Uzbekiston respublikasi


–Mavzu Mustaqillik va madaniy taraqqiёt



Download 1,52 Mb.
bet73/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

15–Mavzu Mustaqillik va madaniy taraqqiёt
Mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida madaniyatimiz katta zarar kwrdi. Ayniqsa kommunistik mafkura maddoh’lari xalqimiz madaniyatini ywq qilishga zwr berdilar. Wzbek xalqi katta ywqotishlarga qaramasdan wzligini, wz milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Manaviy madaniyati yuksak, uning ildizlari baquvvat xalqning ijtimoiy ongidan shu xalq mada­niyatini h’ech qachon tamomila ywq qilish mumkin emas. Demak madaniy merosni tiklash, uni yanada yuksak darajaga kwtarish uchun imkoniyat saqlab qolingan edi.
Mustaqillik davrida milliy adabiёt, sanat, teatr rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-marifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy-marifiy ah’amiyati oshdi. Zero, yuksak manaviyatli jamiyat qurish va jah’on h’amjamiyatiga kirib borish kwp jih’atdan manaviy madaniyatning taraqqiёti va mustah’kamlanishiga bog’liqdir.
Wzbekistonning wz mustaqilligini qwlga kiritishi natijasida manaviy madaniyatning muh’im jabg’asi bwlgan musiqa sanati h’am jadval rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozik tab, sanatsevar va sanat ah’liga talabchan wzbek xalqining musiqasi keng kwlamli manaviyat kwzgusidir. Shwrolar davrida asosan mafkuraviy qurolga aylangan mazkur sanat turi erkinlik ywliga kirdi.
Wzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 dekabrdagi «Respublikada musiqiy talim, madaniyat va sanat wquv yurtlarining faoliyatini yaxshilash twg’risida»gi Farmoniga kwra ularga 6,5 mingta musiqa asboblari va turli xil texnik jih’ozlar ajratilgan. Respublikamiz Prezidentining 1997 yil 8 fevraldagi «Milliy raqs va xoreografiya sanatini rivojlantirish twg’risida»gi Farmoni va Vazirlar Mah’kamasining 1997 yil 21 fevraldagi Qarori «Wzbeknavo» va «Wzbekraqs» birlashmalarining moddiy texnik negizini mustah’kamlashga ёrdam berdi.
Wzbekiston h’ukumati xalqimizning milliy qwshiqchilikka bwlgan ijtimoiy eh’tiёjini etiborga olib milliy ruh’dagi, xalqning kwngliga yaqin musiqa asarlarini yaratishga bwlgan qiziqishni doimo rag’batlantirdi.
İstiqlolniig dastlabki kunlaridanoq musiqa sanati bwyicha qator kwrik-tanlovlar wtkazila boshlandi. Xususan, 1992 yili Toshkent shah’rida tanbur, sato, qwshnay, surnay va boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan respublika kwrik tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida h’avaskor qwg’irchoq teatrlari jamoalarining kwrik-tanlovi, shuningdek, mashh’ur sanatkorlar Jwraxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniёzov, Faxriddin Sodiqov, Janak Shomuratovlarning asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar» deb nomlangan kwrik-tanlovlari wtkazildi. Shu yili Xorazm viloyatida folklor jamoalarining, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning Qwqonda wtkazilgan IX ananaviy kwrik tanlovi, lapar, yalla ijrochilarining Toshkent shah’rida wtkazilgan XI ananaviy kwrik tanlovi milliy sanatimiz rivojiga katta h’issa bwlib qwshildi.
Mamlakatimiz h’ukumati qwshiqchilik sanatidan mustaqillikning manaviy zaminlarini mustah’kamlashda h’am unumli foydalanishga etiborni kuchaytirdi. Shu maqsadda 1995 yil dekabrda «Wzbekiston - Vatanim manim» mavzuidagi qwshiqlar kwrik-tanlovi elon qilindi. Tanlov natijasida yuzlab yangi qwshiqlar yaratildi, u xalq orasidan chiqqan kwplab istedodli sanatkorlarning paydo bwlishiga sabab bwldi.
«Wzbekiston - Vatanim manim» qwshiq kwrik-tanlovining 1996 yil mart oyida bwlib wtgan birinchi bosqichida 54 mingdan ortiq sanatkorlar ishtirok etdi, 10 mingdan ortiq yangi musiqiy asarlar yaratildi.
Bularning barchasini etiborga olib, 1996 yil avgustda «Wzbekiston - Vatanim manim» qwshiq bayrami xaqida» maxsus farmon qabul qilindi. Farmonda fuqarolar qalbida muqaddas Vatan tuyg’usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qwshiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida h’ar yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «Wzbekiston - Vatanim manim» qwshiq bayrami kuni, deb belgilab qwyildi. Ayni paytda, xalqimizning qwshiqchilik sanatiga bwlgan katta qiziqishini etiborga olib, Madaniyat ishlari vazirligi h’uzurida «Wzbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasi tashkil etildi.
Natijada, mazkur kwrik-tanlov h’ozirda ommaviy tus oldi, unda nafaqat wzbek milliy, balki mamlakatimizda istiqomat qilaёtgan boshqa barcha xalqlar vakillarining erkin ijod qilishi, wz sanatlarini namoyish etish imkoniyati yara­tildi. Professional va xalq badiiy ijodiёti asosida sanatning qwshiqchilik turiga teng etibor berilishi, ularning uyg’un rivojlanishiga sharoit yaratilishi tufayli mazkur san­at turi yanada rivoj topmoqda.
1998 yil 26 martda Wzbekiston Respublikasi Prezidenti İ. Karimovning «Wzbekiston teatr sanatini rivojlantirish twg’risida»gi Farmoni elon qilindi. Unga binoan, Wzbekiston tomosha sanatining kwp asrlik ananalarini wrganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr sanatini h’ar tomonlama rivojlantirish, uning moddiy bazasini yanada mustah’kamlash, mamlakatimizda manaviy-marifiy isloh’otlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini taminlash, respublika Madaniyat ishlari vazirligi teatr tashkilotlari negizida va teatr arboblari uyushmasida badiiy zamonaviy sah’nabop asarlar yaratish maqsadida Madaniyat ishla­ri vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida «Wzbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Teatr sanatini rivojlantirish ywlida 1998 yil noyabr oyida wtkazilgan «Xumo» xalqaro ёshlar teatrlarining festivali aloh’ida ah’amiyat kasb etdi. Ushbu festivalda Wzbekiston va İsroil davlatlarining eng yaxshi teatr jamoalari ishtirok etdilar. Mazkur festival doirasida 32 ta spektakl namoyish etildi, ularni 20 mingdan ortiq tomoshabin tomosha qildi.
Mustaqillik yillarida Wzbekistonning xalqaro miqёsdagi madaniy aloqalari kengayib bordi. Milliy teatr sanatimiz soh’asidagi ilg’or yutuqlar chet ellarda namoyish qilib kelinmoqda.
Masalan, faqat 2005 yilda Wzbek Milliy akademik drama teatri sanatkorlari Turkiya, Rossiya mamlakatlarida, Wzbekiston Ёshlari teatri esa Sankt-Peterburg shah’rida wtkazilgan Xalqaro festivallarda ishtirok etishdi.
Wzbekistonda etakchi teatrlardan biri bwlgan Muqimiy nomidagi wzbek davlat musiqiy teatri jamoasi Qoh’ira shah’rida (2005) wtkazilgan Xalqaro teatr sanati festivalida “Twda” spektakli bilan ishtirok etdi. Spektakl mavzusi h’ozirgi davrning eng dolzarb muammosi - ёshlar orasida giёh’vandlikka ruju qwyish kabi mudh’ish xalokatli h’olatlarni sah’nada sanatkorlar mah’orat bilan namoyish qila olishdi. Jah’onning 50 dan ortiq mamlakat teatr jamoalari orasidan wzbek teatr sanatining umidli ёsh ijrochilari mah’orati yuksak bah’olandi. “Eng dolzarb muammoni kwtarib chiqqanligi uchun” nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.
Hozirgi sharoitda Wzbekistonda faoliyat kwrsataёtgan 37 ta dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, qwg’irchoq teatrlari ana shunday vazifalarni bajardilar.
Wzbekistondagi muh’im tarixiy madaniy va badiiy ah’amiyatga ega bwlgan muzeylarning twlaqonli ishlashi uchun qator chora tadbirlar kwrildi. Wzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah’kamasining 1994 yil 23 dekabrdagi «Respublika muzeylarining faoliyatini yaxshilash choralari twg’risida»gi Qarori, Wzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish twg’risida»gi Farmoni 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qwllab-quvvatlash masalalari twg’risida»gi qarori qabul qilinishi bu masalalarga davlat tomonidan aloh’ida etibor qaratilaёtganligini kwrsatadi.
Prezidentning 1998 yil 12 yanvardagi Farmoni esa muzeylar ishida tub­dan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar fao­liyatini muvofiqlashtirish, qwllab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy ёrdam kwrsatishni taminlash maqsadida Mada­niyat ishlari vazirligi qoshida «Wzbekmuzey» jamg’armasi tashkil etildi, wzbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, manaviy-marifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali tasis etildi1.
Respublikamiz mustaqilligining 15 yilligiga Boysunning swlim joylarining birida qad kwtargan h’unarmandchilik markazi va xalq amaliy sanat muzeyi xalq ananaviy memorchiligi andozasida ochildi. Bunday muzeylarning ochilishi bir tomondan davlatimizni ananaviy qadriyatlarimizga, boy madaniy merosimizga katta etiboridan dalolat beradi, xalqning wz tarixi, madaniyati, sanatiga bwlgan h’urmatini oshiradi. Eng asosiysi wsib kelaёtgan ёsh avlodni vatanparvarlik ruh’ida tarbiyalashga xizmat qiladi. Mwjizalarga boy yurtimizning chekka tumanida barpo etilgan bu muzey h’am wziga xos tarbiya wchog’i, wtmish bilan bugunni, bugun bilan kelajakni bog’lab turuvchi muh’im madaniy vositadir.
Abdulxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi, Bah’ouddin Naqshbandning 685 yilligi munosabati bilan Bah’ouddin Naqshband memoriy majmuasida joylashgan «Bah’ouddin Naqshband tarixiy muzeyi» qayta tashkil etildi. Bu moziygoh’ tasavvuf tarixiga bag’ishlangan Respublikamizdagi yagona muzeydir. Ekspozitsiya ilmiy xronologiyasi milodning VII asridan h’ozirga qadar bwlgan davrni wz ichiga oladi.
Respublikamizdagi eng ёsh Wzbekiston kino sanati muzeyi 2005 yil 22 fevralida ochildi. Keyingi yillarda yig’ila boshlagan kino tarixiga oid ashёlar muzey eksponatlaridan joy oldi. Wzbekiston kino sanatida eksponatlar, fotosuratlar, stsenariylar, montaj varaqalari va boshqa h’ujjatlar twplanib, 30 mingdan ortiq saqlash birligidan iborat katta xazinaga aylandi. Hozirgi kunda muzey jamg’armasida Wzbekiston kino sanati tarixini muh’rlagan 5000 dan ortiq surat va negativ, wtgan asrning 20-50 yillarida suratga olingan 48 badiiy film saqlanmoqda. Shulardan 5 tasi YuNESKO «Oltin jamg’armasi» rwyxatiga kiritilgan. Ular orasida «Toh’ir va Zuh’ra», «Alisher Navoiy» kabi mashh’ur tasmalar mavjud. Wzbekiston kino sanati muzeyining tashkil etilishi xalqimiz madaniy taraqqiёti ywlida qilingan muh’im ishlardan biri bwlib koladi.
Mustaqillik yillarida Toshkent, Samarqand va Shah’risabzda buyuk Soh’ibqiron Amir Temur bobomizga, Farg’ona va Quvada al-Farg’oniy, Andijonda Zah’iriddin Muh’ammad Bobur, Xorazmda Jaloliddin Manguberdi, Samarqand h’amda Nukusda Mirzo Ulug’bek, Termizda Alpomish, Navoiy shah’rida h’azrat Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimizga bag’ishlab ёdgorlik va majmualar barpo etildi. Ulug’ allomalarimiz yashab wtgan joylarning h’ammasi muqaddas qadamjolarga aylantirilmoqda. 2006 yili Qarshi shah’rining 2700 yilligi, Xorazm Mamun akademiyasi tashkil etilganligining 1000 yilligi tantanalari bwlib wtdi. 2007 yilda esa qadim Samarqandning 2750 yilligi h’amda Marg’ilon shah’rining 2000 yilligi YuNESKO bilan h’amkorlikda keng nishonlanadi.
Xalqimizning boy tarixi, madaniy merosi va yuksak qadriyatlarini mustaqil Wzbekistonning madaniy qiёfasini kwrsatuvchi omil darajasiga kwtarish va bu bilan xalqimizni, ajdodlarimiz merosi va ularning mislsiz bunёdkorlik xizmatlarini muzey vositalari bilan namoyish etish orqali fuqarolarimizda istiqlolimizning qadrini yanada chuqur anglash tuyg’ularini shakllantirish muzeylar faoliyatining bugungi kundagi asosiy vazifasi h’isoblanadi.
Wzbekiston mustaqillikni qwlga kiritgandan swng h’unarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq h’unarmandchiligi bozor qoidalarida qaytadan tiklandi. Wzbekistonda mah’alliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida ular mayda davlat korxonalariga aylantirildi, yangi h’unarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik nafaqat ichki bozorga balki eksportga h’am ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli h’am wzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi meh’nat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995yil 24-25 oktyabrda Toshkentda BMTning Wzbekistondagi vakolatxonasi bilan amaliy h’amkorlikda xalq ustalari va h’unarmandlari 1- Respublika yarmarkasi wtkazildi. 1997 yilda Respublika xalq amaliy sanati va h’unarmandlari ustalarining “Usto” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentining 1997 yil 31 martidagi “Xalq badiiy h’unarmandchiligi va amaliy sanatini yanada rivojlantirishni davlat ywli bilan qwllab-quvvatlash chora-tadbirlari twg’risida”gi farmoni va boshqa tadbirlar Wzbekistonda h’unarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan bazi turlarini qayta tiklashda muh’im ah’amiyatga ega bwldi. Hunarmandlar maxsus tashkilot – “Hunarmand” Respublika uyushmasiga birlashtirildi; h’unarmandchilik subektlari Wzbekistonda tadbirkorlar va fermer xwjaliklarining h’ar yili wtkaziladigan “Tashabbus” respublika kwrik-tanlovida ishtirok eta boshladilar. 1996-2005 yillar mobaynida 10 nafar h’unarmand xalq h’unarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun “Tashabbus” tanlovining g’olibi deb topildi.
Mustaqillik yillarida tarixiy obidalarni tiklash va tamirlash ishlariga katta etibor berilmoqda. Xususan, Buxorodagi tarixiy obidalarda tiklanish ishlari amalga oshirildi (Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon, Toqi Sarrofon savdo rastalari, Sarrofon h’ammomi, Bozori Kord va boshqalar). Bundan tashqari, Somoniylar maqbarasi, Abdullaxon, Nodir Devonbegi madrasalari, Ark majmuasi Wzbekiston ustalari, tajribali mutaxassislar memorlar, pardoz ustalari jalb etilgan h’olda tiklandi.
Xivaning 2500 yilligiga bag’ishlab shah’ardagi bir qator majmualarning twliq ёki qisman qayta tiklanishi amalga oshirildi (Muh’ammad Aminxon, Matniёz Devonbegi madrasalari, Kalta Minor minorasi, Toshh’ovli saroyi, Pah’lavon Mah’mud memorial majmuasi, Musa twra madrasasi, Nurullaboy saroyi, Juma masjid, İslomxwja minorasi, Ark masjidi, Olloqulixon savdo rastasi va boshqalar). Ah’mad al-Farg’oniyning 1200 yilligiga bag’ishlab Farg’ona va Quva shah’arlarida ёdgorliklar wrnatildi.
Din. Barcha sobiq shwro respublikalarida 1990 yilgacha RSFSR h’ukumatining 1929 yil qabul qilingan “Diniy uyushmalar twg’risida”gi qarori amalda edi. Mustaqillik qwlga kiritilgach, Wzbekistonda obektiv ravishda diniy omil kuchaydi.
Masjid va madrasalar, Makka va Madinaga h’aj va umra qiluvchilar, erkin tarqalaёtgan diniy adabiёtlar soni keskin ortdi. 1991 yilda Wzbekiston h’uquqiy tajribasida birinchi bor “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar twg’risida” qonun qabul qilindi. Qonunda diniy tashkilotlar faoliyatining yangi sharoitdagi h’uquqiy asoslari, davlat organlari bilan wzaro munosabatlari aniq belgilab berilgan.
Ushbu qonun h’ar bir fuqaroga mustaqil, ixtiёriy ravishda wzining dinga munosabatini ifoda etish imkonini beradi. Davlat uning organlari diniy tashkilotlar ichki faoliyatiga aralashmaydi, diniy marosimlarni cheklab qwymaydi. Barcha diniy tashkilotlar va teng h’uquqqa egadirlar. Diniy tashkilotlar, wz navbatida, davlatning sekulyar (dunёviy) xarakterini etirof etadi. Diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan bwlsa-da, jamiyatdan, uning ijtimoiy-madaniy va boshqa soh’alaridan ajratilgan emas.
Mustaqil Wzbekistonda davlat organlari va diniy tashkilotlar rah’barlari wrtasida wzaro h’amjih’atlik va xayrixoh’lik munosabatlari qaror topdi. 1992 yildan Rwza h’ayiti (İyd al-Fitr) va Qurbon h’ayiti (İyd al-Adh’o) bayramining birinchi kunlari dam olish kuni deb elon qilindi. İslom talimoti va falsafasini keng wrganish, wzbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur ilmiy tadqiq etish, yuqori malakali dinshunos, h’uquqshunos va iqtisodchilarni tayёrlash maqsadida Toshkent islom universiteti ochildi (1999). Universitet h’uzuridagi gimnaziya, litsey, bakalavriat, magistratura, aspirantura bosqichlarida 1,5 mingga yaqin ёshlar tah’sil oladi (2005). Universitet qoshida tadqiqot markazi tashkil etilgan. Markaz respublikada islom tarixi va islomshunoslik bwyicha olib borilaёtgan tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi va zarur ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi.
2006 yil 1 yanvar h’olatiga kwra, respublikada 2186 ta diniy tashkilot, jumladan, 1987 ta masjid rasmiy rwyxatdan wtgan. İmomlarning 484 nafari (24,4%) oliy, 1194 nafari (60,1%) wrta maxsus diniy malumotga ega. Respublikada Toshkent islom instituti (İslom mah’adi), wrta maxsus islom bilim yurtlari h’amda pravoslav va protestant seminariyalar mavjud. Barcha dindorlar Wzbekistonda va xorijda nashr qilingan diniy adabiёtlardan erkin foydalanmoqdalar. Alouddin Mansur tomonidan Quronning wzbek tilidagi dastlabki izoh’li tarjimasi “Sharq yulduzi” jurnalining 1990-92 yilgi sonlarida elon qilindi, swng “Chwlpon” nashriёtida jamlanib kitob h’olida nashr etildi. 2001 va 2004 yillarda Toshkent islom universiteti nashriёti Abdulaziz Mansurning «Quroni Karim manolarning tarjimasi va tafsiri»ni chop etdi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish