Узбекстан тарийхы лекция


 Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O`zbek xalqining



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

2. Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O`zbek xalqining 
shakllanishi 
O`zbek elatining alohida etnik birlik (elat) bo`lib shakllanishida ushbu elatning ilk 
ajdodlari bo`lgan tub erli etnik birliklar, ya`ni ikki til (turkiy va eron) turkumidagi qavmlarning 
aralashuvi alohida o`rin tutadi. Ikki til guruhidagi etnoslarning aralashuv jarayoni sak-
massagetlardan, ular yashagan hududlarga qiyosan aytganda xorazmiylar, baqtriylar, 
sug`diyonaliklardan boshlangan. Antropolog olim T.Q.Xo`jaevning tadqiqot xulosalariga ko`ra, 
yurtimizda hozirgi o`zbeklarga xos antropologik qiyofa mil. avv. III-II asrlarda shakllanib 
bo`lgan. Keyinchalik shimoliy-sharqiy hududlardan O`rta Osiyoga ko`plab turkiy etnik 
guruhlarning kirib kelishi va mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni kuchayib boradi. 
Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy etnik 
guruhlarning Sug`diyona, Baqtriya, Farg`ona vohalariga kirib kelishi sodir bo`ladi. Ular Xitoy 
manbalarida yuechjilar deb ataladi. Yuechjilar mahalliy hukmdorlar ustidan g`olib kelib, 
hokimiyatni egallaydilar va milodiy IV asrgacha davlat hokimiyatini boshqaradilar. Bir necha 
asrlik bu tarixiy jarayon davomida yuechjilar deb nomlangan turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi 
bilan aralashib, qo`shilib ketadilar. Milodiy IV-V asrlarda O`rta Osiyo hududiga xioniylar, 
kidariylar, eftaliylar nomli turkiy etnik guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag`darilib, 
hokimiyat avval kidariylar, keyinroq eftaliylar qo`liga o`tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O`rta 
Osiyoda yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar 
mahalliy aholi tarkibiga qo`shilib ketadilar. 
Milodiy VI asr o`rtalaridan boshlab O`rta Osiyo erlarining Turk xoqonligi tasarrufiga 
o`tishi bilan bog`liq holda bu hududda sharqdan turli turkiy urug`, qabilalarning kelib joylashishi 
va o`troqlashishi jarayoni yanada kuchayadi. Ayni paytda bu erlarda o`rnashgan turkiy etnik 
guruhlar o`zlariga xos ko`plab milliy an`analar, udumlar va marosimlarni ham olib kelganlar. Bu 
esa, bir tomondan, bu hududda aholining aralashish-qo`shilish jarayoniga sezilarli tasir 
ko`rsatgan, bu erda azaldan yashab kelgan aholining turkiy qatlami salmog`ining ko`payib 
borishiga bois bo`lgan. Ikkinchi tomondan, o`lka hayotida kechgan bu tarzdagi etnik 
o`zgarishlar, shu hududda yashagan xalqlarning bir-birlari bilan yaqinlashib, madaniy-ma`naviy 


aloqalarining o`zaro boyib, taraqqiy etishiga ijobiy ta`sir ko`rsatib borgan. 
Turk xoqonligi hukm surgan VI-VIII asrlarda yurtimizning sharqiy, hususan Farg`ona, 
Shosh xududlariga turkiy etnosga mansub urug`, qabilalarning kirib kelishi kuchayadi. Ularning 
ko`pchiligini qarluqlar tashkil etardi. VII asr o`rtalariga kelib Farg`ona vodiysining sharqiy va 
markaziy erlarida qarluqlar mustahkam o`rnashib oladilar. Shuningdeq Toshkent vohasining 
tog`li va tog` oldi tumanlari aholisi tarkibining ancha qismini ham qarluqlar tashkil etgan. 
Ularning ko`pchiligi o`troq hayot kechirib, turli xil xo`jalik yuritish tizimini yaratib 
borganlar. Ular yashagan joylar o`z orastaligi, obodonligi, gavjumligi bilan ajralib turgan. ettisuv 
kengliklarida, Chu vodiysi, Issiqko`l tomonlarda ham qarluqlarning katta qismi yashagan. Chu 
vodiysi atroflarida ularning nisbatan rivojlangan shahar va qishloqlari mavjud bo`lib, ularda 
iqtisodiy va madaniy hayot darajasi bir muncha yuqori bo`lgan. Aholining ancha qismi 
dehqonchiliq hunarmandchik savdo sotiq singari kasblar bilan shug`ullangan. 200 yil davom 
etgan Turk hoqonligi davrida evroosiyo kengligida yashovchi bir qancha turkiy qabilalarning 
birlashib borishi natijasida yirik qabila ittifoqlari, katta-kichik davlatlar vujudga keldi. 
Xoqonlikning barcha hudud aholisiga tushunarli yozuv va til shakllanadi. Xoqonlik davrida 
tashkil topgan o`g`iz, uyg`ur, qipchoq, qirg`iz va boshqa etnik uyushmalar o`rta asrlar davomida 
vujudga kelgan bir qancha elatlarning shakllanishiga asos soladi. Hozirgi kunda evroosiyoda 
mavjud bo`lgan turkiy xalqlarning, jumladan, o`zbek xalqining etnogenezi xoqonlik davridagi 
turkiy dunyo bilan bevosita bog`liq va shuning uchun bu elatlar qondosh xalqlar hisoblanadi. 
X asr o`rtalarida sharqiy Turkiston, ettisuv kengliklarida yashagan qarluq, chigil, yag`mo 
va boshqa turkiy qabilalarning Abdulkarim Sotiq Bug`raxon boshchiligida Qorahoniylar nomi 
bilan atalgan markazlashgan yirik turkiy davlatga birlashuvi turkiy elatlar tarixiy taqdirida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraxoniylar davlati 
hududining Turonzamin tomon kengayib borishi va buning natijasida Somoniylar sulolasining 
inqirozga yuz tutib, butun Movarounnahr bo`ylab Qoraxoniylar hukumronligining o`rnatilishi 
jarayonida bu zaminga sharqdan ko`plab turkiy urug` va qabilalarning kelib joylashishi sodir 
bo`ldi 
Qarluqlar 
Chigillar 
Yag`molar 
Arg`ular 
Turgeshlar 
Uyg`urlar 
Qirg`izlar IX-X asrlarda Movarounnahr xududlariga kelib o`rnashgan turkiy elatlar 
Yabakular v.b. 
Agar avval boshda bu qavmlarga mansub aholi asosan Movarounnahr o`lkasining Farg`ona 
vodiysi yoxud Shosh vohalariga kirib kelgan bo`lsa, keyinchalik ular bu zaminning boshqa 
hududlarida ham o`rnashib, o`troqlashib bordi. Bu hol, shubhasiz, yurtimiz aholisining etnik 
tarkibida jiddiy o`zgarishlarga olib keldi. Buning natijasida o`lkada yashab kelgan tubjoy aholi 
tarkibi, uning turmush tarzi, ma`naviy hayoti, milliy qadriyatlari sezilarli o`zgarishlarga ro`baro 
keldi, muhim yangiliklar bilan boyidi. Ayni chog`da aholi tarkibida yuz bergan qo`shilish 
jarayoni orqasida turkiy etnoslarning salmog`i va ta`siri ortib bordi. Kirib kelgan turkiy elatlar 
Turonzamin hududini makon tutib, bu erdagi erli aholi bilan qo`shilishib, ularning turmush tarzi, 
udumi, urf-odatlari, marosimlarini o`zlashtirish, qabul qilish barobarida o`zlariga xos ko`plab 
betakror udumlaru qadriyatlarni, ma`naviyat sarchashmalarini o`lka hayotiga olib kirdi, 
singdirdi. Zotan, «Har qanday tsivilizatsiya ko`pdan-ko`p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining 
va samarali ta`sirining mahsulidir». Shu tarzda o`zbek xalqining shakllanishida muhim omil 
hisoblangan madaniy, ma`naviy, psixologik umumiylik tarkib topadi. 
Eng muhimi, xuddi shu asrlarda o`zbek adabiy tili uzil-kesil shakllandi. O`zbek tilining 
shakllanishida qarluq-chigil lahjasi muhim o`rin tutdi. O`zbek tilida umumbashariy g`oyalar va 
qarashlarni o`zida ifoda etgan ko`plab yuksak umrboqiy asarlarning yaratilishi buning yorqin 
isbotidir. O`zbek tilining yuksak badiiy jarangdorligi, boyligi va qudrati jihatidan o`sha davrda 


keng e`tirof topgan arab va fors-tojik adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko`rsatadi. Xususan, 
Mahmud Qoshg`ariyning «Devoni lug`atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig», 
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i singari yuksak 
insonparvarlik g`oyalari ruhi bilan sug`orilgan baquvvat asarlar bunga misol bo`la oladi. Taniqli 
yozuvchi A.Ibrohimov so`zlari bilan aytganda, «Barcha turkiy xalqlar davrasida faqat bizkim, 
o`zbeklar birinchi voris o`laroq Ahmad Yassaviy she`riyatini asliyatida - bevosita o`qiymiz, 
chunki Ahmad Yassaviy tili o`zbek adabiy tilining xalqchil va yorqin namunalaridan biridir. 
Ahmad Yassaviy «Hikmati» barcha o`zbeklar uchun xuddi shu zamonda yozilgandek tushinarli 
va yoqimlidir». 
Shunday qilib, o`lkamizda uzoq yillar davomida yuz bergan etnik jarayonlar natijasida 
o`zbeklar IX-X asrlarda etnik birlik - xalq bo`lib shakllanadilar. Uning asosini o`lkada muqim 
yashab kelgan tub erli aholi tashkil etadi. Kirib kelgan turkiy tilli etnik guruhlar ham o`zbek 
xalqining shakllanishida qatnashgan asosiy komponentlar hisoblanadi. Lekin ularning soni 
mahalliy aholidan kam bo`lgan, ular turg`un aholi bilan aralashib, qorishib ketganlar. Keyingi 
davrlarda ham shakllangan o`zbek xalqi tarkibiga boshqa etnik guruhlarning kirib kelishi va 
qorishuvi davom etdi. XIII asrda Mavorounnahr va Hurosonda mo`g`ullar bosqini va hukronligi 
davomida etnik aralashuv jarayoni davom etdi. Mo`g`ullar bilan birgalikda ularga tobe qo`shni 
yurtlardan bir qator turkiy qavmlar-jaloirlar, barloslar, kavchinlar, arlotlar kabi turkiy urug`, 
qabilalar bu erga kelib vatan topdilar. Jumladan, barloslar Qashqadaryo vohasiga joylashgan 
bo`lsa, jaloirlar esa ko`proq Ohongaron vodiysida qo`nim topdilar. Kavchinlar bo`lsa asosan 
Farg`ona vodiysi, Qoshg`ar hududlari bo`ylab joylashdilar. Arlotlar esa Surhon vohasi janubida 
va Afg`onistonning shimoliy mintaqasida o`rnashib, bu hududlarda yashovchi aholi tarkibiga 
singib ketdilar. O`rta Osiyoga kelib joylashgan mo`g`ul jamoalari ham asta-sekin utroq hayotga 
o`tib, o`zlariga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo`lgan erli aholining urf-odatlari, 
udumlari, turmush tarzi, musulmon dini e`tiqodlarini qabul etib, ko`p hollarda ular bilan 
aralashib bordi. Ayniqsa XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu xududda mo`g`ullarning 
islomni rasmiy din sifatida e`tirof etishi va unga e`tiqod qilishi, shuningdeq ularning o`troq 
hayotga o`tib borishi, turkiy (o`zbek) tilda to`liq muomala yuritishi – bular o`zaro qo`shilish 
jarayonining muhim omili bo`ldi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish