xohlaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asarida
ta`kidlanganidek: «har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar
bo`lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday
kechgan, degan savollarni o`ziga berishi tabiydir… Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun
manna shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to`g`ri xulosalar chiqaradi».Ko`plab
ishonchli tarixiy ma`lumotlar, manbalar, ashyoi dalillar barcha xalqlarning etnik shakllanishi
uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta`sirida sodir bo`lganligini
tasdiqlaydi. O`zbek xalqining shakllanishi ham uzoq tarixiy jarayon mahsuli bo`lib, uning o`q
tomirlari shu yurt
zaminida azal-azaldan yashab, uni o`ziga makon tutib, chuqur ildiz otib,
muttasil moddiy va ma`naviy madaniyat namunalarini yaratib kelgan qadimiy urug`, qabila va
elatlarga borib qadaladi. Shu o`rinda urug`, qabila, xalq tushunchalari to`g`risida ham bir qadar
to`xtalib o`tmoqlik joiz bo`ladi. Negaki, ular haqida aniq tasavvur hosil qilish, nazarimizda, etnik
jarayonlar o`zgarishining mazmun-mohiyatini to`g`ri tushunishda g`oyatda muhimdir.
Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog`langan, bir tomirga borib taqaladigan,
turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan urug`lar hosil bo`lgan. Urug`
jamoasining o`z etakchisi - oqsoqoli bo`lgan. Urug`
jamoasi hamma narsada, har bir masalayu
sa`y-harakatlarda oqsoqolning izmida bo`lgan.
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo`lib, qon-qorindoshlik munosabatlari, bir
necha urug`larning birikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o`ziga xos tili, hududi, qabila
a`zolarining o`zaro hamkorligi, qabila nomi, o`ziga xos an`analari bo`ladi. Qabila hayotiga doir
ishlarga boshchilik qiladigan
qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo`yicha qabila
yig`inlari o`tkazilgan. Qabilalar o`rtasida etniq xo`jaliq moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi
natijasida ular qo`shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning etakchi, nufuzli guruhi nomi
bilan yangi etnik birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy,
iqtisodiy, til va madaniy
umumiylik asosida tarkib topadi. Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar
yo`li bilan o`rganilib, isbotlangan qanchalab dalili ashyolar bu hududda yashagan ulug`
o`tmishdoshlarimiz miloddan avvalgi ming yilliklar mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining
barcha asosiy bosqichlarini boshdan kechirib,
istiqomat qilib, o`ziga xos hayot tarzini yaratib
kelganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon vohallarida, Farg`ona vodiysi
hududida olib borilgan qidiruv ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 dan ortiq tarixiy
yodgorliklar tahlili hamda boshqa ko`plab mo``tabar dalillar ham to`la tasdiq etadi.
Shularga
asoslanadigan bo`lsaq miloddan avvalgi ming yilliklar davomida bu zaminning yashashga qulay,
tabiiy sharoitlari o`ng`ay bo`lgan joylarida yashagan har xil mahalliy urug`, qabilalar
dehqonchiliq chorvachiliq yilqichiliq ovchiliq baliqchiliq hunarmandchilik bilan shug`ullanib
kelganlar.
Masalan, daryo, ko`llar atroflarida yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan
mashg`ul bo`lgan bo`lsa, cho`lli, adrli joylarning odamlari esa ko`proq chorva, yilqi boqish bilan
band bo`lganlar. Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O`rta Osiyo xududlarida massagetlar,
saklar, sug`diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar.
Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta`qidlashicha, «O`zbek xalqi mazkur hududda
yashagan tub erli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa
qadimgi turkiy xalqlardan
boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi - o`zaro sintez o`zbek elatini va keyinchalik o`zbek
xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo`lib ma`lum bir hududda,
ma`lum tarixiy davrda shakllanadi. O`zbek xalqi ajdodlari ham elat bo`lib, Movarounnahr va
Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda shakllangan».
Eron manbalarida O`rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushmalarining 3 xil
toifasi tilga olinadi:
Saka – Xaumavarga Ular asosan o`lkaning shimoliy-sharqiy qismida, ya`ni Murg`ob vodiysi,
Amuning yuqori oqimida, Oloy, Farg`ona vodiysida yashaganlar.
Saka – Tigraxauda (Cho`qqi qalpoq kiyganlar). Ular Amuning quyi oqimi va Sirdaryoning
o`rta va quyi oqimidan to Orol shimoligacha bo`lgan keng cho`lli hududlarda joylashganlar.