Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan bir-biriga yaqin bwlgan, balki shaklan va mazmunan wzaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs muayyan madaniy muh’itda yashaydi va faoliyat kwrsatadi. Qolaversa, madaniyatning paydo bwlishi va rivoji shaxsga bog’liq. Ayni paytda shaxsning kamoloti madaniyatni va unga oid tushunchalarni wziga qanchalik singdirishi va buning natijasida munosib avlod bwlib shakllanishiga bog’liq.
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy «Baxt–saodatga erishuv h’aqida» risolasida inson kamolotida jamoaning roli katta ekanligini takidlab shunday deydi: «Kamolotga bir kishining wzi ёlg’iz (birovning ёki kwpchilikning ёrdamisiz) erishuvi mumkin emas. Har bir insonning tug’ma tabiatida va unga lozim bwlgan h’ar qanday ish va h’arakat jaraёnida boshqa bir inson ёki kwpchilik bilan munosabatda bwlish, wzaro aloqa qilish h’issiёti bor, odamzod jinsidan bwlgan h’ar qanday insonning ah’voli shu: u h’ar qanday kamolotga erishuvida boshqalarning kwmaklashuvlariga va ular bilan birlashishga muh’toj ёki majburdir». Uning fikricha, inson wz-wzidan baxtli bwlolmaydi, kamolotga h’am erisholmaydi. «Bu narsa uning h’arakatlariga, meh’natiga, kasb-h’unar egallashiga, bilimiga va fozil jamiyatda yashashiga bog’liq».
Yakka shaxs ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb qilinganligigagina emas, balki uning tabiiy imkoniyatlariga, h’arakatiga, h’issiёtiga, aql–idroki muh’im ijtimoiy mazmun bilan twldirilganligiga va madaniy shakl kasb etganligiga qarab shaxs sifatida qaror topadi.
Madaniyat kishilarga tana azolari orqali, tug’ma h’is–tuyg’u ёki tug’ma istedod kabi tabiatan berilmaydi. Har bir shaxs wzining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak–atrofdagi kishilarning, jamiyatning va wtgan ajdodlarning twplagan tajribalarini wzlashtiradi. Yakka shaxs ijtimoiy amaliёt mah’suli bwlgan madaniyatni wzlashtirish bilan birga, unga tasir h’am etadi. Shaxsning shakllanishi jaraёnida moddiy va manaviy madaniyatni boyitadi. Shuningdek, inson madaniyat normalariga amal qilgan h’olda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy «tabiati»ni h’am wzgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunёsi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi.
Shaxsning madaniyat bilan wzaro munosabati h’ech qachon mukammal va uyg’un bwla olmaydi. İjtimoiy va individual h’aёt bilan umumiy madaniy tushunchalar bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Ammo madaniyat doimo inson h’aёti va faoliyati bilan chambarchas bog’liq bwladi, madaniyat shaxssiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida shaxs wz rivojlanish qonunlariga ega bwlib, borliqqa nisbatan mustaqildir. U madaniyatni wzida mujassamlashtirgan aniq bir ijtimoiy guruh’larning manaviy h’aёtiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo kadriyatlarning eng yirik zah’irasi, tajribalar h’azinasi bwlib qoladi. İnsoniyat avlodlari undan foydalanadilar va ayni paytda unga wz h’issalarini qwshib boyitib boradilar.
Shaxs va madaniyat wrtasidagi munosabat, yuqorida aytib wtganimizdek, murakkab jaraёn h’isoblanadi. Shaxsning ijtimoiy h’aёtda faol ishtirok etishiga imkon yaratuvchi ruh’its va manaviy dunёqarashi ijobiy va salbiy munosabatlari yig’indisidan tashkil topadi. İnsonga ishchanlik, fidoiylik, matonat, wtkir zeh’n kabi ijobiy fazilatlar bilan birga kaltafaxmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, inson manfaatlarini twg’ri tushuna olmaslik, h’aqiqiy qadriyatlarni soxtasidan ajrata bilmaslik illatlari h’am xosdir. Shuning uchun madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlash, balki unga tanqidiy munosabatda bwlish h’am talab etiladi.
Yuqorida qayd etilgan sabablar tasirida muayyan ishlab chiqarish usuli h’ukmronligi sharoitidagi tarixan tarkib topgan ijtimoiy va madaniy muh’itda jamiyat bilan shaxs wrtasida nisbatan wzgaruvchan muvozanat bwladi. Bu muvozanatni h’osil bwlishida madaniyatning ishtiroki salmoklidir.
Xullas, shaxs bilan madaniyatning wzaro munosabatlari quyidagi soh’alarda namoёn bwladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |