ammo 
Barchinlig’kent esa kuch bilan qo`lga kiritildi. (1220 yil aprel’) 1 oydan so`ng mo`g’ullar Jandga 
hujum qildi. Shahar noibi Qutlug’xon Xorazmga qochdi. Shahar vayron etildi. 
Binokat hokimi elatxumalik shaharni dushmandan 4 kun himoya qildi. Xo`jand hokimi 
Temur Malik dushman bilan oxirgi nafasigacha kurash olib bordi. Hatto dushmandan Yangikent 
shahrini qaytarib ham oldi. 
1220 yil yozida Naxshab, kuzda esa Termiz shaharlari mo`g’ullar tomonidan zabt etildi. 
Shundan so`ng Chingizxon qo`shinlarini to`plab, Xorazm shohlari markazi-Urgansga yo`naltirdi. 
1221 yilning boshlarida endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e`lon qilingan Jaloliddin 
Manguberdi g’archi Xorazm mudofaasiga jiddiy kirishdi. Lekin fitna tufayli Jaloliddin Temur 
Malik bilan Xurosonga ketishga majbur bo`ldi. Boshqa shahzodalar O`zloqshoh va Oqshohlar 
ham Urganchni tark etdi. Poytaxt Xumortakin qo`liga o`tdi. 1221 yilning qishida mo`g’ullar 
Urganch atrofiga etib keldi. Mo`g’ullar shaharni qo`lga kiritdi, lekin shahar ko`chalarida janglar 
boshlandi. Shayx Najmiddin Kubro boshchiligida mo`g’ullarga kurash olib bordi va 
qahramonlarcha halok bo`ldi.
Urganchni qo`lga kiritgan mo`g’ullar Balx, Xirot, Marv va G’azna shaharlariga yurish 
boshladi. Lekin bu erda Jaloliddin manguberdi qarshiligiga duch kelishdi. 1221 yil Parvona 
dashtida jang bo`lib o`tdi. Bu jang mo`g’ullar mag’lubiyati bilan yakunlandi. Hind daryosi 
bo`yida 1221 yil noyabr’ oyida navbatdagi to`qnashuv yuz berdi. Bu jangda mo`g’ullar 
Jaloliddinga qaqshatqich zarba berdi. Jaloliddin 12 yil davomida mo`g’ullarga qarshi 
mardonavor kurash olib bordi. 1231 yil kurdlar tomonidan o`ldirilgan. Va tariqa 140 yil 
hukmronlik qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati batamom halokatga yuz tutdi. 
XII asrning oxiri XIII asr boshlarida xorazmshohlar saltanati tasarrufidagi o`lka va 
viloyatlar hududlarining kengligi, Sharq davlatlari o`rtasida saltanat sohibqironlarining nufuzi 
jihatidan u buyuk davlat hisoblanardi. Xorazm va Movarounnahrdan tashqari hozirgi 
Afg’oniston erlari va eronning kattagina qismi ham uning tasarrufida edi. Davlat qang’li-qipchoq 
va turkmanlardan tuzilgan muntazam qo`shinga ega edi. Bu qo`shinning umumiy soni 
Chingizxon qarbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Saltanatni hokimlar, noiblar, 
vazirlar, qo`shin boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aristokratiya (daftardor hisobchilar) qozilar 
va boshqa ko`pgina saroy mansabdorlaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turardi. 
Yuqori amaldorlarning ko`pchilik qismi yirik er-suvlarga ega bo`lgan mulkdor oqsuyak tabaqani 
tashkil etardi. Ko`pgina mansablar odatda, o`rta asrlar jamiyati sharoitida keng tarqalgan, ota-
bobodan meros bo`lib o`tar edi. An`anviy tusga kirgan bunday hol davlat mansabdorligi eng 
munosib shaxslarni tanlab qo`yish imkoniyatidan mahrum qilar edi. Mansabdorlar davlat tang 
ahvolga tushib qolgan paytlarda o`z vazifalarini tashlab ketar va podshoga itoatsizlik qilib, 
o`zboshimchalik bilan o`z bilganlaricha yo`l tutar edilar. Shunday qilib, sirtdan juda kuchli, 
nufuzidan buyuk ko`ringan xorazmshohlar davlati siyosiy jihatdan unchalik mustahkam emas 
edi. Hatto ayrim viloyat hokimlari xorazmshohlarga nomigagina bo`ysunib, amalda deyarli 


mustaqil edi. 
Mamlakat tojdori Sulton Muhammadning hokimligi shu sababli arkoni davlat doirasida 
unchalik nufuzga ega emas edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm 
surardi. Ayniqsa, Turkon Xotun, «Turklar onasi» nomi bilan shuhrat topgan Sulton 
Muhammadning zabardast volidasi qo`shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq 
oqsuyaklari bilan urug’-aymoq aloqalari orqali mahkam bog’langan edi. O`z qabiladoshlari 
manfaatlari yo`lida saroyda ko`tarilgan barcha fitnalarga bu shaddod ona boshchilik qilar edi. 
Hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg’unlashtirib qo`ygan edi. Mamlakat holatining eng 
achinarli tomonlaridan yana biri shunda ediki, og’ir soliqlardan ezilgan Xorazm xalqining sulton 
Muhammadga nisbatan e`tiqodi ham susayib ketgan edi. Ichki nizo boshboshdoqlik va 
fuqarolarning noroziligi kuchayi, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan bir paytda 
xorazmshohlar davlati jangari mo`g’ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor 
bo`ldi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish