Ot-kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan hosil bo‘ladi? Misollar bilan tushuntiring.
Kesim gapning markaziy bo‘lagi hisoblanib, ega haqida ma’lumot beradi. U nima qildi?, nima qilyapti?, nima qildi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: Men maktabga boraman.
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalangan kesim ot-kesim deyiladi. Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
Ot bilan: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent.
Sifat bilan: Bizning yurtimiz juda go‘zal.
Harakat nomi bilan: Bizning maqsadimiz a’lo baholarga o‘qish.
Olmosh bilan: Bizning maktabimiz – shu.
Ibora bilan: Tepa sochi tikka bo‘ldi.
3. Epidimiologik holat haqida nimalarni bilasiz?
Epidemiologiya (epidemiya va ...logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarning
kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini
olish choralarini ishlab chiqadi. Epidimiologiya fani biologiya, mikrobiologiya, virusologiya,
genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bogʻliq.
Hozirgi vaqtda epidemik kasalliklarning yuzaga kelishi, tarqalishi va yoʻqotilishini
oʻrganuvchi yangi bir yoʻnalish — yuqumli boʻlmagan kasalliklar epidemiologiyasi yuzaga
keldi. Uning asosiy vazifasi bunday kasalliklarning etimologiyasi va patogeneziga doir
maʼlumotlarni tahlil qilish asosida ularga qarshi profilaktika usullarini ishlab chiqish hamda
aholi orasida xavfli oʻsma kasalliklari va boshqalar surunkali yuqumli boʻlmagan
kasalliklardan yuzaga keluvchi oʻlim hollarini kamaytirishdan iborat. Toshkent tibbiyot
akademiyasida, shuningdek, Oʻzbekistondagi mavjud barcha tibbiyot institutlarida, Toshkent
vrachlar malakasini oshirish institutida Epidimiologik kafedralari bor
17- BILET
1. “Barkamol avlod – kelajak poydevori” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
Barkamol avlod - kelajak poydevori
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom bo‘lib o‘sishi, ularning baxt-saodati uchun xizmat qiladi. Yosh avlodning barkamolligi ta’lim sohasini har tomonlama rivojlantirish, yetuk avlodni tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda oila muhim o‘rin tutadi. Sog‘lom va mustahkam oila davlatimiz va jamiyatimiz e’tiboridadir.Shu sababli yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik, har xil zararli ta’sirlardan asrash e’tiborimizdan chetda qolmasligi kerak.
barkamollik – безукоризненность
bunyodkorlik – созидательная деятельность
giyohvandlik – наркомания
axloqsizlik – безнравственность
zararli ta’sirlar – вредное воздействие
1. Matn kimlar haqida?
2. Yurtimizda ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
3. Matndan vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarni topib, daftaringizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |