Uzbekiston respublikasi


Wrta Osiё va jah’on madaniyati bosqichlari



Download 1,52 Mb.
bet23/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Wrta Osiё va jah’on madaniyati bosqichlari. Wrta Osiё h’ududidagi madaniy jaraёn dunё madaniyatidan ajralmagan h’olda shakllandi. Yuqorida Selengur madaniyati va Mustir madaniyatining Wzbekiston h’ududida amal qilgani twg’risida qisqacha aytib wtdik. Wzbekiston h’ududida keng tarqalgan va uzoq yashagan madaniy bosqichlardan biri Kaltaminor madaniyatidir.
Kaltaminor madaniyatida madaniy obidalarning wziga xosligi aniqroq kuzatiladi. Miloddan oldingi IV - II ming yilliklarga oid Xorazmdan topilgan madaniy ёdgorliklar Kaltaminor madaniyati deb yuritiladi. (Bu nom arxeologik ёdgorlik topilgan joydagi kanalning nomidan olingan.) İnsonlar istiqomat qilgan joy Jonbos qala deb nom oldi. Jonbos qalada yashagan odamlarning h’aёt tarzi Kaltaminor madaniyati twg’risida qisman tasavvur beradi. Jonbos qaladagi h’aёt twg’risida mashh’ur arxeolog olimlar S.P.Tolstov, Ya.Gulomov, İ.Jabborov va boshqalar kwp dalillar keltirganlar.
Jonbos qalaning h’ajmiga asoslanib, bu qalada 100 – 120 kishidan iborat bir qabila istiqomat qilgan, deb taxmin qilish mumkin. Qalaning wrtasida olov ёnib turadigan wchoq bwlgan. Chamasi, wchoqdagi olov h’ech qachon wchmagan, bu olov muqaddas h’isoblangan. Olov ёnida qabila boshlig’i wtirgan. Muqaddas olov wtroq h’aёt turmush sharoitini belgilovchi omil bwlgan. Har bir oilaning ovqat pishiradigan wchog’i bwlgan. Oila qurmagan yigitlar uchun h’am aloh’ida joy bwlib, qishda sovuqdan, ёzda issiqdan panoh’ topganlar. Qalada suyak va toshdan ishlangan qurollar, marjonlar, boshqa taqinchoqlar, idish – tovoqlar h’am topilgan. Bu erdagi insonlarning yashash tarzi, deh’qonchilik va ovchilik madaniyati twg’risida mazkur ёdgorliklar malumot beradi.
Jonbos qaladagi odamlar turli marosimlarni ijro etganlar. Bu marosimlarni ijro etadigan maxsus “wyin maydonlari“ bwlgan. Bu joy olovdan uzoqroqda bwlib, marosim wyinlar orqali ijro etilgan. Jonbos qaladan topilgan ashёlarning dilillashicha, bu erda istiqomat qilgan odamlarning asosiy mashg’ulotlaridan biri baliqchilik h’am bwlgan edi.
Kaltaminor madaniyati boshqa h’ududlardagi madaniyatga tasir kwrsatdi. Neolit va eneolit davriga oid shimoli - sharqiy Evropadagi, Ural bwyi va Janubiy G’arbiy Sibirdagi madaniy ёdgorliklar shundan dalolat beradi. Jumladan, Ob darёsining quyi tomonlaridan topilgan qarorgoh’dagi ёdgorliklarning kwrsatishicha, ah’olining asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bwlgan. Bu turmush tarziga shubh’asiz Kaltaminor madaniyati wz tasirini wtkazgan.
Kaltaminor madaniyati qadimiy, ayni paytda insoniyatning h’aёtida katta burilish yasagan, anchagina ilg’or madaniyat edi. Shu bois h’am uzoq masofadagi madaniyatga wz tasirini wtkaza oldi. Ayniqsa, Sharqiy Turkistonning Ёrkent darёsi h’avzalariga tutashib ketgan qumliklardan topilgan ashёlar Kaltaminor madaniyatiga juda yaqin.
Kaltaminor madaniyatining tasirini Buxoro voh’asining shimolidagi Quljuqtov tog’i etaklaridan topilgan manzilda h’am kwrish mumkin. Xususan, sopol buyumlar bu manzildagi madaniyatni Kaltaminor madaniyati bilan birlashtirib turadigan omillardan biridir. Janubiy Sibirdagi Afanasev madaniyati, Turkmanistondagi Anov madaniyatiga h’am Kaltaminor madaniyati tasir wtkazgani twg’risida olimlar bir xulosaga kelganlar. Kaltaminor madaniyatining wsha madaniy bosqichlarga tasirini kwrsatadigan, ularni birlashtirib turadigan omil - turli sopol buyumlar, ovchilik asbob – uskunalari, naqsh solingan buyumlar va h’okazolardir. Umuman, mazkur ashёlar Afanasev va Anov madaniyati bilan Kaltaminor madaniyatini birlashtirib turadi.
Dunёning, qolaversa, Wrta Osiёning h’am turli davrlarida h’ar xil madaniy bosqichlarni kuzatish mumkin. Ammo qaysi madaniy bosqichning qachon mavjudligi emas, balki qaysi madaniy bosqichda inson qanday h’aёt kechirgani, qay ywsinda turmush tarzi takomillashib borgani muh’im. Shubh’asiz, insoniyatning turmush tarzidagi wzgarish, oldinga siljish dunёni anglashiga tasir kwrsatadi. Malum bir madaniy bosqichning turli h’ududlarda umumiyligi (Masalan, skiflar va Kaltaminor madaniyatining Markaziy Osiё va Evropaning kwp joylarida uchrashi) faqat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiёt darajasining, h’aёt tarzining umumiyligini belgilab qolmasdan, qabilalarning etnik jih’atdan yaqinligini h’am belgilaydi. Qozog’istondagi İssiq darёchasi bwyidan topilgan bir qator ashёlar - ёg’och va metalldan qilingan uy - rwzg’or buyumlari, aёllarning taqinchoqlari, qurol-aslah’alar va h’.lar bu davrdagi Wrta Osiё ah’olisining iqtisodiy, manaviy turmush tarzini - qanday h’aёt kechirganlarini tasavvur qilishga ёrdam beradi. Bu ashёlar miloddan oldingi V - IV asrlarga oid bwlib, saklarga tegishlidir. Bu davrdagi soklarning turmush tarziga oid bazi kwrinishlar qadimgi İsroil xalqida h’am kwrinadi. Biz yuqorida saklar mil. aval. VII asrda Urartuni tor - mor qilib, Midiya va Bobil bilan ittifoq tuzib, Ossuriyani mag’lub qilgani twg’risida aytgan edik. İsroil h’am malum vaqt skiflar tasirida qolgan edi. Ana shu tarixiy voqea madaniy - iqtisodiy jaraёnga tasir etmasligi mumkin emas edi. Umuman olganda, İssiqdan topilgan ashёlar h’am Wrta Osiёda mavjud bwlgan turli madaniy bosqichlarning davomi bwlib, eneolit davrining mah’sulidir. Yangi metall buyumlar, aniqrog’i, oltindan buyumlar yasash paydo bwldi. Sharqda, xususan, İsroilda oltin buyumlar, taqinchoqlardan foydalanish Muso payg’ambar davridan oldin boshlangan edi. Sharq xalqlarining madaniy turmush soh’asidagi bir -birlariga tasir etish jaraёni wsha davrlardan boshlangan edi, deb aytish mumkin. Muso payg’ambar wz qavmini Misrdan olib chiqaёtganda tilla buyumlar va taqinchoqlarni yashrin olib ketishlari bejiz emas edi.
Madaniy bosqichlar twg’risida swz ketganda, shuni nazarda tutish kerakki, tarixiy davr bilan madaniy bosqichlar bir-biriga bog’liq va doimo bir – birini twldiradi. Quyidagi jadval madaniy bosqichlar va tarixiy davrlarning aloqasi twg’risida twliq tasavvur h’osil qiladi. Mazkur madaniy bosqichlar X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab evropalik Gabriel Martile, Anri Breal, Edgar Pet kabi olimlar tomonidan ishlab chiqildi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish